Kolumnistlar

Zararli maslahatlar: Xitoy SSSR qulashidan nimalarni oʻrganib oldi

© REUTERS / Tingshu WangRabochiye veshayut flagi pered repetitsiyey torjestv po sluchayu 100-letiya osnovaniya Kommunisticheskoy partii Kitaya
Rabochiye veshayut flagi pered repetitsiyey torjestv po sluchayu 100-letiya osnovaniya Kommunisticheskoy partii Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bundan 30 yil oldin SSSRning qulashi Xitoy uchun katta saboq boʻldi. Ular buyuk imperiya inqirozini sinchiklab oʻrganib chiqib, sovetlar qilgan xatolarni takrorlamaslikka harakat qilishmoqda.
TOSHKENT, 29 dek —Sputnik. Maʼlumki Xitoyda kommunizm oʻrnatilishiga birinchi navbatda SSSR sababchi boʻlgan. 1911 yilda Xitoyda Sinxay inqilobi natijasida Respublika oʻrnatilgan edi. Hukumat boshiga xitoy millatchilari kelishi mamlakatning harbiylashishiga va turli nizolar oqibatida tarqrorlik avj olishiga sabab boʻldi.
Oʻsha vaqtlarda Sovet Ittifoqi tashkil qilinishi va oyoqqa turish jarayoni Xitoy yoshlarida katta qiziqish uygʻotar va umid bilan “qizil qoʻshni”ga nazar tashlardi. Xitoy yoshlarida ham ijtimoiy tenglik va sotsializm gʻoyalari katta qiziqish uygʻotardi. 1920 yillarda Xitoyda kommunistik partiyaning birinchi yashirin sʼyezdi boʻlib oʻtadi.
Salkam 20 yi davom etgan yashirin kurash kolmmunistlar gʻalabasiga olib kelmaydi, lekin shu vaqtda Ikkinchi jahon urushi va yapon interventsiyasi boshlanadi. Vanihoyat SSSR yordamida yaponlar quvilganidan soʻng 1949 yilda hukumat boshiga Mao Tszedun keladi va Xitoy Xalq Respublikasi tashkil qilinganini eʼlon qiladi.

Yangi chaqiriqlar

Stalin vafotidan soʻng, SSSR va Xitoy doʻstligi ham maʼlum sinovlardan oʻtishiga toʻgʻri keladi. Mao Tszedun SSSR yangi rahbariyatini revizionizmda ayblab, munosabatlarni uzib qoʻydi va oʻz bilganicha mamlakatni boshqara boshladi. “Ulkan sakrash”shiori ostida oʻtkazilgan islohotlar aksincha natijalarga olib keldi: mamlakatda ommaviy ochlik, gumanitar va madaniy inqiroz sodir boʻldi.
Kommunistik partiya rahbariyati orasida “buyuk yoʻlboshchi” tanlagan yoʻnalish toʻgʻri ekaniga shubhalanuvchi kishilar paydo boʻldi. Ularning aksariyatioʻqimishli va oʻz ishini yaxshi bilgan kishilar edi. Mao Tszedun bularning barchasidan xabardor edi va partiya ichida paydo boʻlgan raqobatga qarshi “Buyuk madaniy inqilob” nomi ostida haqiqiy qatagʻon eʼlon qildi. Oqibatda, millionlab fan va madaniyating yetakchi vakillari, intelligentsiya yoʻq qilindi, davlat rivojlanishda bir necha yil orqaga surildi. Qatagʻon 1976 yilda Maoning oʻlimidan soʻng tugadi.
Hukumat boshiga “madaniy inqilob” vaqtida oʻzi ham aziyat chekkan Den Syaopin keldi va asta sekin, “paypaslab”, koʻplab tanqid va tortishuvlar bilan Xitoy oldinga qarab yura boshladi.
1980 yillar oxirda SSSR va Xitoy munosabatlari yana iliqlashdi. Xitoy yoshlari ham SSSRda oʻsha vaqtlardan boshlangan “qayta qurish” gʻoyasi bilan qiziqa boshladi. Buning oqibatida u yerda yana qandaydir harakatlar boshlandi va 1989 yilda Mixail Gorbachevning tashrifi vaqtida Tyananmen — bosh maydonida katta namoyish boʻldi. Xitoy hukumati tomonidan ushbu namoyish shafqatsizarcha bostirildi. Sovet hukumati Xitoydan buning uchun norozi boʻlsa-da hech narsa demadi, chunki ushbu vaqtda uning oʻz muammolari oshib-toshib yotgan edi. Axir oʻshanda SSSR tugashida atigi 1,5 yil vaqt qolgan edi.
Xitoy Kommunisttik partiyasi esa Tyananmen maydonidagi mitingdan ham SSSR tarqalib ketishidan ham oʻzi uchun kerakli xulosalar chiqrib, kelajak rivojlanish yoʻnalishini toʻgʻri tanlay oldi.

