Putin Ukraina yangi harbiy operatsiyani tayyorlayotgan bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishUkrainskiy voyenniy
Ukrainskiy voyenniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti: Ukraina uchinchi harbiy operatsiyani hozirlayotgani haqidagi tasavvur tug‘ilmoqda.
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Ukraina Donbassda uchinchi harbiy operatsiyani hozirlayotgani hissi bor, bot-bot “urush” so‘zi yangramoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining yillik matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Va bizni avvaldan ogohlantirishapti: “Aralashmang, bu odamlarni himoya qilmang. Aralashsangiz, himoya qilsangiz – shunday-shunday yangi sanksiyalar bo‘ladi” - dedi Putin.
Rossiya rahbari 2014-yildagi voqealarga qadar, Ukrainadagi “qonli davlat to‘ntarilishi” ro‘y bermaguncha Moskva va Kiyev munosabatlari yaxshi bo‘lganini ta’kidladi.
“Odamlarni o‘ldirib yoqib yuborishdi”, - deya esga oldi Putin Ukrainadagi voqealarni to‘xtalib.
“Shundan so‘ng Qrim paydo bo‘ldi. Sevastopol va Qrimda yashayotgan odamlarni o‘z himoyamiz, qanotimiz ostiga olishga qanday rad javob bera olardik?”, - dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva doimo o‘zining xavfsizligi istiqbollari haqida o‘ylashga majbur.

Ukraina mojarosi

Ukraina hukumati 2014-yil aprelida o‘zini Kiyevdagi 2014-yildagi davlat to‘ntarilishidan so‘ng mustaqilligini e’lon qilgan Donesk va Lugansk xalq respublkalari (DXR va LXR)ga qarshi harbiy operatsiya boshladi.
6,8 mingga yaqin kishi mojaro qurboni bo‘ldi. Donbassdagi vaziyatni tartibga solish ishchi guruhlarning uchrashuvlari chog‘ida ham muhokama qilinmoqda.
Ammo o‘t ochmaslik haqidagi bitimlardan keyin ham otishmalar bo‘lib turibdi. DXR Ukraina og‘ir artilleriyasi odamlar yashaydigan hududlarni o‘qqa tutgani haqida xabar qilgan.

Minsk bitimlari va NATO faolligi

Putin Minsk bitimlari ziddiyatni kamaytirishning yagona munosib zamini bo‘lib qolayotganini eslatdi. Ammo Kiyev unga rioya qilmayapti. Qolaversa, Ukraina hukumati mojaroni tartibga solishga oid muzokaralarni cho‘zmoqda.
Keskinlik Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berayotgan va Qora dengizda mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan AQShning faolligi bilan ham kuchaymoqda.
Shu bilan birga, G‘arb Rossiya Ukrainaga “bostirib kirishga” hozirlik ko‘rayotgani haqida gapirmoqda. Moskva bu ayblovni qat’iy rad etib, hech kimga tahdid qilmayotgani va o‘z hududi bo‘ylab qo‘shinlarining bir joydan boshqa joyga ko‘chishi hech kimni xavotirga solmasligi kerakligini aytmoqda.
Kreml bir necha marta bu Rossiya chegaralari yaqinida NATOning ko‘proq harbiy texnikasi va kuchlarini joylashtirish uchun bahona ekanini bildirgan.
Putin, o‘z navbatida, NATO kuchlarining qo‘shni davlat hududida paydo bo‘lishi va davlat xavfsizligining boshqa tahdidlarini Moskva qizil chiziq deb baholashini qayd etgan.

Mavzuga oid:

NATO Sharqqa bir qadam ham siljimasligi kerak - Putin Ukraina haqida
“Bu uyimiz ostonasida!” - Putin amerikaliklarning Ukrainadagi harakatlari haqida
Putin Ukrainada NATOning raketa tizimlari paydo bo‘lsa nima bo‘lishini aytdi
Gruziyani 2008-yil avgustiga tayyorlagan davlatlar Ukrainani qurollantirmoqda
Yangiliklar lentasi
0