“Uzbekistan Airways” Namangandan Rossiya shaharlariga arzon chiptali parvozlarni boshlaydi

© SputnikBoing 767
Boing 767 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2021
Obuna bo‘lish
31 yanvardan “Uzbekistan Airways Express” Namangandan Moskva, Perm, Samara, Omsk, Orenburg, Irkutsk, Krasnodar va Yekaterinburgga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam parvozlarni boshlaydi. Ular Full Economy (to‘liq iqtisodiy sinf) tamoyili asosida uchadi.
TOShKENT, 29 dek – Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Farg‘ona vodiysi aholisi orasida mashhur bo‘lgan Rossiya shaharlariga yo‘nalish tarmog‘ini kengaytirish maqsadida Namangan va Farg‘ona aeroportlaridan foydalanadi.
2021 yilning 31-yanvardan “Uzbekistan Airways Express” havo kemalarida Full Economy (to‘liq iqtisodiy sinf) tamoyili asosida Namangandan Moskva, Perm, Samara, Omsk, Orenburg, Irkutsk, Krasnodar va Yekaterinburgga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam parvozlarni boshlaydi. Talab oshishi bilan Namangandan yo‘nalish tarmog‘ini kengaytirish ham ko‘rib chiqiladi.
“Qanot Sharq” Toshkent-Voronej yo‘nalishida charter reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
Hozir Farg‘ona aeroportidan Moskva, Qozon va Istanbulga aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda va bu “Sharqiy” xab tashkil etilishining birinchi bosqichi bo‘lib xizmat qilgan.
Keyingi bosqichlarda “Uzbekistan Airways” Farg‘onadan parvozlar sonini ko‘paytirish, aeroportdan yo‘nalish tarmog‘ini kengaytirishga o‘tadi. Shu bilan birga, Farg‘onadan pavozlar faqat klassik (biznes va iqtisodiy sinflar) aviaqatnovlar asosida tashkil etiladi.

Namangandan Rossiya shaharlariga aviachiptalar narxlari

Namangan – Moskva – Namangan parvozlari haftasiga besh marta – dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi:
Namangan – Moskva, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 582 000 so‘mdan.
Namangan – Moskva, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 1 717 000 so‘mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.
Namangan – Perm – Namangan, parvozlar shanba kunlari amalga oshiriladi:
Namangan – Perm, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 816 000 so‘mdan.
Namangan – Perm, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 023 000 so‘mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.
Namangan – Samara – Namangan, parvozlar shanba haftasiga ikki marta – yakshanba, dushanba, chorshanba, payshanba (keyingi kunga o‘tadigan tungi parvozlar) kunlari amalga oshiriladi:
Namangan – Samara, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 728 000 so‘mdan.
Namangan – Samara, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 1 899 000 so‘mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.
Namangan – Omsk – Namangan, parvozlar juma kunlari amalga oshiriladi:
Namangan – Omsk, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 829 000 so‘mdan.
Namangan – Omsk, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 036 000 so‘mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.
Namangan – Orenburg – Namangan, parvozlar dushanba kunlari amalga oshiriladi:
Namangan – Orenburg, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 838 000 so‘mdan.
Namangan – Orenburg, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 046 000 so‘mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.
Namangan – Irkutsk – Namangan, parvozlar chorshanba kunlari amalga oshiriladi:
Namangan – Irkutsk, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 2 053 000 so‘mdan.
Namangan – Irkutsk, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 297 000 so‘mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.
Namangan – Krasnodar – Namangan, parvozlar payshanba kunlari amalga oshiriladi:
Namangan – Krasnodar, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 813 000 so‘mdan.
Namangan – Krasnodar, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 008 000 so‘mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.
Namangan – Yekaterinburg – Namangan, parvozlar payshanba/juma (keyingi kunga o‘tadigan tungi parvoz) kunlari amalga oshiriladi:
Namangan – Yekaterinburg, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 869 000 so‘mdan.
Namangan – Yekaterinburg, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 052 000 so‘mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.
Narxlar 2021-yil 29-dekabr holatiga ko‘ra amal qiladi.
Xabarda chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, “Uzbekistan Airways Sales” filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkinligi qo‘shimcha qilingan.
Yangiliklar lentasi
0