“Astana Motors” Jizzaxda “Hyundai” ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Mixail Kireyev / Mediabankka o‘tishHyundai Solaris
Hyundai Solaris - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2021
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston bosh vaziri Jizzaxda “Hyundai” avtomobillarini ishlab chiqarishni masalasini ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Qozog‘istonning “Astana Motors” kompaniyasi O‘zbekistonda “Hyundai” avtomobillarini ishlab chiqarishni masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin ikki mamlakat o‘rtasidagi III mintaqalararo forumida ma’lum qildi.
Yangi zavod erkin iqtisodiy zonasi yaratilgan Jizzaxda joylashishi kutilmoqda. U yerda allaqachon "Kia", "Renault", "LADA", "Volkswagen" va "Škoda" avtomobillarni yig‘ish korxonalari tashkil etilgan.
2018 yilda “Astana Motors” O‘zbekistonda “Hyundai” avtomobillarini sotishni tashkil etishga kelishib olgan edi. “Hyundai Auto Asia” qo‘shma korxonasining Toshkentdagi birinchi diler markazi 2019-yil yanvarida ochilgan.
Elektromobili yujnokoreyskoy kompanii Songuo Motors - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2021
Buxoroda Koreya kompaniyasi elektromobillar ishlab chiqaradi
Yangiliklar lentasi
0