DXX tadbirkordan 45 ming $ undirmoqchi bo‘lgan firibgarlarni qo‘lga oldi

CC BY 2.0 / Chris Potter / The Pay OffAmerikanskaya valyuta v konverte
Amerikanskaya valyuta v konverte - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Obuna bo‘lish
Bog‘ot tumanida tadbirkordan 45 000 AQSh dollari undirmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. DXX tadbirkordan 45 ming $ undirmoqchi bo‘lgan firibgarlarni qo‘lga oldi.
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan Bog‘ot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar S.I. va R.D.lar oldindan til biriktirib, “B.Q.” MChJ rahbarining yuk avtotransport vositalarini xarid qilish uchun 10 mlrd so‘m kredit olish istagi borligidan foydalanib, ushbu kredit mablag‘ini bank muassasasida ishlovchi tanishlari orqali ajratilishida yordam berishlari evaziga 45 ming $ talab qilib, shundan 15 ming $ni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0