Uchinchi Reyx rahbarlari. Ular nimada ayblangan edi?
© Sputnik / Viktor Kinelovskiy / Mediabankka oʻtishPodsudimыy Gess zachitыvayet tribunalu svoye zayavleniye o tom, chto on bolshe ne budet simulirovat nevmenyayemost, kak on delal eto raneye. Nyurnbergskiy protsess.

© Sputnik / Viktor Kinelovskiy
/ Nyurnberg sudlari - siyosiy dunyodagi bugungi tinchlikning asosiy tamal toshi. Misli koʻrilmagan jamoat harakati va insonparvarlik kelishuvi. Biroq bugun, sud hukmlaridan 75 yil oʻtib, uning ahamiyati kamayib bormoqda.
Minglab taxminlar, ongli yolgʻonlar va tasodifiy aldanishlar soʻnggi 80 yildagi eng muhim voqeaning tarixiy haqiqatini tubdan buzib koʻrsatadi. Jurnalistlar, olimlar va aktyorlar tomonidan yaratilgan oʻzining formati va maʼnosiga koʻra noyob loyiha tarixni “boshdan oʻtkazishga” va Uchinchi Reyx jinoyatchilarining aybdorligini isbotlashga chaqiradi. "Nyurnberg.Xalqlar VRdikti" - insoniyatga qarshi jinoyat haqida birinchi “toʻliq” metrajli hujjatli VR-detektiv.
“Hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi pakt (Molotov-Ribbentrop pakti nomi bilan ham mashhur) bilan Germaniya va SSSR Yevropa va mustaqil davlatlar hududlarini ikki totalitar rejim oʻrtasida boʻlib olib, Ikkinchi Jahon urushi boshlanishiga zamin yaratdi”. Yevropa Parlamenti rezolyutsiyasidan
Gitlerni urush boshlashga haqiqatdan SSSR ham majbur qildimi? Fashistlar jinoyatlari uchun SSSR ham Germaniya barobar javobgarmi? Unda Uchinchi Reyx rahbarlari qanday jinoyatlari uchun sudlangan edi?
Har qanday maktab oʻquvchisi ham "natsistlar yomon" deydi, biroq negaligini hamma ham tushuntira oladimi? Uchinchi Reyxning asosiy rahbarlari ustidan sud jarayoni nima uchun xalqlar hukmi deya ataldi? Unutganlarga fashistlar jinoyatlari dahshatli ekanligini eslatish, bilmaganlarga esa aytib berish vaqti kelmadimikan?
"Rossiya Segodnya" Xalqaro Axborot Agentligi M. Gorkiy nomidagi Moskva badiiy teatri ishtiroki va Rus harbiy tarixiy jamiyati (RVIO) koʻmagida “Nyurnberg. Xalqlar VRdikti” nomli noyob VR-detektivni namoyish qiladi.
“Nyurnberg. Xalqlar VRdikti” VR-detektiv hikoyasida siz boshqa bir inson rolini oʻynamaysiz. Siz shaxsan oʻtmishga sayohat qilish va oʻz tergovingizni oʻtkazish, Uchinchi Reyx rahbarlarining jinoyatlariga oid haqiqiy dalillarni topish va oʻz hukmingizni chiqarish imkoniyatiga ega boʻlasiz.
Qanday qilib butun boshli bir xalqni oʻz ustunligiga koʻr-koʻrona ishonadigan va boshqa xalqlarni shafqatsizlarcha yoʻq qilishga undash mumkin? Qanday qilib barcha xalqaro shartnomalarni buzgan holda Germaniyani yashirincha urushga tayyorlashga muvaffaq boʻlishdi? Qanday qilib natsistlar hokimiyatni egallashga muvaffaq boʻldi va bunda ularga kim yordam berdi? Hamon koʻp savollarga javob berish qiyin.
30-yillarning ikkinchi yarmida hammasi urush tomon ketayotgan edi. Urush haqida koʻchada ham gapirishdi, matbuotda ham u haqida yozishdi va siyosatshunoslar ham u haqida bashorat qildi.
1938 yilda Frantsiya Ribbentrop-Bonne paktini imzoladi, unga koʻra u fashistlar Germaniyasining soʻnggi yillardagi barcha annektsiyalarini tan oldi va oʻzaro tajovuz qilmaslik toʻgʻrisida kelishib oldi. Keyinchalik frantsuz siyosatchisi Pol Reyno Ribbentrop bilan muzokaralardan soʻng Bonneda "bundan buyon nemis siyosati bolshevizmga qarshi kurashishga qaratilgan taassurot qoldirdi", deb yozgan edi. Reyx uning sharqiy yoʻnalishda kengayish istagi borligini aniq bildirdi...".
