“Ular yo‘l chetidan yurishibdi”: Donbassda nimalar boshlanyapti

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka o‘tishJenshina ubirayet musor vo dvore jilogo doma v Doneske, postradavshego v rezultate obstrela
Jenshina ubirayet musor vo dvore jilogo doma v Doneske, postradavshego v rezultate obstrela - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2022
Obuna bo‘lish
Donbassda vaziyat taranglashmoqda: DXR va LXR muntazam o‘qqa tutishlar haqida xabar bermoqda, UQK og‘ir texnikalarni olib kelmoqda, g‘arb OAVlari esa “Rossiyaning bostirish kirish” kirish ssenariysini muhokama qilishmoqda.
Chamasi, Kiyev masalani kuch bilan hal qilishdan voz kechmayapti – yevropalik va amerikalik ittifoqchilar sukut saqlab rozilik berishmoq. Mintaqada nimalar ro‘y berayotganini - RIA Novosti materialida.

Yana otishma

Donbassda Yangi yil bayramlari nisbatan tinch o‘tdi, o‘t ochmaslik rejimiga amal-taqal rioya qilindi. Kiyev bu kunlarda KXShT tinchlikparvar kuchlarining Qozog‘istondagi operatsiyasini kuzatdi. Uning muvaffaqiyati, ko‘rinishidan, ukrain hukumati taassurot uyg‘otgan. Zelenskiy hatto harbiy nutqlarini susaytirdi va 11-yanvar kuni deeskalatsiya haqida kelishib olishga tayyorligini bildirdi.
Biroq harbiylar Oliy bosh qo‘mondonni qo‘llashga shoshilishmayapti: o‘sha kuni o‘qqa tutish qayta tiklandi. O‘tni Donesk viloyati Novolasp aholi punktiga qarata ochishdi.
Qurbonlar kuzatilmadi, lekin biroz o‘tib ikki nafar Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) askari o‘zining fugasida portlab ketdi. Donbass anchadan buyon Kiyevni atrofni minalashtirish va qo‘poruvchilik uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblab keladi. LXR buning uchun yanvar oyida “G‘arb” maxsus bo‘linma markazi jangchilarini Lugansk stansiyasiga olib kelishgan deb hisoblaydi.
DXR 131-razvedka bataloni merganlari paydo bo‘lganini xabar qildi. Ravshanki, Kiyev uzoq pozitsiyali urush sharoitlarida o‘t ochishlar va frontning butun chiziqlari bo‘llab keskinlik o‘choqlarini yaratish bilan dushman yuragiga g‘ulg‘ula solishni ahd qilgan. Artoo‘qqa tutishlar ham ko‘paygan: o‘tgan hafta ichida respublikani yirik kalibr 20-martadan ziyod qoplagan.
Ukraina armiyasi Donbassdagi maktabga kuchlarini tortib kelmoqda – LXR
Qolaversa, UQK frontga og‘ir texnikani olib kelishmoqda. DXR Xalq militsiyasi Andreyevka yaqinida 9K33 “Osa” zenit-raketa majmuasi, Mangushda BM-21 “Grad” tizimi hamda Volodarskiy yaqinida uchta “Akatsiya” to‘plarini aniqladi.
Ustiga ustak buni YeXHT kuzatuvchilari yashirishga urinishmoqda.

