https://oz.sputniknews.uz/20211204/omikron-dunyoni-qutqarishi-mumkin--virusolog-21649729.html
“Omikron” pandemiyani tugatishi mumkin – virusolog
“Omikron” pandemiyani tugatishi mumkin – virusolog
Sputnik O‘zbekiston
Yangi shtamm inson organizmida yengil kechadi va ushbu shtamm orqali orttirilgan immunitet koronavirusning boshqa shtammlaridan himoya qilishi mumkin
2021-12-04T20:00+0500
2021-12-04T20:00+0500
2021-12-04T20:45+0500
jamiyat
virus
covid-19 umumjahon pandemiyasi
gamaleya markazi
omikron shtammi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/04/21650019_0:131:3072:1859_1920x0_80_0_0_9257aaf6d39239bb8334c4730a239bf3.jpg
TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Koronavirusning yangi shtammi - “omikron” pandemiyani tugatishi mumkin, deb hisoblaydi Gamaleya nomidagi Immunologiya markazi virusolog professori Anatoliy Altshteyn, Sputnik radiosiga.Uning so‘zlariga ko‘ra, omikron-shtamm aniqlanganiga yaqinda bir oy bo‘ladi, lekin o‘tgan vaqt ichida omikron-shtammi yuqqan bemorlarning birortasida kasallik og‘ir kechgani yoki o‘lim holatlari bo‘lgani kuzatilmagan. Lekin shu bilan birga ushbu shtamm o‘ta yuqumliligi aniqlangan.Masalan, JARda u bir oydan kam vaqt ichida koronavirusning delta va boshqa shtammlarini siqib chiqarib yuborgan va so‘nggi kunlarda aniqlanayotgan holalatlarning aksariyati omikron-shtammga to‘g‘ri kelmoqda. O‘ta yuqumlilik - yangi virus xususiyatlaridan biri. Uning S-oqsilida mutatsiyalar juda ko‘pligi bilan izohlanadi. Ya’ni virusning genomi barqaror bo‘lmasa, kasallik og‘ir oqibatlarga olib kelmaydi. "Hozircha virus yoshik katta kishilarga yetib bormagan, lekin dastlabki xulosalarga ko‘ra "omikron" o‘z oqibatlariga ko‘ra, unchalik qo‘rqinchli virus emas", — deb qo‘shimcha qildi shifokor. Eslatib o‘tamiz, koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammi ilk bor Botsvanada 11-noyabr kuni aniqlangan edi. Shundan so‘ng JAR, Gonkong va boshqa davlatlarga tarqaldi. Bugungi kunda omikron 27ta davlat hududida aniqlangan.Uning asosiy xususiyati – o‘ta yuqumli va insonning kasal bo‘lib tuzalish va vaksinalash orqali orttirgan immunitetini chaplab o‘ta oladi. JSST yangi shtammni “xavotirli” deb tan olib unga grek alfavitining 15 harfi – “omikron” nomini bergan edi.Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko vaksina COVID-19dan himoya qilishning eng yaxshi yo‘li – vaksina olish bo‘lib qolayotganinima’lum qilgan edi. Darhaqiqat vaksina olgan kishi koronavirusga chalinsa-da uning og‘ir oqibatlariga chalinmaydi, kasallik yengil kechadi. Rossiyada vaksina olganlar orasida kasallanganlar soni 0,03 foizdan oshmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20211203/janubiy-koreyada-ozbekiston-fuqarosida-omikron-shtammi-aniqlandi-21635905.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/04/21650019_176:0:2907:2048_1920x0_80_0_0_f1f9e10d0075a260df1528dafd74f5b3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
omikron shtamm inson immunitet koronavirus himoya
omikron shtamm inson immunitet koronavirus himoya
“Omikron” pandemiyani tugatishi mumkin – virusolog
20:00 04.12.2021 (yangilandi: 20:45 04.12.2021) Yangi shtamm inson organizmida yengil kechadi va ushbu shtamm orqali orttirilgan immunitet koronavirusning boshqa shtammlaridan himoya qilishi mumkin
TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Koronavirusning yangi shtammi - “omikron” pandemiyani tugatishi mumkin, deb hisoblaydi Gamaleya nomidagi Immunologiya markazi virusolog professori Anatoliy Altshteyn,
Sputnik radiosiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, omikron-shtamm aniqlanganiga yaqinda bir oy bo‘ladi, lekin o‘tgan vaqt ichida omikron-shtammi yuqqan bemorlarning birortasida kasallik og‘ir kechgani yoki o‘lim holatlari bo‘lgani kuzatilmagan. Lekin shu bilan birga ushbu shtamm o‘ta yuqumliligi aniqlangan.
“Omikron odamlarga yuqadi, biz yengil ko‘rinishdagi kasallarni ko‘ramiz va shundan so‘ng hech qanday koronavirus bizga xavfli bo‘lmaydi”, - dedi Altshteyn.
Masalan, JARda u bir oydan kam vaqt ichida koronavirusning delta va boshqa shtammlarini siqib chiqarib yuborgan va so‘nggi kunlarda aniqlanayotgan holalatlarning aksariyati omikron-shtammga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘ta yuqumlilik - yangi virus xususiyatlaridan biri. Uning S-oqsilida mutatsiyalar juda ko‘pligi bilan izohlanadi. Ya’ni virusning genomi barqaror bo‘lmasa, kasallik og‘ir oqibatlarga olib kelmaydi.
Koronavirusdan o‘lim holatlari soni grippning o‘lim holatlari soniga tenglashganda pandemiya tugagani haqida xulosa qilish mumkin, dedi virusolog.
"Hozircha virus yoshik katta kishilarga yetib bormagan, lekin dastlabki xulosalarga ko‘ra "omikron" o‘z oqibatlariga ko‘ra, unchalik qo‘rqinchli virus emas", — deb qo‘shimcha qildi shifokor.
Eslatib o‘tamiz, koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammi ilk bor Botsvanada 11-noyabr kuni aniqlangan edi. Shundan so‘ng JAR, Gonkong va boshqa davlatlarga tarqaldi. Bugungi kunda omikron 27ta davlat hududida aniqlangan.
Uning asosiy xususiyati – o‘ta yuqumli va insonning kasal bo‘lib tuzalish va vaksinalash orqali orttirgan immunitetini chaplab o‘ta oladi. JSST yangi shtammni “xavotirli” deb tan olib unga grek alfavitining 15 harfi – “omikron” nomini bergan edi.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko vaksina COVID-19dan himoya qilishning eng yaxshi yo‘li – vaksina olish bo‘lib qolayotganinima’lum qilgan edi. Darhaqiqat vaksina olgan kishi koronavirusga chalinsa-da uning og‘ir oqibatlariga chalinmaydi, kasallik yengil kechadi. Rossiyada vaksina olganlar orasida kasallanganlar soni 0,03 foizdan oshmaydi.