Oʻzbekiston va YEOII: Qoʻchqorov hamkorlikning eng ustuvor yoʻnalishlari haqida
16:20 02.12.2021 (yangilandi: 16:21 02.12.2021)
Djamshid Kuchkarov na Vtorom Yevraziyskom kongresse

Yevroosiyo Kongressida bosh vaziri oʻrinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov nutq soʻzladi.
TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Moskvada Ikkinchi Yevroosiyo Kongressi boʻlib oʻtmoqda. Yalpi majlisda hukumat, biznes va ilm-fan vakillari Yevroosiyo mintaqasini qanday rivojlantirish haqida fikr almashishmoqda.
Forumda Oʻzbekiston nomidan respublika bosh vaziri oʻrinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov ishtirok etmoqda.
Muhokama chogʻida Yevroosiyo taraqqiyot banki raisi Nikolay Podguzov Oʻzbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga aʼzo boʻlish uchun ariza berganini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, masala bank aktsiyadorlari bilan kelishilmoqda.
Bankimiz 2011 yildan beri ilk bor Oʻzbekistondek obroʻli va qudratli aktsiyador hisobiga kengayishni kutmoqda.
Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari respublika va YEOII oʻrtasidagi hamkorlikning eng ustuvor yoʻnalishlarini maʼlum qildi:
Transport infratuzilmasi. Oʻzbekiston toʻgʻridan-toʻgʻri dengizga chiqish imkoniyati yoʻqligi sababli bu boradagi hamkorlik katta qiziqish uygʻotadi;
Suv resurslari. Respublika suv manbalariga ega boʻlgan qoʻshnilar bilan yaxshi munosabatlarga ega. Respublika boshqa sohalar qatori energetika sohasida ham hamkorlik qilmoqchi;
Sanoat kooperatsiyasi. Oʻzbekiston sanoat kooperatsiyasi toʻgʻrisidagi bitimni tayyorlash taklifi bilan chiqdi. Hujjat loyihasi allaqachon tayyor;
Moliyaviy sektor. Oʻzbekiston oʻzining moliyaviy xizmatlari bozorini ochmoqda – masalan, mamlakatda Qozogʻiston banki faoliyat yuritmoqda va ikkita davlat bankini Rossiya banklariga sotish muhokama qilinmoqda;
Mehnat resurslari. Bu Oʻzbekiston uchun juda muhim. Bosh vazir oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston YEOII bilan hamkorlik qilish tarafdori, qoʻshni davlatlar bilan tovar ayirboshlash hajmi oshib bormoqda.
2020 yilda respublika iqtisodiyoti 1,7 %ga oʻsdi. Bu yil Xalqaro valyuta jamgʻarmasioʻsishni 6,1% deb baholamoqda, ammo biz bu 6,5% dan oshadi, deb oʻylaymiz