Nima uchun har kuni karam iste’mol qilish kerak

© East FruitKapusta
Kapusta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Obuna bo‘lish
Karam vitaminlar bilan ta’minlaydi, yallig‘lanishni davolaydi va ortiqcha vaznni kamaytiradi.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Garvard olimlari odamlarga har kuni karam tanovul qilishni maslahat berishadi. Ular aytishiga ko‘ra, yarim tarelka karam S vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyojning 45%ini qondiradi. Sputnik Armaniston karamni har kun yeyish uchun beshta sabab topishdi.

Vitamin va minerallar

Izlanishlarda ma’lum bo‘lishicha, karam tarkibida S vitaminindan tashqari boshqa ko‘plab vitaminlar va minerallar ham bor. Ayniqsa A vitamini va kaliy. Shuningdek karamning barcha turlari ajoyib kletchatka manbai hisoblanadi.
“Manfiy” kaloriyalik
Har qanday sabzavot ham o‘zining hazm bo‘lishi uchun sarflangan energiya undan olinayotgan energiyadan ko‘pligi bilan maqtana olmaydi. Bir tovoq to‘g‘ralgan karamda esa, atigi 22 kaloriya bor. Agar siz vazn tashlashni orzu qilayotgan bo‘lsangiz, taomnomangizdagi ayrim yuqor kaloriyali ingrediyentlarni karamga almashtirishga harakat qilib ko‘ring.
Masalan, buterbrodni non bo‘lagi ustiga emas, karam bargiga o‘rab tayyorlang. Yo bo‘lmasam lag‘mon o‘rniga maydalangan karam iste’mol qiling.
Yallig‘lanishga qarshi va virusga qarshi ta’siri
Qizil karamda flavonoidlar juda ko‘p. Ular karamga noodatiy qizil rang berib turadi. Lekin ularning asosiy foydasi – juda kuchli yallig‘lanishga, viruslarga va saratonga qarshi kurashish xususiyatlaridir. Qizil karamdan tayyorlangan salat kasallik rivojlanishini oldini olishi mumkin. Garvard olimlari qizil karamdan foydali taomnoma taklif qilishmoqda:
Yarimta qizil karamni maydalab to‘g‘rab, bir necha tomchi zaytun yog‘i va olma sirkasiga aralashtiring. Unga tuz va qalampir qo‘shing. Foydasi yanada ko‘proq bo‘lishi uchun biroz qirilgan sabzi qo‘shing.

Kletchatka manbai

Tarkibida kletchatka miqdori bo‘yicha rekordchi – Pekin karami. Undan ko‘pincha suyuq ovqat va qovurmalarda foydalaniladi. Pekin (yoki Xitoy) karamining ikkinchi nomi Napa bo‘lib, u ozuqa tolalariga juda boy.
Hazm bo‘ladigan kletchatka inson organizmida xolesterin miqdorini kamaytiradi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Hazm bo‘lmaydigan kletchatka esa – ovqat hazm qilishni yengillashtiradi va organizmning umumiy holatini yaxshilaydi.
Shuningdek, pekin karami qandli diabet kasali borlar uchun juda foydali. Uni iste’mol qilgan kishi uzoq vaqt davomida o‘zini to‘q sezishi mumkin.

Harorat nazoratchisi

Rivoyatga ko‘ra, beysbolchi Beyb Rut har doim o‘yindan oldin bosh kiyimi ostiga sovutilgan karam barglaridan bir nechtasini qo‘yib olgan. Shu tariqa u jazirama issiq kunlarda junli uniformada o‘zini yaxshiroq his qilgan. Eksper aytishiga ko‘ra, sovutilgan karam barglari shamollagan kishining tana haroratini tushirishda ham foyda berishi mumkin. Karam barglari bosh og‘rig‘ini ham kamaytirishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0