COVID-19 va shamollashdan so‘ng organizmni nimalar bilan tiklash mumkin?

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrilavok s fruktami i ovoshami
Prilavok s fruktami i ovoshami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2021
Obuna bo‘lish
Kuz va qish- shamollash davri. Immunitet pasayishi aynan hozir, pandemiya sharoitida juda xavfli. Qanday oddiy mahsulotlar bilan kasallikdan keyingi immunitetni tiklash mumkin, bizning ruknimizda o‘qing.
Virusning navbatdagi yangi shtammi rasmiylarni yangi cheklovlar joriy etishga, shifokorlarni esa infeksiyaga qarshi kurashishning samarali usullarini qidirishga majbur qilmoqda. Endi biz barcha gigiyena qoidalariga va shifokorlarning tavsiyalariga amal qilishimiz, shuningdek, immunitetni iloji boricha mustahkamlashimiz kerak. Sputnik Belarusiyadagi hamkasblarimiz siz uchun eng arzon virusdan himoya vositalari ro‘yxatini tayyorladi.

Ko‘katlar

Ko‘katlar, ayniqsa salat va ismaloq, zaiflashgan tana uchun haqiqiy quvvat. Unda hujayralarni shikastlanish va yallig‘lanishdan himoya qiluvchi muhim antioksidantlar mavjud.
Eksport ovoshey i fruktov iz Uzbekistana v Rossiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
O‘zbekiston Rossiyaga qancha meva va sabzavot sotdi

Foydali yog‘lar

Qizil baliq, avakado va zaytun moyi Omega-3 ning asosiy manbalari. Yog‘ kislotalari immunitet tizimini mustahkamlaydi, yallig‘lanishni dastlabki bosqichda to‘xtatadi va organizmni bakteriyalar va infeksiyalardan himoya qiladi.

Sitrus mevalar

Vitamin C virusga qarshi mashhur kurashuvchi. Shuning uchun mavsumiy menyuda limon, apelsin va rezavorlar bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, bir piyola issiq limonli choy nafaqat immunitetingizni himoya qiladi, balki kayfiyatingizni ham ko‘taradi.
Meditsinskiy gradusnik i zashitnaya maska, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Bolalarda O‘RVI nega qaytalaydi

Brokkoli

Brokkoli allaqachon mavsumning super taomi ekanligini da’vo qilmoqda. Bu sabzavot haqli ravishda vitamin va mineral bomba deb ataladi. Brokkoli immunitet tizimini mustahkamlaydi va kalsiy, magniy va juda zarur bo‘lgan S vitamini ko‘p miqdori bilan yaxshi ta’sir qiladi.

Tovuqli bulon

Tovuq sho‘rvasini sovuqqa chalinganlarning barchasiga berish odati kino an’anasi emas, balki immunitetni mustahkamlash yoki sovuqdan xalos bo‘lish uchun juda samarali usul. Parranda go‘shti oqsilida tananing himoyalanish jarayonlariga ta’sir qiluvchi B vitaminlarining dozasi mavjud.
Yangiliklar lentasi
0