Toshkent viloyati yangi Kapadokiya bo‘la oladimi – foto
© Federatsiya aeronavtiki UzbekistanaPolet na vozdushnom share
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi 5-yillik faoliyati davomida 180 ta yirik yirik xalqaro va respublika tadbirlarida ishtirok etdi, “Ipak yo‘li bo‘ylab havo sharida” birinchi ekspeditsiyasini tashkillashtirdi.
TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. Bir necha kun avval O‘zbekiston aeronavtika Federatsiyasi o‘zining kichik besh yillik yubileyini nishonladi. Ushbu vaqt mobaynida federatsiya asoschilari va faollari aeronavtikaning nafaqat go‘zal balki turizm sohasi rivojiga hissa qo‘shadigan rentabel biznes ekanligini isbotlashdi. Aeronavtika federatsiyasi rahbari Tohir Soliyev o‘z fikrlari, g‘oyalari, faoliyati natijalari va rejalari haqida bizga so‘zlab berdi.
Qanday qilib bolalar reanimatologi osmonni zabt etishdek orzusini amalga oshirdi
Tohir Soliyev asli shifokor, 20-yil bolalar reanimatsiyasi bo‘limida faoliyat yuritgan. Biroq, bir kuni shifokor ishidan charchaganini his qildi. Murakkab vaziyatlardan bolalar jonini asrab qolish- juda katta ruhiy bosim edi. Ammo undan ham fojealisi-bolalarni dafn qilish. Tohir aka faqat bolalarning samimiy kulgularini ko‘rishni istardi va nimanidir o‘zgartirish kerakligini angladi.
Avval tibbiyotga oid tadbirkorlik bilan shug‘ullandi, keyin esa bir kuni televizordan havo sharlari haqida ko‘rsatuv ko‘rib, o‘ylab qoldi: bu anchayin yaxshi g‘oya. Nega O‘zbekistonda havo sharlari yo‘qligining sabablarini o‘rgandi. Bir dunyo hujjatlar, farmoyishlarni o‘qib chiqdi va bu soha uchun taqiqlarni ko‘rmadi. Bu esa unga turtki bo‘ldi. Qahramonimiz ijtimoiy tashkilot tuzish haqida qaror qildi. Natijada 10 ta insondan tashkil topgan tashabbuskor guruh paydo bo‘ldi. Ariza topshirishdi, bir yil mobaynida tashkilotni ro‘yxatga olishning javobini kutishdi.
Va nihoyat 2017-yili tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazishga erishishdi. Kreditga Rossiyada ishlab chiqarilgan aerostat sotib olishdi.
“Aerostat ICAO sertifikatiga ega. Ushbu sertifikat esa Aeronavtika federatsiyasi uchun muhim bo‘lgan xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritishga yordam beradi”, deydi Tohir Soliyev.
Ma’lumot uchun
ICAO- (International Civil Aviation Organization) Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi Tashkiloti. Ushbu tashkilot fuqaro aviatsiyasining umumiy meyor va standartlarini belgilaydi, butun dunyoda qo‘llaniladigan parvoz ekipajlari, yerdagi xodimlar, texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Tashkilot fuqarolik parvozlari xavfsizligini ta’minlash bilan ham shug‘ullanadi.
Yoshimiz 75 da bo‘lsa ham barchamiz qalban bolamiz
Osmonda uchayotgan havo sharini ko‘rgan har bir odamning qalbida jajji bolakay uyg‘onib ketadi. 10, 30, 75 yoshdamisiz, buning farqi yo‘q.
“Aytsam ishonmaysiz- hatto galstuk taqib olgan yoshi katta odamlar ham xuddi bolakaylar kabi shar atrofida yugurishgan va uni osmonga ko‘tarishga yordam berishgan edi. Bu beg‘ubor, samimiy quvonch edi. Masalan, yaqinda bir yigit yonimizga kelib, bolaligidan uchishni orzu qilgan onasini havo sharida uchirishimizni so‘radi. Hassa ushlagan bir keksa ayol keldi. Yoshlari 74 da ekan. Biz momoni uchirdik – ular shu qadar baxtli edilarki! Qayerda bo‘lishimizdan qat’iy nazar, bizga yoshi 70 dan oshgan odamlar murojaat qilib keladi, balki ular o‘z yoshlikka qaytish uchun shu yo‘lni topgandirlar”, deydi qahramonimiz.
