Hindistonda 600 mingdan ortiq Kalashnikov avtomati ishlab chiqariladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRabota rossiyskogo mirotvorcheskogo kontingenta v Nagornom Karabaxe
Rabota rossiyskogo mirotvorcheskogo kontingenta v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
Obuna bo‘lish
Hindiston 600 ming donadan ortiq Kalashnikov AK-203 avtomatlarini ishlab chiqarish to‘g‘risida shartnoma imzoladi.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Hindiston Rossiya bilan mamlakatda 600 ming donadan ortiq Kalashnikov AK-203 avtomatlarini ishlab chiqarish to‘g‘risida shartnoma imzoladi, deb xabar qildi Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori Dmitriy Shugayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston rossiyalik hamkorlar yordamida qurol ishlab chiqarish bo‘yicha malaka oladi.
Press-konferensiya ministra oboroni Indii R. Singxa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Hindiston va Rossiya harbiy hamkorlik bo‘yicha qator shartnomalar imzoladi
AK-203 xorijiy avtomatlardan qolishmaydi va hatto ko‘p jihatdan ulardan oshib ketadi.
2019 yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakat shimoli-sharqidagi “Korva” qurol-yarog‘ zavodida AK-203 avtomatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi qo‘shma korxona ochilishini e’lon qildi. Rossiyaning Kalashnikov konserni Indo-Russian Rifles Private Limited aksiyalarining 42 %ga, yana 7,5 % Rosoboroneksportga tegishli. Aksiyalarning nazorat paketi (50,5%) davlatning o‘zida qoldi.
Kuni kecha Hindiston Rossiya bilan harbiy hamkorlik bo‘yicha bir qator shartnomalar imzolandi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Rajnatx Singx Rossiya mudofaa vaziri general Sergey Shoyguning Nyu-Dehliga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0