https://oz.sputniknews.uz/20211210/samarqand-ozbekistonning-turizm--darvozasiga-aylantiriladi--21736630.html
Samarqand O‘zbekistonning "turizm darvozasiga" aylantiriladi
Samarqand O‘zbekistonning "turizm darvozasiga" aylantiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev huzurida Samarqandni turistlar sonini besh millionga yetkazish uchun amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2021-12-10T10:24+0500
2021-12-10T10:24+0500
2021-12-10T10:26+0500
turizm
samarqand
turizm
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/07/20391947_0:180:1920:1260_1920x0_80_0_0_a33288996af4bded123cedf74ea851ad.jpg
TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Samarqandda yaqin kelajakda shahar aholisi soni 1 millionga, bu yerga yiliga kelayotgan turistlar sonini 5 millionga yetkaziladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidetni Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida ma’lum qilindi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, Samarqandni O‘zbekistonning “Turizm darvozasi”ga aylantiriladi va kelajakda sayyohlik xizmatlari hajmini 10 barobarga oshirish mo‘ljallangan.Xususan, 600 dan ortiq yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylari tashkil etiladi, 212 gektar maydonda Samarqand biznes va turizm markazi quriladi. Uning tarkibida 8 ta mehmonxona, dam olish va ko‘ngilochar obyektlar, hunarmandchilik markazi, sun’iy suv havzalari bo‘ladi, 5 mingdan ziyod yoshlar bandligi ta’minlanadi.Eslatib o‘tamiz, yaqin yillarda Samarqandni yashash uchun qulay bo‘lgan “millionli shahar”ga aylantirish rejalashtirilgan. Buning uchun shahar tarkibiga qo‘shni tumanlardan muayan hududlar qo‘shiladi. Davlat idoralari va ma’muriy xizmatlar tarixiy markazdan boshqa joyga ko‘chiriladi. 2 ta tonnel va 2 ta ko‘prik quriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/07/20391947_0:0:1920:1440_1920x0_80_0_0_3934dbb2b6aec4092ea8994de5d9f17d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev samarqand turistlar sonini 5 million turizm loyiha
shavkat mirziyoyev samarqand turistlar sonini 5 million turizm loyiha
Samarqand O‘zbekistonning "turizm darvozasiga" aylantiriladi
10:24 10.12.2021 (yangilandi: 10:26 10.12.2021) Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida Samarqandda turistlar sonini besh millionga yetkazish uchun amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Samarqandda yaqin kelajakda shahar aholisi soni 1 millionga, bu yerga yiliga kelayotgan turistlar sonini 5 millionga yetkaziladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidetni Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida ma’lum qilindi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Samarqandni O‘zbekistonning “Turizm darvozasi”ga aylantiriladi va kelajakda sayyohlik xizmatlari hajmini 10 barobarga oshirish mo‘ljallangan.
"Viloyatga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini yiliga 5 millionga yetkazish maqsad qilingan", - deyilgan xabarda.
Xususan, 600 dan ortiq yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylari tashkil etiladi, 212 gektar maydonda Samarqand biznes va turizm markazi quriladi. Uning tarkibida 8 ta mehmonxona, dam olish va ko‘ngilochar obyektlar, hunarmandchilik markazi, sun’iy suv havzalari bo‘ladi, 5 mingdan ziyod yoshlar bandligi ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, yaqin yillarda Samarqandni yashash uchun qulay bo‘lgan “millionli shahar”ga aylantirish rejalashtirilgan. Buning uchun shahar tarkibiga qo‘shni tumanlardan muayan hududlar qo‘shiladi. Davlat idoralari va ma’muriy xizmatlar tarixiy markazdan boshqa joyga ko‘chiriladi. 2 ta tonnel va 2 ta ko‘prik quriladi.