Ikki yil oldin, 1936 yilda Germaniya Yaponiya bilan Antikomintern pakti- kommunizmga qarshilik koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzdi, keyinchalik unga Italiya va Ispaniya ham qoʻshildi.
Natsistlar siyosatining asosiy quruvchisi kim? Odamlarni qiynoqqa solgan va oʻldirgan Gestapo- yashirin politsiya qanday paydo boʻldi? “Gitleryugend”- fyurer uchun jon berishga tayyor boʻlgan bolalar tashkilotini kim yaratgan edi?
Yoaxim fon Ribbentrop
Yoaxim fon Ribbentrop - Uchinchi Reyx tashqi ishlar vaziri. Gitler va fashistlar Germaniyasining ishonchli vakili va “jarchi”si boʻlgan shaxs. Aynan uning saʼy-harakatlari tufayli butun dunyo Germaniyaning harbiy kuch toʻplashi va urushga tayyorlanayotganiga “koʻz yumgan” edi.
German Vilgelm Gyoring
German Gyoring - Lyuftvaffe № 2 fashistlar oliy qoʻmondoni va Uchinchi Reyxning eng boy va nufuzli kishilaridan biri boʻlgan. Gestapo- maxfiy politsiyasining asoschisi va rahbari. Uning natsistlar rejimini oʻrnatishdagi rolini yuqori baholamaslikning va uning qoʻlidan bevosita va bilvosita oʻldirilgan qurbonlar sonini hisoblashning iloji yoʻq. Germaniyaning oʻz qoʻshinlariga ega boʻlishini taqiqlovchi barcha xalqaro shartnomalarni buzgan holda, Gyoring juda qisqa vaqt ichida dunyodagi eng kuchli havo flotlaridan birini yaratdi va Germaniyani urushga tayyorladi.
Baldur fon Shirax
Gitlerni Shiraxdan koʻra koʻproq sevgan odamni topish qiyin. Gitleryugend rahbari Fyurerga koʻr-koʻrona ishonadigan askarlarni ishlab chiqarish uchun mashina yaratgan. U oʻz fanatizmini Germaniya va qoʻshni mamlakatlar bolalariga muvaffaqiyatli “yuqtirgan”. Koʻp insonlarni “zombi”ga aylantirgan, bolaligidan va kerak boʻlsa hayotidan mahrum qilgan. Kamida 80 mingta bolalar va tinch aholi oʻlimida Von Shiraxning aloqasi bor.
Alfred Ernst Rozenberg
Alfred Rozenberg - natsizmning asosiy ideologi, Reyxning Sharqiy bosib olingan hududlar boʻyicha vaziri. "Aryan irqining ustunligi" va "yahudiylar masalasining yakuniy yechimi" kabi fundamental tushunchalar muallifi. Uchinchi Reyxning eng yuqori rahbarlaridan biri. Rozenberg nemis xalqi dunyoqarashini propaganda, ommaviy axborot vositalari va adabiyot orqali shakllantirgan. Koʻp yillar davomida u Germaniya fuqarolari ongiga ular faqat oriylarning irqi ekanligini singdirgan. U nemislar uchun hamma narsaga ruxsat berilganiga, boshqa xalqlarni yoʻq qilish esa faqat zaruriy mudofaa chorasi ekanligiga ishontirgan.
Karl Dyonits
Karl Dyonits - Germaniya harbiy-dengiz kuchlari gross-admirali, hech qanday qoidalarsiz halokatli dengiz urushini olib borgan, harbiy boʻlmagan kemalarni yoʻq qilgan va choʻkayotganlarni qutqarishni taqiqlagan. U Gitlerga fidoiy va sodiq boʻlgan, buning uchun Gitleruni Uchinchi Reyx rahbarligiga oʻzining vorisi etib tayinlagan.
Noyob VRdetektiv hikoyasida Uchinchi Reyx dengiz flotining jinoyatlari haqidagi haqiqatni oching
Rossiyada, SSSR Gitler qoʻlini boʻshatib, Germaniyani urush boshlashga majburlagan, degan fikrlar ham mashhur. Baʼzi blogerlar ushbu fikrni qoʻllab-quvvatlaydi va
“SSSR Uchinchi Reyx bilan doʻst boʻlgan, Stalin esa Gitler bilan Yevropani boʻlib olgan”, - Bloger Ilya Varlamov deya taʼkidlaydi.
Bunday qarashlar tarafdorlari, masalan, Myunxen kelishuvi va unda Polsha ham faol ishtirok etganini unutgan. 1938 yil sentyabr oyida Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya va Italiya Myunxen bitimini imzolagan. Unga koʻra Germaniya, Polsha va Vengriya Chexoslovakiya yerlarining bir qismini oʻzaro boʻlib olgan. Chexoslovakiya vakillari esa hatto shartnoma shartlarini muhokama qilishga ham taklif qilinmagan.
