Vladimir Putin Hindistonga boradi

© Sputnik / Mixail Metsel/TASS/POOLOfitsialniy vizit prezidenta RF V. Putina v Indiyu. Den vtoroy
Ofitsialniy vizit prezidenta RF V. Putina v Indiyu. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining uchrashuvi yakunida 10ga yaqin shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 6-dekabr kuni Hindistonga tashrif buyuradi. Bu haqida Rossiyaning Nyu-Delidagi elsichi Nikolay Kudashev xabar qildi.
"Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining uchrashuvi yakunida keng ko‘lamli muhim siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘shma bayonoti e’lon qilinadi", - dedi elchi jurnalistlarga.
Kudashev aytishig ko‘ra, ayni damda ushbu uchrashuvda imzolanishi rejalashtirilayotgan hujjatlar to‘plami tayyorlanmoqda. Ularning tarkibiga jumladan Rossiya va Hindistonning BMT doirasida hamkorligi, BMTni isloh qilish boraisdagi bayonotlari, xalqaro va hududiy mojarolarni hal qilish borasidagi bayonotlar kiritilgan.
Shuningdek Vladimir Putin va Narendra Modi ko‘p qirrali dunyo, strategik barqarorlikni saqlab qolish, yangi xavf va chaqiriqlarga qarshi birgalikda ishlash hamda BRIKS, ShHT, RIK, G20 kabi tashkilotlar doirasida birgalikda ishlashmasalalari ko‘rib chiqiladi, dedi elchi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Hindiston yetakchilari so‘nggi bor 2019-yilning noyabr oyida BRIKS sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0