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
1/6
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
2/6
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
3/6
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
4/6
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
5/6
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
6/6
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
1/6
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
2/6
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
3/6
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
4/6
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
5/6
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
6/6
© Federatsiya aeronavtiki Uzbekistana
Insonlarga baxt ulashish oson
O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi 5-yillik faoliyati davomida 180 ta yirik xalqaro va respublika tadbirlarida ishtirok etgan, "Ipak yo‘li bo‘ylab havo sharida" birinchi ekspeditsiyasini tashkillashtirgan, O‘zbekistonning tarixiy maskanlari bo‘ylab 26 ta mustaqil parvozlarni amalga oshirgan. Parvozlarda 8000 dan ortiq odam ishtirok etgan.
Tohir Soliyev minglab insonlarga baxt ulashishga erishgan.
“Eng esda qolarli parvozlarimizdan biri poytaxt xiyobonlari bo‘ylab onkologik kasallikka chalingan va reabilitatsiyadan o‘tayotgan bolajonlar bilan bo‘lgandi. Bu bolajonlar uchun shunchaki hayrat emas, balki kuchli terapiya ham edi”, deya taassurotlarini so‘zlab beradi Tohir Soliyev.
Shuningdek, jamoa "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik" yoshlar festivalida ham faol ishtirok etgan. Ushbu tadbir respublikaning eng chekka qishloqlarini qamrab olgan va Federatsiya uchuvchilari chekka hududlarda yashovchi ko‘ngilli bolalarni, o‘smirlarni o‘z ichiga olgandi.
“Esimda, Sirdaryoda bo‘lganimizda 200 ga yaqin qizlarni uchirgandik. Aynan qizlarni. O‘g‘il bolalarga esa yo‘q degandim. Ular juda qattiq xafa bo‘lishgandi. Katta bo‘lib pul ishlab topganlaringizda hali yuzta shar sotib olasizlar, hozir uchishsa qizlar qanchalar xursand bo‘lishadi, tasavvur qilyapsizlarmi, deb tushuntirishga harakat qilgandim. Menimcha, bolalar meni tushungan edi”, deya xotirlaydi Tohir Soliyev.
Va albatta bir necha yuz metr balandlikda to‘y va nikoh takliflari esa alohida bir mavzu. Bundanda romantik va go‘zalroq narsani tasavvur qilish qiyin. 60 dan ortiq "ha, roziman!" degan javoblar rang-barang sharli gumbaz ostida yangragan. Bunday lahzalar nafaqat bo‘lajak kelin-kuyov, balki butun Federatsiya jamoasi uchun ta’sirli va hayajonli bo‘ladi.
Ko‘pincha qizlar ularni nimalar kutayotganini bilishmaydi. Yigitlar avval ularni shunchaki havo sharida parvoz qilishga taklif qiladi. Albatta, hamma narsa oldindan tayyor bo‘ladi - uzuk, atirgul barglari, guldasta degandek.
Ko‘ngilochar sohadan turizmga
O‘zbekistonga kelgan turist qayerga boradi? Albatta, manzil aniq- Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlariga, agar tabiat qo‘yniga bo‘lsa- Bo‘stonliq tumaniga- Chorvoq va Chimon tomonlarga. Yo‘llar va infrastuktura obyektlari esa band bo‘ladi. Tohir Soliyev boshqa manzillarni ham rivojlantirish kerak deb hisoblaydi. Mana shunday manzillar qatorida Toshkent viloyati Parkent tumani bor. Ushbu tuman yilning to‘rt faslida ham ko‘zni quvnatadigan darajada go‘zal.
“Agar sayyohlarga muqobil yo‘l berib, yo‘nalishni kengaytirish taklif qilinsa, qo‘shimcha 1-2 kun yutib olishimiz mumkin. O‘zbekistonda sayyoh o‘tkazgan har bir kun odam boshiga 100 dan 200 dollargacha olib keladi - bu axir mamlakatda qoladigan pul”, - deydi Aeronavtika federatsiyasi raisi.