Bir oy oʻtgach, Germaniya va Polsha Chexoslovakiyaga oʻz qoʻshinlarini kiritdi. Chexoslovakiya Prezidenti Edvard Benesh SSSRga ittifoqlik shartnomasini eslatib, yordam soʻradi. Sovet Ittifoqi javob berdi, biroq... Polsha vakillari Sovet qoʻshnini oʻtkazmasligini va bunday holatda darhol SSSRga urush eʼlon qilishini bildirdi. Buyuk Britaniya va Frantsiya Sovet Ittifoqining Chexoslovakiyani Millatlar Ligasida jamoaviy qoʻllab-quvvatlashni muhokama qilish takliflarini blokladi. Keyingi yili Polsha oʻz qoʻshnisiga qanday taqdirni ravo koʻrgan boʻlsa, xuddi shunday taqdirga oʻzi ham duch keldi.
Taxminan olti oy oldin, 1938 yil mart oyida Yevropa rahbarlari fashistlar Germaniyasi tomonidan yana bir mamlakat oʻz mustaqilligini yoʻqotayotganini kuzatib turdi: Avtriya anshlyusi haqida soʻz ketmoqda. Hech kim Gitlerni qoralamadi, hech kim Germaniya bilan munosabatlarini buzmadi. Angliya, Frantsiya va AQShning yuqori lavozimli amaldorlari Germaniyada sodir boʻlayotgan hamma narsadan xabardor edi. Yillar davomida ular fashistlar muvaffaqiyatlarini kuzatib turdi, ularni pul bilan qoʻllab-quvvatladi va Uchinchi Reyx tajovuziga esa koʻz yumdi, baʼzida hatto olqishlashdi, ragʻbatlantirishdi. Bugun esa bu davlatlar rahbarlari SSSRni ayblab, Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga aynan Sovet Ittifoqi aybdor, deya daʼvo qilmoqda.
Yoaxim fon Ribbentrop, German Gyoring, Alfred Rozenberg, Baldur fon Shirax, Karl Dyonits-bularning barchasi Yevropada taniqli edi. Ularning baʼzilari Yevropaning eng yuqori siyosiy doiralari intizorlik bilan kutiladigan mehmonlari edi.
Fashistlar Germaniyasi asosiy rahbarlarini sud qilgan Nyurnberg sudlari deyarli bir yil davom etdi. 75 yildan keyin fashizm revansh qilishga harakat qilmoqda. Bugun ular xalq sudi xulosalarini qayta yozishga va qadrsizlantirishga harakat qilmoqdalar. Tarix qayta yozilmoqda, aybni Uchinchi Reyx va Sovet Ittifoqi oʻrtasida taqsimlashmoqda, natsist jinoyatchilarini esa oqlashmoqda. Buni esa oddiy, "kichkina" odamlar qilmoqda - xuddi Nyurnberg sudidagi ayblanuvchilar oʻz taqdirining boshida boʻlgani kabi.
“Reyxning asosiy natsistlarining insoniyatga qarshi jinoyatlari" noyob VRdetektiv hikoyasida oʻtmishga sayohat qiling va oʻz tergovingizni oʻtkazing. Dalillar toʻplang, Uchinchi Reyx rahbarlarining jinoyatlari haqidagi haqiqiy hujjatlarni oʻrganing va ularning insoniyat oldidagi aybini isbotlang!
“Reyxning asosiy natsistlarining insoniyatga qarshi jinoyatlari" noyob VRdetektiv hikoyasida oʻtmishga sayohat qiling va oʻz tergovingizni oʻtkazing. Dalillar toʻplang, Uchinchi Reyx rahbarlarining jinoyatlari haqidagi haqiqiy hujjatlarni oʻrganing va ularning insoniyat oldidagi aybini isbotlang!
“Nyurnberg. Xalqlar VRdikti” VR-detektivi tarixchilar va M. Gorkiy nomidagi Moskva badiiy teatri bilan birgalikda Rossiya harbiy tarixi jamiyati koʻmagida yaratilgan. Loyihaning toʻliq versiyasi Steamplatformasida mavjud. Light-versiyasi YouTubeda 360 °videoformatida, RIA.Lab ilovasida mavjud. iOS uchun App Storedan yoki Android uchun Google Play platformasidan yuklab olishingiz mumki.
Loyiha yetakchi mutaxassisi - Nikolay Parxito, tarix fanlari nomzodi, Rossiya Xalqlar Doʻstligi universiteti (RUDN) Jurnalistika nazariyasi va tarixi kafedrasi dotsenti.