https://oz.sputniknews.uz/20220123/navoiyda-matiz-haydovchisi-ypx-xodimini-dopposladi-22335234.html
Navoiyda “Matiz” haydovchisi YPX xodimini do‘pposladi
Navoiyda “Matiz” haydovchisi YPX xodimini do‘pposladi
Sputnik O‘zbekiston
Qoidabuzar haydovchi avtomobilini jarima maydoniga olib ketishilariga qattiq qarshilik qilgan. 23.01.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-01-23T12:00+0500
2022-01-23T12:00+0500
2022-01-23T12:00+0500
hodisalar
navoiy viloyati
yo‘l-patrul xizmati (ypx)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyda avtomobilni jarima maydoniga olib ketayotgan YPX xodimi ayovsiz do‘pposlangani aytilgan video tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizlik xizmati bosh boshqarmasi (YHXBB) holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.Voqea 22-yanvar kuni soat 12:20 larda viloyatning Navbahor tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lining 3-kilometrida sodir bo‘lgan. YPX xodimi “Matiz” haydovchisini to‘xtatgan. Tekshiruvda haydovchi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishi va uning yonida kunlik yo‘l varaqasi mavjud emasligi aniqlangan.Toshkentda yo‘l o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q uzgan kishi 15 sutkaga qamaldiShundan so‘ng haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan va avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib ketishmoqchi bo‘lishgan. Shu payt 29 yoshli haydovchi YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan.Tuman prokuraturasi surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.
navoiy viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , navoiy viloyati, yo‘l-patrul xizmati (ypx)
hodisalar , navoiy viloyati, yo‘l-patrul xizmati (ypx)
Navoiyda “Matiz” haydovchisi YPX xodimini do‘pposladi
Qoidabuzar haydovchi avtomobilini jarima maydoniga olib ketishilariga qattiq qarshilik qilgan.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyda avtomobilni jarima maydoniga olib ketayotgan YPX xodimi ayovsiz do‘pposlangani aytilgan video tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizlik xizmati bosh boshqarmasi (YHXBB) holat yuzasidan rasmiy
ma’lumot berdi. Voqea 22-yanvar kuni soat 12:20 larda viloyatning Navbahor tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lining 3-kilometrida sodir bo‘lgan. YPX xodimi “Matiz” haydovchisini to‘xtatgan. Tekshiruvda haydovchi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishi va uning yonida kunlik yo‘l varaqasi mavjud emasligi aniqlangan.
Shundan so‘ng haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan va avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib ketishmoqchi bo‘lishgan. Shu payt 29 yoshli haydovchi YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan.
Tuman prokuraturasi surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.