Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston YeOII kuzatuvchi-davlat maqomidan keng foydalanmoqda - Mishustin

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishPredsedatel pravitelstva RF M. Mishustin prinyal uchastie v rabote II Yevraziyskogo kongressa
Predsedatel pravitelstva RF M. Mishustin prinyal uchastie v rabote II Yevraziyskogo kongressa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2021
Obuna bo‘lish
Mishustin YeOII bilan hamkorlik qilishdan O‘zbekiston uchun foydani baholadi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ning a’zolari va sheriklari uchun salohiyatni baholadi.
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinyal uchastie v rabote sovmestnoy komissii Rossii i Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2021
O‘zbekiston va YeOII
Aripov va Mishustin O‘zbekiston va YeOII o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi
YeOII xalqaro maydonda o‘z nufuzini faol oshirmoqda. Tashkilot hamkorlarga taklif qiladigan narsasi bor. Iqtisodiy birlashmaning umumiy salohiyati keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilish imkonini beradi, - dedi bosh vazir.
“Vyetnam, Eron, Singapur, Serbiya bilan oltita erkin savdo to‘g‘risida kelishuvimiz va Xitoy bilan ikkita shartnomamiz bor”, - dedi Mishustin II Yevroosiyo kongressida.
Ayni vaqtda Misr, Isroil va Hindiston bilan savdoni erkinlashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Mishustin YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini olgan O‘zbekiston haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
“O‘zbekiston va Kuba kuzatuvchi-davlat maqomlaridan keng foydalanmoqda. Ular Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan o‘zaro hamkorlikni sezilarli darajada faollashtirdi va savdo-iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar oldi”, - deb qo‘shimcha qildi Rossiya bosh vaziri.
Bularning barchasi YeOIIga o‘sish va rivojlanish uchun qo‘shimcha istiqbollarni beradi.
Flagi stran YeAES. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
O‘zbekiston va YeOII
YeOII yetakchilari yig‘ilishi 10-dekabrda o‘tkazilishi mumkin
Bosh vazir yil yakunlari haqida gapirar ekan, ittifoq uchun yil yaxshi ko‘rsatkichlar bilan yakunlanayotganini alohida ta’kidladi.
"”Beshlik” davlatlar koronavirus tarqalishi oqibatlarini yengib o‘tmoqda. Biz yilni pandemiyadan oldingi darajadan oshgan yaxshi ko‘rsatkichlar bilan yakunlamoqdamiz. Yevroosiyo taraqqiyot banki hisob-kitobiga ko‘ra, joriy yilda YeOII yalpi ichki mahsuloti 4 foizga o‘sadi”, - dedi Mishustin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, integratsiya jarayonlarida erishilgan tempni saqlab qolish va yangi muvaffaqiyatlarga erishish uchun muvofiqlashtirilgan harakatlar zarur.
"Tovarlar, xizmatlar, investitsiyalar va ishchi kuchi harakati yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish orqali biz turli sohalarda qo‘shma tashabbuslar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqdamiz", - deb ta’kidladi Mishustin.
Ayni vaqtda YeOII a’zolari - Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Armaniston. Kuzatuvchi-davlatlar – O‘zbekiston, Moldova, Kuba.
O‘zbekiston barcha ochiq tadbirlarda va muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega, bu esa bu ittifoqqa keyingi integratsiya to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilishga imkon beradi.
Yangiliklar lentasi
0