Navoiyda YPX xodimini do‘pposlagan haydovchi hibsga olindi

© Sputnik / Stas EtveshArest, arxivnoe foto
Arest, arxivnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2022
Obuna bo‘lish
Haydovchiga qarshi “haqorat qilish” va “fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish” moddalari bilan jinoyat ishi ochilgan.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Navoiy viloyati Navbahor tumani YPX xodimini do‘pposlagan haydovchi hibsga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, "Matiz" haydovchisi A.T. YPX inspektori D.T.ning xizmat olib borishiga to‘sqinlik qilib, uning qonuniy talablarini bajarmagan. Uni yomon so‘zlar bilan haqorat qilib tajovuz qilgan.
Navoiyda “Matiz” haydovchisi YPX xodimini do‘pposladi
Haydovchiga qarshi O‘zbekiston JKning “haqorat qilish” va “hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish” moddalari bilan jinoyat ishi ochilgan.
A.T. tegishli tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Navoiyda "Matiz" haydovchisi avtomobilini jarima maydoniga olib ketayotgan YPX xodimini do‘pposlagani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0