https://oz.sputniknews.uz/20211127/smolenskda-pasporti-olib-qoyilgan-va-maoshi-berilmagan-migrantlarga-yordam-korsatilmoqda-21546478.html
Smolenskda pasporti olib qoʻyilgan va maoshi berilmagan migrantlarga yordam berilmoqda
Smolenskda pasporti olib qoʻyilgan va maoshi berilmagan migrantlarga yordam berilmoqda
Smolenskda pasporti olib qoʻyilgan va maoshi berilmagan oʻzbekistonliklarga yordam koʻrsatilmoqda
2021-11-27T11:08+0500
2021-11-27T11:08+0500
2021-11-27T11:30+0500
migratsiya
migrantlar
pasport
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1b/21546372_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_a318d415603e2ff0b559c7c5c3dc607b.jpg
TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Smolensk viloyatida ish beruvchi tomonidan pasportlari olib qoʻyilgan migrantlarga yordam berildi, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.24 noyabr kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga Smolensk viloyati Vyazma shahrida joylashgan “Konstanta” MCHJda ishlayotgan bir guruh oʻzbekistonliklar ish beruvchi tomonidan ularning pasportlari olib qoʻyilgani, uch oydan buyon patent rasmiylashtirilmayotgani va oylik maoshlari kechiktirilayotgani haqida murojaat qildi.Maʼlum boʻlishicha, shu yil avgust-noyabr oylari davomida Qashqadaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan jami 234 nafar fuqaro ishga jalb qilingan. Vaqt oʻtishi bilan ish beruvchi va fuqarolar oʻrtasida ayrim ziddiyatlar yuzaga kelgan:- shartnomada ish vaqtlari soat hisobida hisoblanishi belgilangan, ammo ish hajmining tushib ketgani sababli ish beruvchi tomonidan oktyabr oyidan boshlab ish hajmiga oʻtkazilgan.- ish beruvchi tomonidan fuqarolarga transport, ish kiyimi, roʻyxatda turish, patent, tibbiy sugʻurta uchun qilingan xarajatlarning keyinchalik qaytarilishi masalasida ham tushunmovchilik kelib chiqqan.- ayrim fuqarolarning pasportlari roʻyxatda turish va patent rasmiylashtirish uchun olingan, ayrimlari esa uyidagi kamchiliklari sababli ishni boshlamasdan keyinchalik ishlab berish sharti bilan olingan 100 AQSH dollaridan 800 AQSH dollarigacha avans puli uchun kafolat sifatida oʻzlari ish beruvchiga pasportlarini topshirgan.- Oʻzbekistonda fuqarolar ish beruvchi bilan ular uchun qilingan xarajatlarini dastlabki 3 oyda qaytarishga kelishgani sababli fuqarolarga avans hisobida 47 ming rubl hamda shaxsiy extiyojlari uchun har hafta 1500 rubl mablagʻ berib kelingan.- faqatgina yotoqxonada tartibiga amal qilmaganlar, jumladan, spirtli ichimlik isteʼmol qilganlar jarimaga tortilgan, hatto umumiy qiymati 1,5 mln rubl boʻlgan 10 tonna baliq yaroqsiz holatga keltirilganda ham hech kim jarimaga tortilmagan.“Konstanta” MCHJ rahbari va fuqarolar oʻrtasida uchrashuv tashkil etilib, suhbat mazmuni tushuntirildi. Fuqarolarning pasportlari qaytarib berilib, 30 noyabr kuni ularning oylik maoshlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi vakillari ishtirokida toʻliq toʻlanishiga kelishildi.Korxonada boʻlib turgan har bir fuqaroning muammosiga yanada oydinlik kiritish va aniqlangan muammolarni ish beruvchi bilan bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi masʼullarining 27 noyabr kuni voqea joyiga yetib borishi rejalashtirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20211012/endi-nima-qilish-kerak-rossiya-150-ming-ozbekistonlikka-qoyilgan-zapretni-bekor-qildi-20872592.html
https://oz.sputniknews.uz/20211127/rossiyada-ishlash-uchun-ozbekistondan-5000-quruvchi-tanlab-olindi-21544059.html
https://oz.sputniknews.uz/20210917/samarada-ish-beruvchi-tomonidan-pasportlari-olib-qoyilgan-migrantlarga-yordam-berildi-20541398.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1b/21546372_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_3800ab544abec293a17578bce7047a4c.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
migrantlarga pasport maosh yordam
migrantlarga pasport maosh yordam
Smolenskda pasporti olib qoʻyilgan va maoshi berilmagan migrantlarga yordam berilmoqda
11:08 27.11.2021 (yangilandi: 11:30 27.11.2021) Smolensk viloyatida ish beruvchi tomonidan pasportlari olib qoʻyilgan migrantlarga yordam berildi
TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Smolensk viloyatida ish beruvchi tomonidan pasportlari olib qoʻyilgan migrantlarga yordam berildi, deb
xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.
