Omikron shtammi aholisi 1,3 milliarddan ziyod Hindistonda aniqlandi

© AFP 2023 / LIONEL BONAVENTUREOmikron-shtamm koronavirusa
Omikron-shtamm koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2021
Obuna bo‘lish
Hindistonning Karnataka shtatida koronavirusning ilk omikron shtammi bilan kasallanish holatlari qayd etildi.
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Hindistonda koronavirusning omikron shtammi bilan kasallangan ikki kishi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Lav Agarval ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
“Hozir mamlakatda omikron shtammining ikkita holati aniqlangan. Har ikkita kasallanish holati Karnataka shtatida qayd etilgan”, - degan u brifing davomida.
Bu Hindistonda omikronning ilk holatlari. Kasallanganlar 66 va 64 yoshdagi erkaklar ekani aytilmoqda.
Novogodnie igrushki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2021
O‘zbekistonda yangi yil bayramini oila davrasida nishonlash tavsiya etildi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston koronavirusning omikron shtammi tufayli 3-dekabrdan 2022-yil 10-yanvarga qadar qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni to‘xtatadi. Shuningdek, O‘zbekistonga 11 ta davlatdan keluvchilar majburiy karantinga olinadi.
Yangiliklar lentasi
0