https://oz.sputniknews.uz/20211126/jsst-yangi-topilgan-covid-19-shtammi-yuzasidan-favqulodda-majlis-chaqirdi-21533649.html
JSST koronavirusning yangi shtammi tufayli favqulodda majlis chaqirdi
JSST koronavirusning yangi shtammi tufayli favqulodda majlis chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti juma kuni Janubiy Afrikada topilgan koronavirusning yangi shtammi borasida favqulodda majlis chaqirdi. Bu haqida tashkilot vakili Mariya Van Kerkxove ma’lum qildi.
2021-11-26T11:55+0500
2021-11-26T11:55+0500
2021-11-26T11:57+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
jsst
koronavirusning “britancha” shtammi alomatlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1f/18054723_0:0:3067:1725_1920x0_80_0_0_df1b255ff63981590b46c483cbe1e644.jpg
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti juma kuni Janubiy Afrikada topilgan koronavirusning yangi shtammi borasida favqulodda majlis chaqirdi. Bu haqida tashkilot vakili Mariya Van Kerkxove ma’lum qildi. "Biz hozircha yangi shtamm haqida yetarli ma’lumotga ega emasmiz. Hozircha uning 100dan kam genetik ketma-ketligi aniqlangan xolos. Lekin biz aniq bilamizki ushbu virusning mutatsiyalari juda ko‘p", - dedi Van Kerkxove.JSST vakili xabar qilishiga ko‘ra, ekspertlar guruhi virusning ushbu evolyutsiyasini o‘rganib chiqadi va u qanday xavflar keltirib chiqarishi mumkinligini aniqlaydi. Agar aniqlangan natijalar biror xatar uyg‘otgan taqdirda uni grek alifbosining harfi bilan atashadi. Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Isroil va Buyuk Britaniya virusning yangi shtammi tufayli Janubiy Afrika va Botsvanadan parvozlarni qabul qilishni to‘xtatganini ma’lum qilgan edi. Ma’lumot uchun, bugungi kunda butun dunyoda zaralangan kishilar soni 258 milliondan oshib ketdi. Ulardan 5 millionidan ortig‘i vafot etdi. Bugungi kunda pandemiya bilan bog‘liq eng og‘ir vaziyat AQSh, Hindiston, Braziliya va Buyuk Britaniyada. Rossiya ushbu ro‘yxatda beshinchi o‘rinda.
https://oz.sputniknews.uz/20211125/yaponiyada-delta-shtamm-oz-ozidan-yoqoldi-olimlar-buning-sirini-organmoqda-21519724.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1f/18054723_186:0:2915:2047_1920x0_80_0_0_21765bb0f800b4b32ac0cdd50c9714e3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jsst yangi shtamm jar botsvana
jsst yangi shtamm jar botsvana
JSST koronavirusning yangi shtammi tufayli favqulodda majlis chaqirdi
11:55 26.11.2021 (yangilandi: 11:57 26.11.2021) Isroil va Buyuk Britaniya virusning yangi shtammi tufayli Janubiy Afrika va Botsvanadan parvozlarni qabul qilishni to‘xtatdi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti juma kuni Janubiy Afrikada topilgan koronavirusning yangi shtammi borasida favqulodda majlis chaqirdi. Bu haqida tashkilot vakili Mariya Van Kerkxove ma’lum qildi.
COVID-19ning JAR, Botsvana va Gonkongda aniqlangan yangi B.1.1.529. shtammi o‘nlab mutatsiyalarga ega bo‘lib, ularning ayrimlari mavjud vaksinalarga nisbatan immunitetga ega ekanligigi aniqlangan.
"Biz hozircha yangi shtamm haqida yetarli ma’lumotga ega emasmiz. Hozircha uning 100dan kam genetik ketma-ketligi aniqlangan xolos. Lekin biz aniq bilamizki ushbu virusning mutatsiyalari juda ko‘p", - dedi Van Kerkxove.
JSST vakili xabar qilishiga ko‘ra, ekspertlar guruhi virusning ushbu evolyutsiyasini o‘rganib chiqadi va u qanday xavflar keltirib chiqarishi mumkinligini aniqlaydi. Agar aniqlangan natijalar biror xatar uyg‘otgan taqdirda uni grek alifbosining harfi bilan atashadi.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Isroil va Buyuk Britaniya virusning yangi shtammi tufayli Janubiy Afrika va Botsvanadan parvozlarni qabul qilishni to‘xtatganini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda butun dunyoda zaralangan kishilar soni 258 milliondan oshib ketdi. Ulardan 5 millionidan ortig‘i vafot etdi. Bugungi kunda pandemiya bilan bog‘liq eng og‘ir vaziyat AQSh, Hindiston, Braziliya va Buyuk Britaniyada. Rossiya ushbu ro‘yxatda beshinchi o‘rinda.