24 noyabr kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga Smolensk viloyati Vyazma shahrida joylashgan “Konstanta” MCHJda ishlayotgan bir guruh oʻzbekistonliklar ish beruvchi tomonidan ularning pasportlari olib qoʻyilgani, uch oydan buyon patent rasmiylashtirilmayotgani va oylik maoshlari kechiktirilayotgani haqida murojaat qildi.
Maʼlum boʻlishicha, shu yil avgust-noyabr oylari davomida Qashqadaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan jami 234 nafar fuqaro ishga jalb qilingan. Vaqt oʻtishi bilan ish beruvchi va fuqarolar oʻrtasida ayrim ziddiyatlar yuzaga kelgan:
- shartnomada ish vaqtlari soat hisobida hisoblanishi belgilangan, ammo ish hajmining tushib ketgani sababli ish beruvchi tomonidan oktyabr oyidan boshlab ish hajmiga oʻtkazilgan.
- ish beruvchi tomonidan fuqarolarga transport, ish kiyimi, roʻyxatda turish, patent, tibbiy sugʻurta uchun qilingan xarajatlarning keyinchalik qaytarilishi masalasida ham tushunmovchilik kelib chiqqan.
- ayrim fuqarolarning pasportlari roʻyxatda turish va patent rasmiylashtirish uchun olingan, ayrimlari esa uyidagi kamchiliklari sababli ishni boshlamasdan keyinchalik ishlab berish sharti bilan olingan 100 AQSH dollaridan 800 AQSH dollarigacha avans puli uchun kafolat sifatida oʻzlari ish beruvchiga pasportlarini topshirgan.
- Oʻzbekistonda fuqarolar ish beruvchi bilan ular uchun qilingan xarajatlarini dastlabki 3 oyda qaytarishga kelishgani sababli fuqarolarga avans hisobida 47 ming rubl hamda shaxsiy extiyojlari uchun har hafta 1500 rubl mablagʻ berib kelingan.
- faqatgina yotoqxonada tartibiga amal qilmaganlar, jumladan, spirtli ichimlik isteʼmol qilganlar jarimaga tortilgan, hatto umumiy qiymati 1,5 mln rubl boʻlgan 10 tonna baliq yaroqsiz holatga keltirilganda ham hech kim jarimaga tortilmagan.
“Konstanta” MCHJ rahbari va fuqarolar oʻrtasida uchrashuv tashkil etilib, suhbat mazmuni tushuntirildi. Fuqarolarning pasportlari qaytarib berilib, 30 noyabr kuni ularning oylik maoshlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi vakillari ishtirokida toʻliq toʻlanishiga kelishildi.
Korxonada boʻlib turgan har bir fuqaroning muammosiga yanada oydinlik kiritish va aniqlangan muammolarni ish beruvchi bilan bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi masʼullarining 27 noyabr kuni voqea joyiga yetib borishi rejalashtirildi.