Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda migrantlar qanday muammolarga duch kelmoqda?

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishRabochiy na stroyke
Rabochiy na stroyke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2021
Obuna bo‘lish
YeIK vakili YeOIIda migrantlar duch kelayotgan muammoli masalalar ma’lum qildi.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi (YeIK) Mehnat migratsiyasi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish departamenti rahbari Oltinay Omurbekova Moskva vitse-meri Andrey Bochkarevning Moskva hukumati kelajakda xorijiy ishchi kuchidan voz kechish niyati borligi haqidagi bayonoti yuzasidan izoh berdi.
Rabochiy na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2021
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lsa, migrantlar qanday imtiyozlarga ega bo‘ladi – ro‘yxat
“Balki vitse-mer qurilishni texnologiyalar va avtomatlashtirishni joriy etish natijasida ishchilar soni qisqarishini nazarda tutgandir”, - deb taklif qildi Oltinay Omurbekova.
O‘z navbatida, u Mehnat migratsiyasi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish departamenti YeOII mamlakatlarida yagona mehnat bozorini yaratishga, ishchilarni tashkillashtirilgan tartibda jalb qilishga maksimal darajada hissa qo‘shadi va ularning mamlakatlarda bo‘lishlari uchun qulay sharoit yaratishga yordam beradi.
2020 yildagi cheklov choralariga qaramay, bugungi kunda mehnat migratsiyasi oqimi nafaqat tiklandi, balki o‘sdi: 2020-yildagi ko‘rsatkichlardan 3 baravar oshdi. Hattoki, pandemiyadan oldingi davr bilan solishtirganda ham u ikki baravar faolroq bo‘ldi, dedi Oltinay Omurbekova.
Djamshid Kuchkarov na Vtorom Yevraziyskom kongresse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2021
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston va YeOII: Qo‘chqorov hamkorlikning eng ustuvor yo‘nalishlari haqida
Bundan tashqari, 29-dekabr kuni "Chet el fuqarolari to‘g‘risida"gi Rossiya qonuniga yangi tuzatishlar kuchga kiradi. Endi migrantlar Rossiyaga kirgan kundan boshlab 30 kun ichida to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, jumladan barmoq izlari, qonda psixotrop va giyohvand moddalar bor-yo‘qligini aniqlash bo‘yicha testlardan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Departament boshlig‘i bugungi kunda YeOIIda migrantlar duch kelayotgan muammoli masalalar haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng dolzarb muammolar bu:
Ro‘yxatdan o‘tish. Qonunga ko‘ra, chet eldan kelganlar 30 kun ichida migratsiya ro‘yxatidan o‘tishlari kerak. Biroq migrantlarga uy-joy ijaraga berayotganlar har doim ham ularni ro‘yxatdan o‘tkazishni istashmaydi. Bundan yana bir muammo yuzaga keladi – mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzganliklari uchun ma’muriy javobgarlik, bu esa davlatdan chiqarib yuborish chorasini qo‘llashga sabab bo‘lishi mumkin.
Majburiy tibbiy sug‘urtadan foydalanish masalasi ham dolzarb. YeOIIga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarda majburiy tibbiy yordam tizimiga ega emas – masalan, Armaniston uni faqat 2023-yilda joriy qiladi.
Mehnat migratsiyasi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish departamenti yuqoridagi barcha masalalarni hal qilish ustida ishlamoqda, dedi Omurbekova.
Yangiliklar lentasi
0