Dunyoda

Ukraina armiyasi Donbassdagi maktabga kuchlarini tortib kelmoqda – LXR

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka oʻtishBoyets Narodnoy militsii LNR
Boyets Narodnoy militsii LNR  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
LXR vakili Ukraina qurolli kuchlari Donbassdagi tutash chizigʻida oʻzining oʻt ochish pozitsiyasini mustahkamlayotganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Ukraina armiyasi Donbassdagi jang chizigʻidagi Valuyskoye qishlogʻida joylashgan maktabda oʻt ochish pozitsiyalarini jihozlamoqda. Bu haqda Lugansk xalq respublikasi (LXR) Xalq militsiyasi rasmiy vakili Ivan Filiponenko maʼlum qildi.

“Oʻtgan sutka davomida 27 dekabr kuni ukrain millatchi jangarilari tomonidan egallab olingan bu aholi punktining maktabida millatchilar taktik boʻlinmasi shtabini kengaytirish va sinflarda oʻt ochish pozitsiyalarini jihozlash davom ettirildi”, - dedi u.

Filiponenkoning soʻzlariga koʻra, bino oldida qurollangan, razdedka artilleriya qurilmariga ega koʻplab kishilarni koʻrish mumkin.
U Kiyev tomonidan umumtaʼlim maktab binosidan jangovar boʻlim shtabi va ukrain artilleriyasining boshqarish punkti sifatida foydalanishi oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi bitim va xalqaro gumanitar huquqni jiddiy buzilishi ekanini taʼkidladi.
Putin Ukraina yangi harbiy operatsiyani tayyorlayotgan boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi
Donbassda 2020 yilning yozidan buyon sulhni taʼminlashning qoʻshimcha choralari amal qiladi. Ular oʻt ochishni, aholi punktlarida va ular yaqinida qurol-aslahalarni joylashtirishni, hujumkor va razvedka-qoʻporuvchilik harakatlari toʻliq taqiqlashni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, pozitsiyalarni jihozlash va tutash chizigʻi yaqinida dronlardan foydalanish taqiqlanadi.
AQShning 4 ming harbiy instruktori Ukraina harbiylarini tayyorlamoqda - Rossiya TIV
Yangiliklar lentasi
0