Ekologik kelajak: Glazgo anjumanida O‘zbekiston qanday tashabbusni qabul qildi

© AFP 2023 / Daniel Leal-OlivasEkologicheskie aktivisti Extinction Rebellion ustroili aksiyu protesta na ulitsax Sent-Ayvs, Kornuoll, vo vremya sammita G7
Ekologicheskie aktivisti Extinction Rebellion ustroili aksiyu protesta na ulitsax Sent-Ayvs, Kornuoll, vo vremya sammita G7  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2021
Obuna bo‘lish
Glazgo Iqlim konferensiyasida O‘zbekiston 2030-yilga qadar atmosferaga tashlama gazlarini 35%ga kamaytirish rejasini belgilab oldi.
TOShKENT, 24 noya - Sputnik. Noyabr oyining boshida Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tgan COP-26 umumjahon ekologik anjumanida O‘zbekiston qanday tashabbuslarni o‘z zimmasiga qabul qildi?
Bu haqida O‘zbekiston Gidrometerologiya markazining bosh direktori o‘rinbosari Ibratjon Karimov AOKAda bo‘lb o‘tgan matbuot anjumanida batafsil hikoya qilib berdi.
Karimov aytishiga ko‘ra, Markaziy Osiyo hududida iqlim o‘zgarishi dunyoning boshqa joylariga nisbatan 2 baravar tez amalga oshayotgani kuzatilmoqda. Shu sababli O‘zbekiston Glazgoda taklif qilingan tashabbuslarning aksariyatini qo‘llab-quvvatladi.

"O‘zbekiston Parij bitimi doirasida 2010-yilda tashlama gazlar miqdorini 10%ga kamaytirishni o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, 2030-yilgacha atmosferaga tashlama gazlarini 35%ga kamaytirish ambitsioz rejasini belgilab oldi", - dedi Gidrometerologiya markazi direktori o‘rinbosari.

Ibratjon Karimov aytishiga ko‘ra, COP-26 anjumani yakunida "Glazgo iqlim pakti" (Glasgow Climate Past) qabul qilindi. Ushbu halqaro hujjatni 200dan ortiq davlatlar imzolagan. Iqlim paktiga, kelajakda atrof muhitga tashlanayotgan chiqindilarni kamaytirish maqsadida quyidgilar haqida kelishib olingan:
Asosiy maqsad - 21 asr oxiriga qadar global harorat ko‘tarilish darajasini selsiy buyicha 1,5 daraja miqdorida ushlab turish kelishildi. Ushbu maksadga erishin uchun dunyoning 500ta eng yirik kompaniyalari tomonidan 130 trillion dollar sarmoya kiritish rejalashtirilgan;
2030 yilga qadar atrof-muhitga eng ko‘p zarar keltiruvchi ko‘mirdan foydalanishni cheklash 200dan ortiq davlatlar tmonidan qo‘llab-quvvatlandi. Xitoy, Rossiya, AQSh, Hindiston va Avstraliya - ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamadi;
2030 yilga qadar zarari bo‘yicha ikkinchi o‘rinda bo‘lgan metan yoqilg‘isidan foydalanishni 30 %ga cheklash haqida 100dan ortiq davlatlar kelishib olishdi;
2030 yilgacha bo‘lgan davrgacha 130dan ortiq davlatlari o‘rmonlar va boshqa ekotizimlarni saqlab qolishga kelishib olishdi;
2040 yilga qadar transportni dekarbonizatsiya qilish, 11ta avtomoibl ishlab chiqaruvchilari ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashdi va eletkromobillar ishlab chiqarishni tasdiqladi;
2050 yilga qaldar aviatsiya sohasi ham dekabronizatsiya qilishga kuyelishib olindi;

Ma’lumot uchun 3-12 noyabr kunlari Shotlandiyaning Glazgo shahrida BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasining 26-yig‘ilishida 200 ta davlatdan 25 mingdan ortiq vakillar, jumladan, 120 nafar davlat rahbarlari qatnashdilar. Ushbu Anjumanda Parij bitimi doirasida amalga oshirilgan ishlarni oraliq sarhisobi bo‘yicha hisobot hamda Konvensiyaga a’zo davlatlarning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha yangi majburiyatlarni kelishish muhokama qilindi.
Lyudi naslajdayutsya jarkoy pogodoy na plyaje v Bornmute, Velikobritaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2020
Meteorologlar iqlim yaqin besh yilda qay darajada o‘zgarishini aytishdi
Yangiliklar lentasi
0