O‘zbekiston tarixida ilk bor BMT IHK burosi faoliyatida ishtirok etadi

© Press-slujba MID UzbekistanaUlugbek Lapasov - Postpred Uzbekistana v OON i drugix mejdunarodnix organizatsiyax v Jeneve
Ulugbek Lapasov - Postpred Uzbekistana v OON i drugix mejdunarodnix organizatsiyax v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2021
Obuna bo‘lish
Ulug‘bek Lapasov BMTning Inson huquqlari bo‘yicha raisi o‘rinbosari etib saylandi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekistonning Jenevadagi doimiy vakili BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi, deya xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy guruhiga a’zo davlatlar O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasovni 2022-yil uchun BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi (IHK) raisining o‘rinbosari lavozimiga bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi burosi tarkibi tashkilot raisi hamda uning turli geografik guruhlardan saylangan to‘rtta o‘rinbosaridan tashkil topgan.
O‘zbekistonning doimiy vakili nomzodi ko‘rsatilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi BMTning IHK tizimidagi eng yiriklardan biri hisoblanadi. Guruhda 56 ta davlat bor.
Shavkat Mirziyoyev vistupil na 46-y sessii Soveta po pravam cheloveka OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2021
Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashida qanday takliflar bildirdi
Joriy yil oktabr oyida O‘zbekiston tashabbusi bilan Kengash tomonidan Pandemiya davrida yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi birinchi rezolyutsiyasi qabul qilindi. Mazkur hujjat BMT IHKning barcha a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va 60 ga yaqin davlat unga hammualliflik qildi.
BMT IHK tarkibiga 47 davlat kiradi hamda butun dunyo bo‘ylab inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilishga mas’ul tuzilma hisoblanadi. Kengash vakolatiga inson huquqlari sohasidagi e’tiborga molik bo‘lgan barcha masalalar va vaziyatlarni muhokama qilish kiradi.
Kengash majlislari BMTning Jenevadagi vakolatxonasida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekiston 2021−2023 yillar mobaynida BMT IHKning to‘laqonli a’zosi etib saylangan edi.
Yangiliklar lentasi
0