https://oz.sputniknews.uz/20211125/farzandi-orvi-bilan-kasallangan-ota-onalar-eng-kop-qaysi-xatoga-yol-qoyishadi-21524079.html
Farzandi O‘RVI bilan kasallangan ota-onalar eng ko‘p qaysi xatoga yo‘l qo‘yishadi
Farzandi O‘RVI bilan kasallangan ota-onalar eng ko‘p qaysi xatoga yo‘l qo‘yishadi
Sputnik O‘zbekiston
Pediatr farzandi o‘tkir respirator virusli infeksiya bilan kasallangan ota-onalar eng ko‘p qaysi xatoga yo‘l qo‘yishlarini aytdi.
2021-11-25T22:25+0500
2021-11-25T22:25+0500
2021-11-25T22:25+0500
jamiyat
bolalar
shifokorlar tavsiyasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
o‘tkir respirator virusli infeksiya (o‘rvi)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/19/21522767_0:99:1921:1179_1920x0_80_0_0_fb0d60067b64615e839f201c769b135d.jpg
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya tibbiyot ilmiy-amaliy markazi bo‘lim mudiri Manzura Boltaboyeva farzandi o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) bilan kasallangan ota-onalarga tavsiya berdi.Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi ota-onalar farzandining harorati ko‘tarilib, burni oqib, tumov belgilari kuzatila boshlasa, darhol dorixonaga yugurishadi va o‘zboshimchalik bilan bolasiga antibiotiklar berishadi. Lekin O‘RVIda ham, grippda ham antibiotiklar yordam bermaydi.Boltaboyeva bu aksincha, juda og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Masalan, ichak disbakteriozini keltirib chiqaradi. Ba’zi antibiotiklar esa jigarga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Shu sababli ota-onalarga shifokor tavsiyasisiz farzandlariga antibiotik bermaslik doimo uqtirib kelinadi.Mutaxassis O‘RVIga chalingan bolalarni qanday vaziyatda uy sharoitida davolash mumkin, qaysi holatda esa tez yordamga murojaat qilish lozimligi haqida ham to‘xtaldi.Pediatrning qayd etishicha, harorati baland bolaning tomog‘ini yod yoki zelonka bilan artish ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan katta xatolardan biri. Chunki O‘RVIga chalingan bolaning shilliq qavati juda nozik, buning ustiga, virusdan yallig‘langan va shishgan bo‘ladi.Agar yuqorida aytilgan surtmalar bilan ishlov berilsa, shilliq qavat jarohatlanib, shish kattalashib, loringit yuzaga kelishi va boshqa asoratlar kuzatilishi mumkin.Tana harorati ko‘tarilganda paratsetamol berish tavsiya etiladi. Ammo ba’zi ota-onalar tibbiyotdan yaxshi xabardor bo‘lmagan qo‘shnisini chaqirib, analgin, dimedrol, novokain qo‘shib mazkur aralashmani isitma tushirishda qo‘llashadi.Bu mutlaqo mumkin emas. Birinchidan, analgin qonni suyultirib yuboradi. Dimedrol esa bolada yo‘tal paydo bo‘lgan, bronxlari torayib qolgan paytda asoratlarni yanada kuchaytiradi.Bundan tashqari, allergik yo‘tal, astma, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi kuzatilayotgan bolalar bor xonalarda isiriq tutatish yanglish xatti-harakatdir. Chunki tutun bola organlari spazmini ko‘paytirib, yo‘talni yanada kuchaytirishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20211110/otkir-respirator-kasalliklar-nega-bolalarda-kop-uchraydi--21300029.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/19/21522767_108:0:1811:1277_1920x0_80_0_0_f82a5893f2f289ea82ad41481ab848ec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘tkir respirator virusli infeksiya bolalar o‘rvi ota-onalar xatosi
o‘tkir respirator virusli infeksiya bolalar o‘rvi ota-onalar xatosi
Farzandi O‘RVI bilan kasallangan ota-onalar eng ko‘p qaysi xatoga yo‘l qo‘yishadi
Pediatr farzandi o‘tkir respirator virusli infeksiya bilan kasallangan ota-onalar qanday yo‘l tutishi kerakligini aytdi.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya tibbiyot ilmiy-amaliy markazi bo‘lim mudiri Manzura Boltaboyeva farzandi o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) bilan kasallangan ota-onalarga
tavsiya berdi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi ota-onalar farzandining harorati ko‘tarilib, burni oqib, tumov belgilari kuzatila boshlasa, darhol dorixonaga yugurishadi va o‘zboshimchalik bilan bolasiga antibiotiklar berishadi. Lekin O‘RVIda ham, grippda ham antibiotiklar yordam bermaydi.
Boltaboyeva bu aksincha, juda og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Masalan, ichak disbakteriozini keltirib chiqaradi. Ba’zi antibiotiklar esa jigarga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Shu sababli ota-onalarga shifokor tavsiyasisiz farzandlariga antibiotik bermaslik doimo uqtirib kelinadi.
Mutaxassis O‘RVIga chalingan bolalarni qanday vaziyatda uy sharoitida davolash mumkin, qaysi holatda esa tez yordamga murojaat qilish lozimligi haqida ham to‘xtaldi.
“Bemor bolaning holatiga ota-onasi juda e’tiborli bo‘lishi kerak. Agar bolada pnevmoniyaning ilk belgilari kuzatilsa, shifoxonada davolanish tavsiya etiladi”, - deydi shifokor.
Pediatrning qayd etishicha, harorati baland bolaning tomog‘ini yod yoki zelonka bilan artish ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan katta xatolardan biri. Chunki O‘RVIga chalingan bolaning shilliq qavati juda nozik, buning ustiga, virusdan yallig‘langan va shishgan bo‘ladi.
Agar yuqorida aytilgan surtmalar bilan ishlov berilsa, shilliq qavat jarohatlanib, shish kattalashib, loringit yuzaga kelishi va boshqa asoratlar kuzatilishi mumkin.
Tana harorati ko‘tarilganda paratsetamol berish tavsiya etiladi. Ammo ba’zi ota-onalar tibbiyotdan yaxshi xabardor bo‘lmagan qo‘shnisini chaqirib, analgin, dimedrol, novokain qo‘shib mazkur aralashmani isitma tushirishda qo‘llashadi.
Bu mutlaqo mumkin emas. Birinchidan, analgin qonni suyultirib yuboradi. Dimedrol esa bolada yo‘tal paydo bo‘lgan, bronxlari torayib qolgan paytda asoratlarni yanada kuchaytiradi.
Bundan tashqari, allergik yo‘tal, astma, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi kuzatilayotgan bolalar bor xonalarda isiriq tutatish yanglish xatti-harakatdir. Chunki tutun bola organlari spazmini ko‘paytirib, yo‘talni yanada kuchaytirishi mumkin.