https://oz.sputniknews.uz/20211206/bolalarda-orvi-nega-qaytalaydi-21655908.html
Bolalarda O‘RVI nega qaytalaydi
Bolalarda O‘RVI nega qaytalaydi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kafedra mudiri Nigora Aliyeva bolalarda uchraydigan va qaytalaydigan o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) kasalligi haqida ma’lumot berdi.
2021-12-06T06:40+0500
2021-12-06T06:40+0500
2021-12-06T06:40+0500
jamiyat
bolalar
shifokorlar tavsiyasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
o‘tkir respirator virusli infeksiya (o‘rvi)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/17/21480629_0:200:1920:1280_1920x0_80_0_0_67dd0efa38d630dbb72f41df9404355c.jpg
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kafedra mudiri Nigora Aliyeva bolalarda uchraydigan va qaytalaydigan o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) kasalligi haqida ma’lumot berdi.SSV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda O‘RVI 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchramoqda. Ular orasida chaqaloqlar ham kam emas.Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bola to‘g‘ri ovqatlanishi, o‘z vaqtida uxlashi, jismoniy chiniqishi lozim. Shundagina immunitet mustahkamlanadi.Masalan, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘zlari mustaqil ravishda jismoniy mashqlarni bajara olmaydi. Demak, ota-onalari, tarbiyalovchilari ularni chiniqtirishi zarur. Turli uqalash muolajalari, ya’ni massaj ham bu jarayonda juda foydali. Bolaning tanasida qon aylanish tizimi faoliyatini yaxshilaydi.Aliyeva kichik yoshdagi o‘g‘il-qizlarning yiliga 3-4 marta bunday virusli kasalliklar bilan og‘rishi normal holat ekanini qayd etdi. Ammo kasallikka chalinish soni emas, tuzalish muddatiga e’tibor qaratish kerak. Xastalikdan so‘ng asoratlar qolmasligi asosiy natija.Shifokorning aytishicha, bemor bolalar muolajasi davomli parvarishni talab qiladi. Lekin ba’zi ota-onalar farzandi shifoxonadan chiqishi bilan uni bog‘chaga, maktabga jo‘natishadi. Aholi gavjum joylarga, mehmonga olib borishadi. Vaholanki, bunday paytda hali organizm to‘liq tiklanib, avvalgiday quvvatga qaytmagan bo‘ladi.Oqibatda hali to‘liq quvvatga kirib ulgurmagan bola tashqi muhitda yangi virusga duch kelib, qaytadan kasallanib qolishi mumkin. Shunday ekan, o‘g‘il-qizlarning xastalikni yengil darajada o‘tkazishida ota-onalari, yaqinlari ko‘magi nihoyatda zarur. Bunday paytda yanada e’tiborli bo‘lish talab etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20211125/farzandi-orvi-bilan-kasallangan-ota-onalar-eng-kop-qaysi-xatoga-yol-qoyishadi-21524079.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/17/21480629_213:0:1920:1280_1920x0_80_0_0_a169672e913250312ad7e2f23aaeac87.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bolalarda o‘rvi o‘tkir respirator virusli infeksiya haqida ma’lumot
bolalarda o‘rvi o‘tkir respirator virusli infeksiya haqida ma’lumot
Bolalarda O‘RVI nega qaytalaydi
Shifokor kichik yoshdagi o‘g‘il-qizlarning yiliga 3-4 marta bunday virusli kasalliklar bilan og‘rishi normal holat ekanini qayd etdi.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kafedra mudiri Nigora Aliyeva bolalarda uchraydigan va qaytalaydigan o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) kasalligi haqida ma’lumot berdi.
SSV
ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda O‘RVI 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchramoqda. Ular orasida chaqaloqlar ham kam emas.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bola to‘g‘ri ovqatlanishi, o‘z vaqtida uxlashi, jismoniy chiniqishi lozim. Shundagina immunitet mustahkamlanadi.
Masalan, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘zlari mustaqil ravishda jismoniy mashqlarni bajara olmaydi. Demak, ota-onalari, tarbiyalovchilari ularni chiniqtirishi zarur. Turli uqalash muolajalari, ya’ni massaj ham bu jarayonda juda foydali. Bolaning tanasida qon aylanish tizimi faoliyatini yaxshilaydi.
Aliyeva kichik yoshdagi o‘g‘il-qizlarning yiliga 3-4 marta bunday virusli kasalliklar bilan og‘rishi normal holat ekanini qayd etdi. Ammo kasallikka chalinish soni emas, tuzalish muddatiga e’tibor qaratish kerak. Xastalikdan so‘ng asoratlar qolmasligi asosiy natija.
Shifokorning aytishicha, bemor bolalar muolajasi davomli parvarishni talab qiladi. Lekin ba’zi ota-onalar farzandi shifoxonadan chiqishi bilan uni bog‘chaga, maktabga jo‘natishadi. Aholi gavjum joylarga, mehmonga olib borishadi. Vaholanki, bunday paytda hali organizm to‘liq tiklanib, avvalgiday quvvatga qaytmagan bo‘ladi.
Oqibatda hali to‘liq quvvatga kirib ulgurmagan bola tashqi muhitda yangi virusga duch kelib, qaytadan kasallanib qolishi mumkin. Shunday ekan, o‘g‘il-qizlarning xastalikni yengil darajada o‘tkazishida ota-onalari, yaqinlari ko‘magi nihoyatda zarur. Bunday paytda yanada e’tiborli bo‘lish talab etiladi.