https://oz.sputniknews.uz/20211205/zangiota-yuqumli-kasalliklar-shifoxonasi-jonlantirish-bolimida-asosan-kimlar-davolanmoqda-21651530.html
Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi jonlantirish bo‘limida asosan kimlar davolanmoqda
Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi jonlantirish bo‘limida asosan kimlar davolanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Muassasaning jonlantirish bo‘limida muolaja olayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar orasida bolalar, yoshlar va katta yoshdagi insonlar ham bor. 05.12.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-12-05T10:05+0500
2021-12-05T10:05+0500
2021-12-05T10:05+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
covid-19 umumjahon pandemiyasi
zangiota tumani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/13/15440038_0:0:2842:1600_1920x0_80_0_0_5592de5f763c3ad1fd33c70893816d44.jpg
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2000 o‘ringa mo‘ljallangan. U yerda koronavirusga gumon qilingan, PZR test tasdiqlangan va pnevmoniyaga chalingan 737 nafar bemor davolanmoqda. Bu haqda shifoxonasi direktori Anvar Husanov ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 10 kun ichida muassasaga o‘rta hisobda har kuni 85 nafar bemor qabul qilinib, kuniga ularning o‘rtacha 63 nafari sog‘aymoqda.Ta’kidlanishicha, ayni paytda shifoxonaga murojaat qilayotganlarni turli yosh toifasidagi insonlar tashkil etmoqda. Qolaversa, muassasaning jonlantirish bo‘limida muolaja olayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar orasida bolalar, yoshlar va katta yoshdagi insonlar ham bor. Ularning ko‘pchiligi koronavirusga qarshi emlanmagan.Alimovaning so‘zlariga ko‘ra, emlangandan so‘ng shakllangan immunitet kasallikni o‘tkazgandan keyingi himoyadan yaxshiroq. Sababi emlashda neytrallovchi antitanachalarning miqdori kasallik o‘tkazgandan keyin shakllanadigan antitanachalar miqdoridan ancha yuqori bo‘ladi.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 194 333 nafarga yetgan. Shulardan 190 939 nafari tuzalib ketgan. Virusdan qurbon bo‘lganlar 1418 nafarni tashkil etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20211204/omikron-dunyoni-qutqarishi-mumkin--virusolog-21649729.html
zangiota tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/13/15440038_111:0:2842:2048_1920x0_80_0_0_6ad7a0779d7910c1a3b59516c0764a56.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), covid-19 umumjahon pandemiyasi, zangiota tumani
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), covid-19 umumjahon pandemiyasi, zangiota tumani
Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi jonlantirish bo‘limida asosan kimlar davolanmoqda
Muassasaning jonlantirish bo‘limida muolaja olayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar orasida bolalar, yoshlar va katta yoshdagi insonlar ham bor.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2000 o‘ringa mo‘ljallangan. U yerda koronavirusga gumon qilingan, PZR test tasdiqlangan va pnevmoniyaga chalingan 737 nafar bemor davolanmoqda. Bu haqda shifoxonasi direktori Anvar Husanov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 10 kun ichida muassasaga o‘rta hisobda har kuni 85 nafar bemor qabul qilinib, kuniga ularning o‘rtacha 63 nafari sog‘aymoqda.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda shifoxonaga murojaat qilayotganlarni turli yosh toifasidagi insonlar tashkil etmoqda. Qolaversa, muassasaning jonlantirish bo‘limida muolaja olayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar orasida bolalar, yoshlar va katta yoshdagi insonlar ham bor. Ularning ko‘pchiligi koronavirusga qarshi emlanmagan.
“Shu kungacha kasalxonamizda davolangan bemorlar orasida vaksina olgan 531 nafar bemorning 509 nafarida (96 foiz) kasallik yengil va o‘rta og‘ir darajada kechgan. Qolgan 22 nafarida kasallik nisbatan og‘ir o‘tgan. Bunga esa ularning aksariyati katta yoshli ekani, shu bilan birga, yurak yetishmovchiligi, gipertoniya, qandli diabet kabi yondosh kasalliklari borligi sababdir”, - deydi shifoxona direktori o‘rinbosari Hilola Alimova
Alimovaning so‘zlariga ko‘ra, emlangandan so‘ng shakllangan immunitet kasallikni o‘tkazgandan keyingi himoyadan yaxshiroq. Sababi emlashda neytrallovchi antitanachalarning miqdori kasallik o‘tkazgandan keyin shakllanadigan antitanachalar miqdoridan ancha yuqori bo‘ladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 194 333 nafarga yetgan. Shulardan 190 939 nafari tuzalib ketgan. Virusdan qurbon bo‘lganlar 1418 nafarni tashkil etmoqda.