Poraxo‘rlikda ayblanganlar davlat xizmatiga qabul qilinmasligi mumkin

© Pexels / Karolina Grabowska Vzatka
Vzatka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2021
Obuna bo‘lish
Deputatlar "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilishdi.
TOShKENT, 29 dek – Sputnik. O‘zbekistonda korrupsiya sodir etgan shaxslarning davlat xizmatiga qabul qilinmasligi belgilanmoqda. Qonunchilik palatasi deputatlari 28-dekabr kuni "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilishdi.
Qonun loyihasi bilan davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish va tegishli subyektlarning vakolatlari, davlat fuqarolik xizmatchisining maqomi, odob-axloq qoidalari, uning huquqlari va majburiyatlari hamda javobgarligi belgilanmoqda.
Hujjatda davlat fuqarolik xizmati tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, uni o‘tash va tugatishning yagona qoidalarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, birinchi marta davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi instituti joriy etilmoqda.
Loyihada davlat xizmatchilarining daromadi va mol-mulkini deklaratsiyalash, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi kabi normalar o‘z aksini topmoqda.

Mavzuga oid:

Poraxo‘rlik maksimal muddatni 20 yilgacha oshirish taklif qilinmoqda
Davlat korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlarini himoya qiladi
O‘zbekistonda poraxo‘rlarning ochiq elektron reyestri yuritiladi
“Pora berishga majbur bo‘ldim”: endi maxsus dasturiy ta’minotga shikoyat qilish mumkin
Prezident poraxo‘rlik uchun javobgarlikka tortilgan mansabdorlar sonini ochiqladi
Yangiliklar lentasi
0