Siyosat

Konstitutsiyani 2022 yilda yangilash rejalashtirilmoqda – Mirziyoyev bildirgan takliflar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.12.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Prezident Asosiy qonunning yangi loyihasini tayyorlash, uni umumxalq muhokamasiga qoʻyish va bildirilgan takliflar asosida takomillashtirish zarurligini taʼkidladi.
TOSHKENT, 8 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini Konstitutsiya qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan tabrikladi. Tabrik matni davlat rahbari saytida chop qilindi.
Mirziyeyovning taʼkidlashicha, bugungi shiddatli davr zamonga mos harakat va oʻzgarishlarni talab etmoqda. Ana shunday talabga javob beradigan mukammal Konstitutsiyaga ega boʻlish uchun Asosiy qonunning yangi loyihasini tayyorlash, uni umumxalq muhokamasiga qoʻyib, bildirilgan takliflar asosida takomillashtirish zarur.
“Ushbu muhim siyosiy hujjatni 2022 yil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yillik bayrami nishonlanadigan kunlarda qabul qilish, oʻylaymanki, milliy davlatchilik anʼanalarimizga, xalqimiz manfaatlariga munosib ish boʻladi”, - deyilgan tabrik matnida.
Davlat rahbari Konstitutsiyaga kiritish taklif etilayotgan oʻzgartirishlarni sanab oʻtdi:
ilgari amal qilib kelgan "davlat — jamiyat — inson" tamoyilini "inson — jamiyat — davlat" deb oʻzgartirish, uni milliy qonunchilik va huquqiy amaliyotda mustahkamlash;
iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini taʼminlash;
"Jamiyat — islohotlar tashabbuskori" degan ezgu gʻoya doirasida Asosiy qonunda fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrni va maqomini konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlash;
Bosh qomusda oila institutini rivojlantirish, ezgu insoniy qadriyatlarni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash boʻyicha konstitutsiyaviy asoslarni belgilash;
yoshlarning huquq va manfaatlarini toʻla taʼminlash maqsadida yoshlar sohasidagi davlat siyosati, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalasi, ularning huquq va burchlarini konstitutsiyaviy darajada aks ettirish;
"Yangi Oʻzbekiston — ijtimoiy davlat" tamoyilini konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlash;
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha amaldagi tizimning samarasini oshirish maqsadida Konstitutsiyada bolalar mehnatiga yoʻl qoʻymaslik, nogironlar, keksa avlod vakillarining huquqlarini ishonchli himoya qilish masalalarini aks ettirish;
Konstitutsiyaga ekologiyaga oid maxsus boblar kiritish;
Uchinchi Renessansning toʻrt uzviy halqasi boʻlmish bogʻcha, maktab, oliy taʼlim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish masalalarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʻyish.
“Albatta, Konstitutsiyani yangilashdek gʻoyat muhim, strategik vazifani hal etishda biz yetti marta emas, yetmish marta oʻylab, xalqimiz bilan har tomonlama maslahatlashgan holda, yurtimiz va jahondagi ilgʻor tajribalarni chuqur oʻrganib, aniq qaror qabul qilishimiz zarur”, — deyiladi prezident tabrigida.
Mirziyoyev bu borada Oliy Majlis palatalari, deputat va senatorlar, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar jamoatchiligi, huquqshunos va siyosatshunos olimlar, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilari, butun xalq bu masalada oʻzining aniq fikr va qarashlarini bildirishiga ishonishini bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, 6 noyabr kuni ikkinchi muddatga prezident sifatida qasamyod qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida mamlakatda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish xususida toʻxtalgan edi.
Konstitutsiya respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.12.2022
Jamiyat
Oʻzbekiston Konstitutsiyasi haqida nimalarni bilamiz
Yangiliklar lentasi
0