O‘zbek Kapadokiyasi – fantaziya yoki reallik
25 yil avval Kapadokiya Turkiyaning xarob manzillaridanbiri bo‘lgan. Na infratuzilma, na foydali qazilmalar, na ishlab chiqarish bo‘lgan. 2020-yilda esa, Anadolu nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Kapadokiyaga 992 ming mahalliy va xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bugungi kunda bu hudud butun Turkiyaga turizm daromadining taxminan 20 foizini keltiruvchi turizm brendidir. Har kuni shahar osmoniga 700-800 sharlar ko‘tariladi. Barcha infratuzilma-mehmonxonalar, restoranlar, suvenirlar havo sharlari uchun moslashtirilgan. Sayyohlar esa bu yerda katta pul qoldirishadi.
Bu borada O‘zbekistonda beqiyos imkoniyatlar – go‘zal manzaralar, sehrli tabiat, qadimiy me’morchilik obyektlari bor. Tohir Saliyevning ta’kidlashicha, O‘zbekistonni ikkinchi Kapadokiyaga aylantirish mutlaqo mumkin. Shu bilan birga, ushbu g‘oyani amalga oshirish uchun juda ko‘p pul talab qilinmaydi.
"So‘z yarim million dollar summa haqida ketmoqda. Birinchi bosqichda 10 ta havo shari yetarli bo‘ladi - keyin buni mahalliy va xorijiy sayyohlarning o‘zlari targ‘ib qilishadi. Bu ma’lumotlarning barchasi bir zumda dunyo bo‘ylab tarqaladi. Mutaxassislarni jalb qilish va xalqaro festivallar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lamiz”, deydi Tohir Soliyev.
Rossiyalik murabbiylar Orolbo‘yi qizlariga uchuvchi bo‘lishga yordam beradi
Gender tengligini qo‘llab-quvvatlagan holda, Aeronavtika federatsiyasi Orolbo‘yining muammoli hududini tanlash va hududda istiqomat qiladigan qizlarni aeronavt sifatida tayyorlashga qaror qildi. G‘oya hozirda ishlab chiqilmoqda. Vazifa esa qizlarga yangi mutaxassisliklarni o‘rganishga yordam berish.
Bunda O‘zbekistonni Rossiya Aeronavtika federatsiyasi to‘liq qo‘llab-quvvatladi – Federatsiya O‘zbekistonda yoki Rossiyada malaka oshirishni tashkil etish uchun trenerlar biriktirishga tayyor.
“Buni amalga oshirish qiyin, lekin biz bor kuchimizni ishga solamiz. Chekka maskanlar qizlari uchun bunday g‘ayrioddiy sohada ta’lim olish- katta istiqbol. Bu soha ularning butunlay fikrini, dunyoqarashini o‘zgartiradi, kengaytiradi. Biz bu yerda bajonidil tanlov va boshlang‘ich treninglar o‘tkazishga tayyormiz. Bu yerda biz Rossiyada o‘qishni davom ettirish uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini topamiz. Bunday kurslardan so‘ng qizlar osmonga uchmasligi ham mumkin. Lekin fizika, kimyo, meteorologiya va boshqa bilvosita fanlarni puxta o‘zlashtirishadi. Tanlov talabi esa oddiy: qizlar yoshi 18 dan katta va rus tilini bilishi kerak”, deya rejalari bilan o‘rtoqlashadi qahramonimiz.
Osmon xalqlar do‘stligi ramzi sifatida
Afsuski, koronavirus pandemiyasi O‘zbekistonda xalqaro sharlar festivalini o‘tkazish bo‘yicha ulkan rejani o‘zgartirib yubordi. Biroq Federatsiya jamoasi bu g‘oyadan voz kechmagan va shu yilning bahorida respublikaga havo sharlari ko‘targan o‘nlab uchuvchilar kelishiga umid qilmoqda.
Unda Rossiya, Markaziy Osiyo va MDH davlatlaridan mehmonlar kelishi kutilmoqda. Rossiyalik uchuvchilar bu taklifni o‘zgacha ishtiyoq bilan qabul qilishdi.
Ularda O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi tomonidan ayni damda ishlab chiqilayotgan Festivalning har ikki formati ham qiziqish uyg‘otgan. Birinchi variant Toshkent viloyatining eng go‘zal joylarida 2-3 kun davomida parvozlar, konsert dasturlari, o‘ziga xos ko‘ngilochar dasturlar, ikkinchi variantda esa esa O‘zbekistonning qadimiy shaharlari – Samarqand, Buxoro va Xiva ustidan parvoz qilish rejalashtirilgan.