Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan sanadan eʼtiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan boʻlsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi oʻrnatilgan.Oʻzbekiston Konstitutsiyasi yaratilish jarayonida qaysidir davlatdan koʻr-koʻrona koʻchirib olinmaganligini ham inobatga olish kerak. Oʻzbekiston Konstitutsiyasi eng taraqqiy etgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan.Konstitutsiyaning yuridik kuchiKonstitutsiyaga koʻra, Oʻzbekiston – Prezidentlik boshqaruv shaklidagi suveren demokratik respublika hisoblanadi. Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab berilgan boʻlib, unda Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi koʻrsatib oʻtilgan.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega: prezident Konstitutsiyaga, qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar, farmoyishlar qabul qiladi.Konstitutsiyada Oʻzbekiston prezidenti, fuqarolar tomonidan umumiy, toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan besh yil muddatga saylanishi belgilangan.Oʻzbekiston Konstitutsiyasida jamiyat hamda davlatning hayotidagi eng muhim masalalar umumiy ovoz (referendum)ga qoʻyilib, hal qilinadi.Konstitutsiyada Oʻzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi hamda prezidenti ish olib borishi koʻzda tutilgan boʻlib, Davlat hokimiyati esa uchga – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga boʻlinadi.Oʻzbekiston Konstitutsiyasida, davlat, oʻz faoliyatini inson hamda jamiyat farovonligini koʻzlab, ijtimoiy adolatga qonuniylik printsiplari asosida amalga oshiradi.Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir. Biroq, respublika hududida istiqomat qiluvchi barcha millat hamda elatlarning tillari, urf-odatlari ularning anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlanishi, rivojlanishlari uchun shart-sharoit yaratilishi ham nazarda tutilgan.Mamlakatda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlibgina qolmay, oʻz hududida va uning tashqarisida ham oʻz fuqarolarini huquqiy himoyasini taʼminlaydi.Konstitutsiya, shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolarining oʻz vatanlari ichida erkin harakatlanishlari, istagan joylariga koʻchib borib yashash huquqlarini ham kafolatlaydi.Konstitutsiyada, har kim erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi koʻrstilgan. Unga koʻra, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.Jinoyatda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda koʻrib chiqilmaguncha qiynoqqa solinishi, unga nisbatan zoʻravonlik, shavqatsiz yoki qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar olib borish mumkin emasligi toʻgʻrisida koʻrsatilgan.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgartirishlarKonstitutsiya bilan davlat va jamiyat rivojlanishining demokratik tamoyillari belgilab qoʻyilgan. Respublikada roʻy berayotgan demokratik oʻzgarishlar davomida Konstitutsiyaga ham oʻzgarishlar kiritib kelinmoqda. Mamlakat Konstitutsiyasiga hozirgi kunga qadar 14 marta oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan:Oʻzbekistonda Konstitutsiya kuni qanday nishonlanadiOʻzbekiston Konstitutsiya kuni milliy bayram boʻlgani uchun dam olish kuni deb eʼlon qilingan. Ushbu tantanali bayram Oʻzbekiston boʻylab barcha oʻquv dargohlari, tashkilot, muassasalarda keng nishonlanib, fidokor xodimlar hamda bir guruh talabalar taqdirlanadi.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini mazkur havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
o'zbekiston konstitutsiyasi bosh qomus moddalar o'zgartirishlar qo'shimchalar konstitutsiya bayrami 8 dekabr 1992 yil qabul qilingan oʻzbekiston konstitutsiyasi bosh qomus moddalar oʻzgartirishlar qabul qilingan qoʻshimchalar konstitutsiya bayrami konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgartirishlar konstitutsiya haqida maʼlumot 8 dekabrya 1992 yil konstitutsiya respubliki uzbekistan 8 dekabrya 1992 goda stati izmeneniya konstitutsii
o'zbekiston konstitutsiyasi bosh qomus moddalar o'zgartirishlar qo'shimchalar konstitutsiya bayrami 8 dekabr 1992 yil qabul qilingan oʻzbekiston konstitutsiyasi bosh qomus moddalar oʻzgartirishlar qabul qilingan qoʻshimchalar konstitutsiya bayrami konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgartirishlar konstitutsiya haqida maʼlumot 8 dekabrya 1992 yil konstitutsiya respubliki uzbekistan 8 dekabrya 1992 goda stati izmeneniya konstitutsii
Oʻzbekiston Konstitutsiyasi haqida nimalarni bilamiz
Oʻzbekiston Konstitutsiyasi oʻn ikkinchi chaqiriq bilan respublika Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasi 1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan. Shu kundan eʼtiboran, Oʻzbekistonda 8 dekabr umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinadi.
Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan sanadan eʼtiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan boʻlsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi oʻrnatilgan.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasi yaratilish jarayonida qaysidir davlatdan koʻr-koʻrona koʻchirib olinmaganligini ham inobatga olish kerak. Oʻzbekiston Konstitutsiyasi eng taraqqiy etgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan.
Konstitutsiyaning yuridik kuchi
Konstitutsiyaga koʻra, Oʻzbekiston – Prezidentlik boshqaruv shaklidagi suveren demokratik respublika hisoblanadi. Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab berilgan boʻlib, unda Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi koʻrsatib oʻtilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega: prezident Konstitutsiyaga, qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar, farmoyishlar qabul qiladi.