G‘arb instruktorlari

Ehtimol, ukrain hukumati shu tariqa Rossiya va G‘arb muzokaralari ortidan ittifoqchilarining diqqatini o‘ziga qaratmoqchi. Boz ustiga, ularni shundoq ham unutib qo‘yishmayapti. Litva mudofaa vaziri Arvidas Anushauskas YeIda hamkasblari bilan norasmiy uchrashuvda Ukrainada Yevroittifoqning harbiy missiyasini tuzishni taklif qildi. Uni Yevrodiplomatiya rahbari Jozep Borrel qo‘llab-quvvatladi va Brussel u yerga “yuqori darajadagi harbiy kadrlarni” tayyorlash uchun mutaxassislarni jo‘natishni rejalashtirayotganiga aniqlik kiritdi.
“Yevropa Ittifoqi ukrainlarga nimalarni o‘rgatadi”, - deya savol bilan yuzlanadi harbiy ekspert Yuriy Kotonok. – Qiyshiq NATO zarbalarigami? Lekin buni mana yetti yildirki amerikaliklar, britaniyaliklar, kanadaliklar Yavorovskiy va boshqa poligonlarda bajarib kelishapti. Ochakovoda, Nikolayevda yangi harbiy obyektlar qurishmoqda. Shunga o‘xshash bayonotlar G‘arb Ukrainani Rossiyaga qarshi turish nuqtayi nazaridan plasdram sifatida ko‘rayotganidan yana bir marta dalolat beradi. Bu hudud nafaqat AQSh, balki Vashington ko‘rsatmalarini bajarayotgan ularning malaylari tomonidan egallab olingan”.
Britaniyaliklar Ukrainadan qochishga hozirlanishmoqda
Amerikaliklar ham UQKni yanada kuchaytirishni mo‘ljallashmoqda. OAV razvedka va milliy xavfsizlik organlarining besh nafar sobiq xodimlariga tayanib MRB AQShda elita ukrain kuchlarining maxsus operatsiyasining maxfiy jadal tayyorgarlik ko‘rish loyihasini boshqarayotgani haqida yozgandi. “Kursantlarga” bir necha hafta davomida o‘qotar quroldan foydalanishni, maskirovka ususllarini, taktikaning turli turlari hamda razvedkani o‘rgatishadi.

Qiziq chiziqlar

Shu bilan birga AQSh va YeI bo‘lajak “Kreml tajovuzi” bo‘lishini haqida tinmasdan gapirmoqda. Amerikaning The New York Times gazetasi kuni kecha fevraldagi Rossiya hujumi haqida xabar qildi. Oldinroq g‘arb OAVlari dekabr oxiri, yanvar o‘rtasi va oxirini aytishgandi. Bundan tashqari, Oq uy matbuot kotibi Jen Psakining so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning Moskva tomonidan “bostirish kirishni” oqlash uchun provakatsiya tayyorlanayotganining go‘yoki dalillari borligini aytdi.
Kreml bunday niyati yo‘qligini bot-bot takrorlamoqda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov CNN ga bergan intervyusida Ukraina bilan chegaradagi qo‘shinlar o‘z xavfsizligini ta’minlash va AQSh va NATOning harbiy faoliyatiga javob berish uchungina turganini tushuntirdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavroning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hech qachon na omma oldida, na yopiq rejimda ukrainlarga tahdid qilgan.
“Janob Zelenskiy va uning safdoshlari esa – ular buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qilishmoqda. Biz yaxshi tushunamizki: G‘arb bu hukumatni qurol bilan mast qilayotgan barcha narsa, unda Ukraina sharqidagi muammolarni kuch yo‘li bilan hal qilishga o‘tishga qo‘shimcha vasvasani tug‘dirmoqda. Bu biz uchun ma’lum sabablarga ko‘ra mutlaqo maqbul emas”, - dedi Lavrov.
Putin Ukraina yangi harbiy operatsiyani tayyorlayotgan bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi
Rossiya o‘z chegaralarida va Azov dengizida NATO infratuzilmalari paydo bo‘lishiga toqat qilmaydi. Qo‘shni mamlakatda zarba beruvchi qurollar bo‘lishi - yana bir qizil chiziq. Lavrov g‘arblik hamkorlarga 1999-yilda Istanbulda qabul qilingan Yevropa xavfsizligi xartiyasini qayta o‘qib chiqishni maslahat berdi.
“G‘arb hozir aytayotgan va qilayotgan hamma ish – o‘sha payt asos qilib olingan majburiyatlaring qo‘pol buzilishi”, - deya ta’kidladi Rossiya TIV rahbari.
O‘sha hujjatda XXI asrda dunyo hamjamiyati xavfsizligi konsepsiyasi shakllantirilgan. Ikki tamoyil asos qilib olingan: kollektivlik tamoyili – “ishtirokchi har bir davlatning xavfsizligi barcha boshqalarning xavfsizligi bilan chambarchas bog‘langan” va BMT Xavfsizlik kengashining dunyo tinchligini qo‘llashdagi birinchi navbatdagi mas’uliyati. Xartiyani 54 ta davlat, jumladan, Rossiya va AQSh qabul qilgan, ammo Yevropada NATO roli u yerda hech qanday yozilmagan.
Yangiliklar lentasi
0