Farg‘ona viloyatidagi hammomda yuz bergan portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2022
Obuna bo‘lish
Portlash oqibatida hammom binosining tom qismi qulab tushgan. Uch kishi voqea joyida vafot etgan.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi hammomda gaz portladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 31-dekabr kuni soat 17:00 da tumanning Qorayantoq qishlog‘ida joylashgan hammomda gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuzaga kelgan. Oqibatda hammom binosining tom qismi qulab tushgan.
Voqea joyiga viloyat FVV yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan.
Ushbu hodisa oqibatida uch nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, to‘rt nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan.
Jabrlanganlar tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.
Samarqanddagi oshxonada ro‘y bergan portlashda o‘n kishi jarohatlandi
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0