https://oz.sputniknews.uz/20211128/yakka-tartibdagi-tadbirkorlarga-5-nafargacha-xodim-yollashga-ruxsat-berildi-21557659.html
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha xodim yollashga ruxsat berildi
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha xodim yollashga ruxsat berildi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat qarori bilan endilikda YaTTlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin, ilgari ular soni 3 nafargacha edi.
2021-11-28T15:27+0500
2021-11-28T15:27+0500
2021-11-28T15:27+0500
jamiyat
yakka tartibdagi tadbirkorlar (yatt)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/08/19148645_0:0:3589:2019_1920x0_80_0_0_a7c764da56dfdfe636ea3f0f553c957e.jpg
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekistonda endi yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin. Bu Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilab qo‘yildi.Nizomga muvofiq, YaTT bank hisobvarag‘i ochganidan so‘ng xodim yollash huquqiga ega bo‘ladi. YaTT xodimni yollashda yozma mehnat shartnomasi tuzadi, ular tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmaydi.YaTT xodimini soliqda hisobga qo‘yish uchun arizani shartnoma tuzgan vaqtdan 3 ish kunidan kechikmay soliq organiga beradi. Soliq organi 1 ish kunida xodimning hisobga qo‘yilganiga oid kartochkani taqdim qiladi. YaTTlar xodim uchun daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘laydi.YaTT faoliyati vaqtinchalik yoki butunlay to‘xtatilsa soliq organiga yuborgan xabarnomasi asosida soliq hisoblanishi to‘xtatiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20211026/yattlar-uchun-ijtimoiy-soliq-ikki-baravar-kamaytiriladi--yangi-qonun-21089871.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/08/19148645_475:0:3167:2019_1920x0_80_0_0_3761fd7aedaf49209e5e8cc931c03fe2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yakka tartibdagi tadbirkorlar yatt xodim yollash
yakka tartibdagi tadbirkorlar yatt xodim yollash
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha xodim yollashga ruxsat berildi
Hukumat qarori bilan endilikda YaTTlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin, ilgari ular soni 3 nafargacha edi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekistonda endi yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin. Bu Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilab qo‘yildi.
Endi yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin (ilgari 1-3 nafar edi).
Nizomga
muvofiq, YaTT bank hisobvarag‘i ochganidan so‘ng xodim yollash huquqiga ega bo‘ladi. YaTT xodimni yollashda yozma mehnat shartnomasi tuzadi, ular tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmaydi.
YaTT xodimini soliqda hisobga qo‘yish uchun arizani shartnoma tuzgan vaqtdan 3 ish kunidan kechikmay soliq organiga beradi. Soliq organi 1 ish kunida xodimning hisobga qo‘yilganiga oid kartochkani taqdim qiladi. YaTTlar xodim uchun daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘laydi.
YaTT faoliyati vaqtinchalik yoki butunlay to‘xtatilsa soliq organiga yuborgan xabarnomasi asosida soliq hisoblanishi to‘xtatiladi.