https://oz.sputniknews.uz/20211129/koronavirusning-yangi-shtammi-tufayli-davlatlar-yana-chegaralarini-yopmoqda-21564161.html
Koronavirusning yangi shtammi tufayli davlatlar yana chegaralarini yopmoqda
Koronavirusning yangi shtammi tufayli davlatlar yana chegaralarini yopmoqda
Sputnik O‘zbekiston
"Omicron" shtammi OITSga chalingan kishida mutatsiyaga oqibatida paydo bo‘lgan va "delta" shtammidan ham yuqumliroqdir.
2021-11-29T11:54+0500
2021-11-29T11:54+0500
2021-11-29T11:54+0500
dunyoda
covid-19 umumjahon pandemiyasi
jsst
koronavirusning “britancha” shtammi alomatlari
omikron shtammi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Koronavirusning Afrika davlatlari va Gonkongda aniqlangan yangi "Omikron" shtammi xavfi tufayli ko‘plab mamlakatlar chet el fuqarolarining o‘z hududiga kirishiga turli cheklov kiritmoqda.Shuningdek, Germaniya, Singapur, Bahrayn, Italiya, Marokash, Fransiya, Avstriya, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Shveysariya, Turkiya, Kanada, AQSh, BAA, Misr, Argentina, Braziliya, Avstraliya kabi davlatlar ham bordi-keldida, aeroportlarda turli cheklovlar joriy qildi.Ma’lumot uchun, JSST o‘tgan haftada Janubiy Afrika Respublikasi, Botssvana va Gonkongda aniqlangan koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammiga "omicron" deb nom berildi.Dastlabki xulosalarga ko‘ra, "omicron" juda ko‘p mutatsiyalarni o‘z ichiga olgan va "delta" shtammidan ham ko‘ra yuqumliroqdir. Olimlar qayd etishiga ko‘ra, koronavirusing ushbu shtammi OITSga chalingan kishida mutatsiyaga oqibatida paydo bo‘lgan. Eng yomoni, yangi versiya allaqachon Afrikadan boshqa qit’alarga o‘tib ulgurgan. Hafta so‘ngida ushbu shtamm Belgiya, Germaniya, Italiya, Niderlan, Buyuk Britaniya, Chexiya, Daniya singari qator davlatlarda ham aniqlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20211126/jsst-yangi-topilgan-covid-19-shtammi-yuzasidan-favqulodda-majlis-chaqirdi-21533649.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
"omicron" shtammi
Koronavirusning yangi shtammi tufayli davlatlar yana chegaralarini yopmoqda
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, "Omicron" shtammi OITSga chalingan kishida mutatsiyaga oqibatida paydo bo‘lgan va "delta" shtammidan ham yuqumliroqdir.
TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Koronavirusning Afrika davlatlari va Gonkongda aniqlangan yangi "Omikron" shtammi xavfi tufayli ko‘plab mamlakatlar chet el fuqarolarining o‘z hududiga kirishiga turli cheklov kiritmoqda.
Rossiya esa 28-noyabrdan Afrikaning qator mamlakatlari, qolaversa, Gonkongdan chet elliklarning o‘z hududiga kirishini cheklab qo‘ydi.
Isroil hukumati o‘z chegaralarini 14 kunga yopib qo‘yishini e’lon qilgan bo‘lsa, Quvayt 9 davlat bilan aviaqatnovni to‘xtatdi. Marokash ham bu safga qo‘shildi.
Britaniyada istalgan xorijiy davlatdan kelgan kishi PZR testini topshirishi va salbiy natija olinmaguncha o‘zini izolyatsiya qilishi shart. Shuningdek, hukumat jamoat joylarida yana niqob taqishni joriy etadi. Bu yerda vaksina olganidan buyon 6 oydan ko‘p vaqt o‘tgan va 40 yoshdan oshgan aholi vakillariga qayta emlanish tavsiya qilinishi ham aytilmoqda.
Chexiya, Niderland va Buyuk Britaniya va Malavidan kelgan sayohatchilarga cheklovlar joriy qildi.
Yaponiya esa 30-noyabrdan mamlakatni xorijliklar uchun yopadi.
Shuningdek, Germaniya, Singapur, Bahrayn, Italiya, Marokash, Fransiya, Avstriya, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Shveysariya, Turkiya, Kanada, AQSh, BAA, Misr, Argentina, Braziliya, Avstraliya kabi davlatlar ham bordi-keldida, aeroportlarda turli cheklovlar joriy qildi.
Ma’lumot uchun, JSST o‘tgan haftada Janubiy Afrika Respublikasi, Botssvana va Gonkongda aniqlangan koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammiga "omicron" deb nom berildi.
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, "omicron" juda ko‘p mutatsiyalarni o‘z ichiga olgan va "delta" shtammidan ham ko‘ra yuqumliroqdir. Olimlar qayd etishiga ko‘ra, koronavirusing ushbu shtammi OITSga chalingan kishida mutatsiyaga oqibatida paydo bo‘lgan. Eng yomoni, yangi versiya allaqachon Afrikadan boshqa qit’alarga o‘tib ulgurgan. Hafta so‘ngida ushbu shtamm Belgiya, Germaniya, Italiya, Niderlan, Buyuk Britaniya, Chexiya, Daniya singari qator davlatlarda ham aniqlandi.