https://oz.sputniknews.uz/20211026/yattlar-uchun-ijtimoiy-soliq-ikki-baravar-kamaytiriladi--yangi-qonun-21089871.html
YaTTlar uchun ijtimoiy soliq ikki baravar kamaytiriladi – yangi qonun
YaTTlar uchun ijtimoiy soliq ikki baravar kamaytiriladi – yangi qonun
Sputnik O‘zbekiston
Kelgusi yilning yanvaridan YaTTlar va talabalarga uyini ijaraga bergan jismoniy shaxslar uchun soliqlar kamaytiriladi. 26.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-26T10:30+0500
2021-10-26T10:30+0500
2021-10-26T10:30+0500
iqtisod
talabalar
ijara
tadbirkor
qqs
soliq
davlat soliq qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/10/20513630_0:610:1300:1341_1920x0_80_0_0_6d7c820815405087a4b16728446f5be7.jpg
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Kelgusi yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muhim o‘zgarishlar kirtish rejalashtirilmoqda. Bu muhokamaga chiqarilgan yangi qonun loyihasida aytib o‘tilgan.Xususan, viloyatlarda faoliyat yuritayotgan YaTTlar uchun ijtimoiy soliqni BHMning 50% miqdorida belgilash rejalashtirilgan. Buning uchun Soliq kodeksining 483-moddasiga quyidagi o‘zgartirishni kiritish taklif etilmoqda:Ikkinchidan, Soliq kodeksining 378-moddasini (soliq solinmaydigan daromadlar) yana bir band bilan to‘ldirish rejalashtirilgan. Ya’ni, jismoniy shaxslar o‘z uylarida talabalarni ijaraga qo‘yishi natijasida olingan daromad soliqdan ozod qilinadi. Bu kelajakda talabalar uchun ijara narxini pasaytirishga xizmat qilishi mumkin.Uchinchidan, korxonalarga QQS solig‘ini to‘lashga doir yengillik kiritish taklif etilmoqda. Xususan, moliyaviy davr yakunida yetmay qolgan QQS uchun soliq organiga alohida murojaat qilish amaliyoti bekor qilinadi. QQSni qoplash uchun hisobot va ogohlantirish jo‘natish yetarli bo‘ladi.To‘rtinchidan, yer qa’ridan noruda foydali qazilmalar qazib oluvchi kompaniyalar qazib olgan qazilma hajmini yashirishi – soliqni yashirishga tenglashtiriladi. Ya’ni bunday korxonalar ustidan nazorat kuchaytiriladi.O‘Zbekiston Respbulikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasi 9-noyabrga qadar muhokamada bo‘ladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/10/20513630_14:662:1178:1535_1920x0_80_0_0_c89982f4203830c8e323c5bf94d4a5d2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, talabalar, ijara, tadbirkor, qqs, soliq, davlat soliq qo‘mitasi
iqtisod, talabalar, ijara, tadbirkor, qqs, soliq, davlat soliq qo‘mitasi
YaTTlar uchun ijtimoiy soliq ikki baravar kamaytiriladi – yangi qonun
Kelgusi yilning yanvaridan YaTTlar va talabalarga uyini ijaraga bergan jismoniy shaxslar uchun soliqlar kamaytiriladi.
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Kelgusi yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muhim o‘zgarishlar kirtish rejalashtirilmoqda. Bu muhokamaga chiqarilgan yangi qonun
loyihasida aytib o‘tilgan.
Xususan, viloyatlarda faoliyat yuritayotgan YaTTlar uchun ijtimoiy soliqni BHMning 50% miqdorida belgilash rejalashtirilgan. Buning uchun Soliq kodeksining 483-moddasiga quyidagi o‘zgartirishni kiritish taklif etilmoqda:
“2022 yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida qo‘llaniladi.”.
Ikkinchidan, Soliq kodeksining 378-moddasini (soliq solinmaydigan daromadlar) yana bir band bilan to‘ldirish rejalashtirilgan. Ya’ni, jismoniy shaxslar o‘z uylarida talabalarni ijaraga qo‘yishi natijasida olingan daromad soliqdan ozod qilinadi. Bu kelajakda talabalar uchun ijara narxini pasaytirishga xizmat qilishi mumkin.
Uchinchidan, korxonalarga QQS solig‘ini to‘lashga doir yengillik kiritish taklif etilmoqda. Xususan, moliyaviy davr yakunida yetmay qolgan QQS uchun soliq organiga alohida murojaat qilish amaliyoti bekor qilinadi. QQSni qoplash uchun hisobot va ogohlantirish jo‘natish yetarli bo‘ladi.
To‘rtinchidan, yer qa’ridan noruda foydali qazilmalar qazib oluvchi kompaniyalar qazib olgan qazilma hajmini yashirishi – soliqni yashirishga tenglashtiriladi. Ya’ni bunday korxonalar ustidan nazorat kuchaytiriladi.
O‘Zbekiston Respbulikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasi 9-noyabrga qadar muhokamada bo‘ladi.