AQSh O‘zbekistonni “Demokratiya uchun” sammitiga taklif etmadi

© AFP 2023 / BRENDAN SMIALOWSKIFlag SShA
Flag SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2021
Obuna bo‘lish
AQSh demokratiya oldida turgan muammolar muhokama qilinadigan sammitga O‘zbekistonni taklif qilishni joiz deb bilmadi.
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. AQSh “Demokratiya uchun” sammitida ishtirok etish uchun taklif etilgan 110 ta davlat ro‘yxatini e’lon qildi.

Davlat departamenti saytida chop qilingan ro‘yxatga O‘zbekiston kiritilmagan.

Sobiq SSSR mamlakatlaridan Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Turmaniston ham taklif qilinmagan.
Faqat Ukraina, Armaniston, Gruziya, Moldova, Litva, Latviya va Estoniyaga taklifnoma yo‘llangan.
Shuningdek, sammitda ishtirok etishga Xitoy ham taklif etilmagan. Shu bilan birga, Xitoy uni o‘z viloyatlaridan biri deb hisoblovchi Tayvan sammitga chaqirilgan.
Vengriyadan tashqari barcha Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar ro‘yxatga kiritilgan. AQShning NATO bo‘yicha ittifoqchisi Turkiya ham ro‘yxatda yo‘q.
Vashington 9-10 dekabr kunlari “Demokratiya uchun” sammitini o‘tkazishni rejalashtirgan. Unda videokonferensiya rejimida taklif etilgan mamlakat yetakchilari, huquqni himoya qiluvchilar va ishbilarmonlar yig‘ilishadi.
Avvalroq Rossiya TIV Sergey Lavrov AQSh tomonidan tashkil etilayotgan bu sammit “odamlar, mamlakatlarni demokratik va demokratik bo‘lmaganlarga ajratish”ga qaratilganini ma’lum qilgan edi. Uning fikricha, AQSh bu sammitga mamlakatlarni taklif qilayotib, o‘z xatti-harakatlarining ommaviyligini namoyish qilishga urinadi.
Demokratiyani o‘rgatishadi. AQSh ishga aralashuv usullarini belgilab oldi
Yangiliklar lentasi
0