https://oz.sputniknews.uz/20211130/otabekov-omikron-shtammi-ikkinchi-va-uchinchi-mamlakatlar-orqali-kirib-kelishi-mumkin-21575797.html
Otabekov: omikron shtamm ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali kirib kelishi mumkin
Otabekov: omikron shtamm ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali kirib kelishi mumkin
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov bu shtamm ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali Oʻzbekiston hududiga kirib kelishi mumkinlini aytdi.
2021-11-30T10:08+0500
2021-11-30T10:08+0500
2021-11-30T10:19+0500
jamiyat
oʻzbekiston
covid-19 umumjahon pandemiyasi
nurmat otabekov
omikron shtammi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/17/17905720_65:586:2664:2048_1920x0_80_0_0_f6172658da533d7636e291dedbe54c1e.jpg
TOSHKENT, 30 noya – Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov dunyoda koronavirusning omikron shtammi tarqalishi yuzasidan fikr bildirdi.Otabekovning soʻzlariga koʻra, viruslar oddiy, hujayrasiz organizmlar. Ularda oʻzgaruvchanlik yuzaga kelishi tabiiy hol. Masalan, hozirgacha koronavirusning qoʻzgʻatuvchisi, yaʼni SARS-CoV-2ning 7 mingdan ziyod mutatsiyaga uchragan shtammlari aniqlagan. Omikron ham shulardan biri.Mutaxassis ushbu yangi shtamm uchun alohida protokol ishlab chiqish masalasini vaqt koʻrsatishini qayd etdi.“Shunga qaramay, mavjud diagnostika, davolash va profilaktika imkoniyatlaridan samarali foydalanish bu virus turiga qarshi ham natija beradi deb hisoblayman”, - deydi u.Sanitariya-epidemiologik xizmati oʻrinbosari karantin bilan bogʻliq profilaktik choralar bekor qilinmaganini eslatgan. Otabekov odamlar tibbiy niqob taqish, ijtimioy masofa saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi oddiy qoidalarga ham yetarlicha amal qilmay qoʻyganidan afsus bildirgan.“Yangi shtammning yurtimizga kirib kelishi va aholi oʻrtasida tarqalishining oldini olishda shunday profilaktik chora-tadbirlar juda muhim hisoblanadi. Eng asosiysi, jamoaviy immunitetni shakllantirish, yaʼni ommaviy emlanish koʻrsatkichlarini oshirish orqali ham epidemiologik vaziyatni barqaror saqlab turish mumkin”, - deya taʼkidladi Otabekov.Chunki vaktsinalar SARS-CoV-2ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi. Hatto yangi shtammni yuqtirib olgan holatda ham barcha dozada emlanganlarda kasallik yengil va jiddiy asoratlarsiz oʻtadi.“Yurtimizga koronavirusning turli shtammlari har safar xorijdan qaytgan fuqarolarimiz orqali kirib kelganini hisobga olsak, ayni kunlarda kasallik tarqalayotgan mamlakatlarga zarurat boʻlmasa, vaqtincha bormaslikni tavsiya qilamiz”, - deya xulosa qildi Koronavirusga qarshi kurashish shtab aʼzosi.
https://oz.sputniknews.uz/20211129/koronavirusning-yangi-shtammi-tufayli-davlatlar-yana-chegaralarini-yopmoqda-21564161.html
https://oz.sputniknews.uz/20211128/koronavirusning-omikron-shtammi-belgilari-malum-qilindi-21560876.html
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/17/17905720_406:582:2357:2045_1920x0_80_0_0_f29b6dc55ec85e9b5f3dab397510a94b.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston omikron shtamm nurmat otabekov oʻzbekistonda omikron shtamm aniqlanganmi
oʻzbekiston omikron shtamm nurmat otabekov oʻzbekistonda omikron shtamm aniqlanganmi
Otabekov: omikron shtamm ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali kirib kelishi mumkin
10:08 30.11.2021 (yangilandi: 10:19 30.11.2021) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Oʻzbekistonga koronavirusning omikron shtammi kirib kelishini istisno qilmadi.
TOSHKENT, 30 noya – Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov dunyoda koronavirusning omikron shtammi tarqalishi yuzasidan fikr bildirdi.
Otabekovning soʻzlariga koʻra, viruslar oddiy, hujayrasiz organizmlar. Ularda oʻzgaruvchanlik yuzaga kelishi tabiiy hol. Masalan, hozirgacha koronavirusning qoʻzgʻatuvchisi, yaʼni SARS-CoV-2ning 7 mingdan ziyod mutatsiyaga uchragan shtammlari aniqlagan. Omikron ham shulardan biri.
“Biz yangi shtammning tarqalish oʻchogʻi boʻlgan Janubiy Afrika davlatlari bilan bevosita aviatsiya aloqalari oʻrnatmagan boʻlsak-da, ushbu kasallik ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali Oʻzbekiston hududiga kirib kelishi ehtimoli yoʻq emas”, -
dedi Nurmat Otabekov.
Mutaxassis ushbu yangi shtamm uchun alohida protokol ishlab chiqish masalasini vaqt koʻrsatishini qayd etdi.
“Shunga qaramay, mavjud diagnostika, davolash va profilaktika imkoniyatlaridan samarali foydalanish bu virus turiga qarshi ham natija beradi deb hisoblayman”, - deydi u.
Sanitariya-epidemiologik xizmati oʻrinbosari karantin bilan bogʻliq profilaktik choralar bekor qilinmaganini eslatgan. Otabekov odamlar tibbiy niqob taqish, ijtimioy masofa saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi oddiy qoidalarga ham yetarlicha amal qilmay qoʻyganidan afsus bildirgan.
“Yangi shtammning yurtimizga kirib kelishi va aholi oʻrtasida tarqalishining oldini olishda shunday profilaktik chora-tadbirlar juda muhim hisoblanadi. Eng asosiysi, jamoaviy immunitetni shakllantirish, yaʼni ommaviy emlanish koʻrsatkichlarini oshirish orqali ham epidemiologik vaziyatni barqaror saqlab turish mumkin”, - deya taʼkidladi Otabekov.
Chunki vaktsinalar SARS-CoV-2ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi. Hatto yangi shtammni yuqtirib olgan holatda ham barcha dozada emlanganlarda kasallik yengil va jiddiy asoratlarsiz oʻtadi.
“Yurtimizga koronavirusning turli shtammlari har safar xorijdan qaytgan fuqarolarimiz orqali kirib kelganini hisobga olsak, ayni kunlarda kasallik tarqalayotgan mamlakatlarga zarurat boʻlmasa, vaqtincha bormaslikni tavsiya qilamiz”, - deya xulosa qildi Koronavirusga qarshi kurashish shtab aʼzosi.