Aqlni axmoqdan oʻrgan yoki SSSR tajribasi

CCCRda 1991 yilda sodir boʻlgan voqealarga Xitoy ochiqchasiga hech qanday reaktsiya bildirilmagan boʻlsa-da, oʻzi uchun kerakli xulosalarni chiqarib oldi. Va birinchi xulosa –Mixail Gorbachev boshlagan qayta qurish SSSRni falokatga olib keldi.
Oʻtgan 30 yil davomida Xitoylik mutaxassislar Sovet Ittifoqi inqirozini oʻrganib chiqishmoqda, partiyadagi oʻzgarishlar, har bir qoʻyilgan qadam, qayta qurish va boshqa jihatlar sinchiklab oʻrganilmoqda. Maqsad – Xitoyda bunga yoʻl qoʻymaslik.
“Shu vaqtgacha bildirilgan xulosalar orasida SSSRning ijtimoiy-iqtisodiy qiyin ahvolga tushib qolgani, KPSS inqirozi, KPSS rahbariyatining marksizmning ilk qadriyatlariga xiyonat qilishi – butun mamlakatni barbod qildi, degan xulosaga kelmoqda”, - deydi Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq boʻlimi ilmiy xodimi Ivan Zuyenko.
Sovet Ittifoqining eng katta xatolari orasida – partiya va davlat rahbarlarining turli qarashlari tufayli tarqoqlik sodir boʻlishi, korruptsiya, mamlakat chetlarida separatizm.
Shuningdek xitoylik mutaxassislar Mixail Gorbachevning Xitoyning oʻsha vaqtlarda allaqachon oʻzining samaradorligini koʻrsatgan Xitoy tajribasiga ataylab eʼtibor qaratmaganini ham qayd etishdi, - deydi Zuyev.

Hamma narsa xalq uchun

Xitoy ham 21 asar boshida mamlakatda kuchli korruptsiya va samarasiz boshqaruv muammolari, va mafkuraviy ishonchsizlik va separatistik kayfiyatlarga duch kelgan edi. 2012 yilda hukumat boshiga kelgan Si Tszinpin mamlakatning kelajak rivojlanish yoʻlini belgiladi, - deb oʻz fikrini bildirdi NIU VSHEning Sharqshunoslik maktabi rahbari Andrey Karneyev.
“Hukumat boshiga Si kelganda asosan ikki xil fikr mavjud edi – Gʻarb yoʻlidan ketish kerakmi yoki sotsializm tomon. Bu borada hukumatda tortishuvlar shu qadar avj oldiki, vaziyat misli chayqalayotgan qayiqqa oʻxshab qoldi” – deydi mutaxassis.

Oʻz chiqishlarida Si Tszinpin Sovet Ittifoqi tajribasini misol qilib koʻrsatdi. Xitoy yangi rahbari – SSSR tarqalib ketayotganda hech kim soʻnggi sovet elitasini himoya qilib chiqmaganiga, ularning xalq orasida obroʻyi shunchalik tushib ketganiga eʼtibor qaratdi va “Xitoy kompartiyasi bunga yoʻl qoʻymasligi kerak” deb xulosa qildi Si.

“Si Tszinpin hukumat boshiga kelganda Xitoyda Sovet Ittifoqida sodir boʻlgan voqealarga yoʻl qoʻymaslik – oʻzining asosiy burchi deb bildi. Shu sababli qisqa vaqt ichida koʻp pul ishlab topish, aholining kichik qismi oʻta boy boʻlib ketishi, materializmga ruju qoʻyish, boylar va kambagʻallar, shahar va qishloq hamda hududlar orasida moddiy tafovut kuchayishiga qatʼiy qarshi chiqdi”, - deydi Karneyev.
Shu sababli ham soʻnggi yillarda Xitoyda kommunistik qadriyatlar yana oldingi safga chiqdi. Har qadamda “Dastlabki qadriyatlarni unutma” degan qizil shiorlar, maqolalar paydo boʻldi. Davlat rahbari partiyaning barcha rahbarlari Kompartiya muzeyiga shaxsan olib kelib, ular kompartiyaga kirish vaqti keltirgan qasamyodlarini takrorlashga majbur qildi.
“Bu choralarning barchasi aholi orasida kompartiyaga boʻlga ishonchni tiklashga qaratilgan. Shu bilan birga ular qadimiy Xitoy falsafasini ham kommunistik partiya qadriyatlariga bogʻlashga harakat qilishmoqda. Masalan, Konfutsiy qadriyatlaridan biri “Faqatgina odob-axloqni bilgan kishi hokimiyatni boshqarish huquqiga ega. Shu sababli ham kompartiya oʻzining oʻtmishdagi qadriyatlariga qaytib, oʻz ildizlariga yanada mustahkamlamoqda”, - deydi mutaxassis.
Albatta, Xitoy kommunistik partiyasining bugungi yoʻnalishi faqatgina “muvaffaqiyatsiz sovet tajribasiga asoslanmagan”. Lekin Sovet Ittifoqi qulashining asosiy sabablaridan biri boʻlgan “Qayta qurish” siyosatini – Xitoylik kommunistlar ”zararli maslahatlar” toʻplami deb atayotgani aniq.
Yangiliklar lentasi
0