Konstitutsiyada Oʻzbekiston prezidenti, fuqarolar tomonidan umumiy, toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan besh yil muddatga saylanishi belgilangan.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasida jamiyat hamda davlatning hayotidagi eng muhim masalalar umumiy ovoz (referendum)ga qoʻyilib, hal qilinadi.
Konstitutsiyada Oʻzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi hamda prezidenti ish olib borishi koʻzda tutilgan boʻlib, Davlat hokimiyati esa uchga – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga boʻlinadi.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasida, davlat, oʻz faoliyatini inson hamda jamiyat farovonligini koʻzlab, ijtimoiy adolatga qonuniylik printsiplari asosida amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir. Biroq, respublika hududida istiqomat qiluvchi barcha millat hamda elatlarning tillari, urf-odatlari ularning anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlanishi, rivojlanishlari uchun shart-sharoit yaratilishi ham nazarda tutilgan.
Mamlakatda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlibgina qolmay, oʻz hududida va uning tashqarisida ham oʻz fuqarolarini huquqiy himoyasini taʼminlaydi.
Konstitutsiya, shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolarining oʻz vatanlari ichida erkin harakatlanishlari, istagan joylariga koʻchib borib yashash huquqlarini ham kafolatlaydi.
Konstitutsiyada, har kim erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi koʻrstilgan. Unga koʻra, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Jinoyatda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda koʻrib chiqilmaguncha qiynoqqa solinishi, unga nisbatan zoʻravonlik, shavqatsiz yoki qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar olib borish mumkin emasligi toʻgʻrisida koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nimalardan iborat
Konstitutsiya: 6 boʻlim, 26 bob, 128 modda va Muqaddima (kirish) qismidan iborat.
Konstitutsiya birinchi boʻlimi, “Asosiy printsiplar” deb ataladi. Unda davlat shakli hamda suverenitetini namoyon etuvchi xususiyatlar belgilangan;
Konstitutsiya ikkinchi boʻlimi, “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanadi va shaxsning huquqiy holatiga taalluqli barcha jabhalarni oʻz ichiga olgan;
Konstitutsiya uchinchi boʻlimi, “Shaxs va jamiyat” boʻlib, uning boblarida jamiyatning iqtisodiy munosabatlar negizi aks etgan;
Konstitutsiya toʻrtinchi boʻlimi, “Maʼmuriy-hududiy va davlat tuzilishi”ga bagʻishlangan. Unda mamlakatning maʼmuriy-hududiy tuzilishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining huquqiy holati alohida-alohida boblarda belgilab berilgan.
Konstitutsiya beshinchi boʻlimi, eng yirik bob hisoblanib, “Davlat hokimiyatini tashkil etish” deb nomlanadi. Bu bobda Oliy Majlis, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti saylash tartibi, vakolatlari va oʻzaro munosabatlari asoslari belgilangan. Bob, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining tashkil etish tartibini ham oʻz ichiga qamrab oladi.
Konstitutsiyaning oxirgi oltinchi boʻlimi esa, “Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish tartibi”ga ajratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgartirishlar
Jamiyat taraqqiyoti asosida xalqning fikrini olgan holda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Konstitutsiya bilan davlat va jamiyat rivojlanishining demokratik tamoyillari belgilab qoʻyilgan. Respublikada roʻy berayotgan demokratik oʻzgarishlar davomida Konstitutsiyaga ham oʻzgarishlar kiritib kelinmoqda. Mamlakat Konstitutsiyasiga hozirgi kunga qadar 14 marta oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan:
1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan soʻzlar “deputatlardan” degan soʻz bilan almashtirildi;
2002 yil 27 yanvarda oʻtkazilgan umumxalq referendumi natijalariga koʻra hamda uning asosida 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilgan;
2007 yil 11 apreldagi Qonun bilan Konstitutsiyaning 89-moddasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan;
2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi birinchi qismiga oʻzgartish kiritilgan;
2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96, 98-moddalariga oʻzgartish, qoʻshimchalar kiritilgan;
2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 90-moddasi ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan;
2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 32, 78. 93, 98, 103, 117-moddalariga oʻzgartish, qoʻshimchalar kiritilgan;
2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 111-moddalariga oʻzgartish, qoʻshimchalar kiritilgan;
2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 93, 108, 109-moddalariga oʻzgartish, qoʻshimchalar kiritilgan;
2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 99, 102-moddalariga oʻzgartish, qoʻshimchalar kiritilgan;
2018 yil 15 oktyabrda qabul qilingan Qonun bilan 105-moddaning birinchi qismidagi “ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) uning maslahatchilarini” degan soʻzlar “raisni (oqsoqolni)” degan soʻzlar bilan almashtirilgan;
2019 yil 18 fevralda qabul qilingan Qonun bilan 80, 93-moddalariga oʻzgartirish kiritilib, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati deb yuritila boshlandi;
2019 yil 5 martda qabul qilingan Qonunga asosan 79, 93, 98-moddalarga oʻzgartirishlar kiritilgan;
2019 yil 4 sentyabrda qabul qilingan Qonunga asosan saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 96, 117-moddalarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Oʻzbekistonda Konstitutsiya kuni qanday nishonlanadi
Oʻzbekiston Konstitutsiya kuni milliy bayram boʻlgani uchun dam olish kuni deb eʼlon qilingan. Ushbu tantanali bayram Oʻzbekiston boʻylab barcha oʻquv dargohlari, tashkilot, muassasalarda keng nishonlanib, fidokor xodimlar hamda bir guruh talabalar taqdirlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini mazkur havola orqali yuklab olishingiz mumkin.