Jamiyat

Mansabdorlar soʻnggi 4 yilda davlat va jamiyat manfaatlariga qancha zarar yetkazgan

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev /  / Mediabankka oʻtishUchastniki meropriyatiya
Uchastniki meropriyatiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Statistika boʻyicha mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 2018 yilda 556 mlrd, 2019 yilda 1,858 trln, soʻm moddiy zarar yetkazilgan.
TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. Joriy yil 9 oyda mansabdorlarning jinoyati oqibatida davlat va jamiyat manfaatiga 658 mlrd soʻm moddiy zarar yetkazilgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zuhra Shodiyeva maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, deputatlar “Jinoyat kodeksiga korruptsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilishgan.
Statistika boʻyicha mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 2018 yilda 556 mlrd, 2019 yilda 1,858 trln, 2020 yilda 500,1 mlrd, 2021 yilning 9 oyida 658 mlrd soʻm moddiy zarar yetkazilgan.
Yuqoridagi qonun loyihasi bilan mansabdor shahslarga nisbatan choralar kuchaytirilmoqda. Yaʼni “Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish”, “Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish”, “Hokimiyat harakatsizligi”, “Mansab soxtakorligi” va “Hokimiyatni suiisteʼmol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi” jinoyatlar agar “gʻarazgoʻylik” niyatida sodir etilsa, korruptsiyaviy jinoyat hisoblanishi belgilanib, mazkur harakatlar uchun ogʻirroq jazolar belgilanyapti.
Shuningdek, oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish, firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash uchun hukm qilingan, biroq jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni toʻliq qoplamagan shaxslarga hamda poraxoʻrlik bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish tatbiq qilinmasligi nazarda tutilmoqda.
“Pora olish”, “pora berish” va “pora olish-berishda vositachilik qilish” qilmishlar uchun Jinoyat kodeksining tegishli moddalarining uchinchi qismi sanktsiyasi ogʻirlashtirilib, 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Jamiyat
Poraxoʻrlik maksimal muddatni 20 yilgacha oshirish taklif qilinmoqda
Yangiliklar lentasi
0