Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashida qanday takliflar bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupil na 46-y sessii Soveta po pravam cheloveka OON
Shavkat Mirziyoyev vistupil na 46-y sessii Soveta po pravam cheloveka OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida nutq so‘zlab, qator takliflarni ilgari surdi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida nutq so‘zladi.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, demokratik islohotlar yangi O‘zbekistonni bunyod etishga qaratilgan bo‘lib, bu o‘zgarishlar ortga qaytmaydigan tus olgan. BMT “Inson huquqlari yo‘lida harakatga da’vat” tashabbusini ilgari surish uchun Kengash a’zolari, barcha sheriklar bilan yaqin hamkorlikni davom ettiradi.
Vistuplenie prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva na 75-y sessii Genassamblei OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2021
Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishida nutq so‘zlaydi
Mirziyoyev insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash O‘zbekistondagi islohotlarda eng muhim o‘rinda turishini qayd etdi.
2030 yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari mamlakatda har bir insonning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashni ko‘zda tutadigan “hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik” tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Gender siyosati masalalari borasida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlar qat’iy davom ettiriladi.
Joriy yilda O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining muloqoti va xotin-qizlarning mintaqaviy biznes-forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston Parlamenti Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilishi kutilmoqda.
Situatsiya posle viborov prezidenta v Respublike Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2020
Yangi O‘zbekiston va Inson huquqlari
2021 yilda, ya’ni Bolalar mehnatiga barham berish xalqaro yilida Bolalar Ombudsmani to‘g‘risidagi qonun qabul qilinadi.
Aholining yarmidan ko‘pini tashkil etadigan yoshlar huquqlarini himoya qilish doimo e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda.
O‘zbekiston BMT shafeligida Yoshlar huquqlari bo‘yicha butunjahon konferensiyasini o‘tkazish; BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining o‘ninchi forumida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya loyihasini taqdim etish; yoshlar huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachi institutini ta’sis etish masalasini kiritishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Respublika bundan buyon ham fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish, so‘z erkinligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni qat’iy maqsad qilgan.
Shu asnoda nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida kodekslar ishlab chiqilmoqda.
Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmni joriy etish doirasida O‘zbekistonda odamning qadr-qimmatini yerga uradigan, insoniylikka zid bo‘lgan qiynoqlarning har qanday ko‘rinishiga bundan buyon ham mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston qiynoqlarga qarshi konvensiyaning Fakultativ protokolini ratifikatsiya qiladi.
Shuningdek, mamlakat Osiyo qit’asining inson huquqlari bo‘yicha mintaqaviy mexanizmini muntazam faoliyat ko‘rsatadigan platforma – Samarqand forumi negizida yaratish borasida ko‘mak berishga tayyor.
Mirziyoyev bildirgan takliflar:
  • imkoniyati cheklangan shaxslarning o‘z qobiliyatini to‘la ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha Mintaqaviy kengash tuzish;
  • “Inson huquqlari sohasida ta’lim” deklaratsiyasining 10-yilligiga bag‘ishlab Oliy komissar boshqarmasi bilan birgalikda global forum o‘tkazish;
  • Inson huquqlari bo‘yicha kengashga Sudyalar kengashlari faoliyatining universal prinsiplarini ishlab chiqish masalasini ko‘rib chiqish;
Shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar Mishel Bachelet mamlakatga taklif qilindi.
“O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi sifatida xalqaro huquqning inson huquqlariga oid umum e’tirof etilgan prinsip va normalarini qat’iy himoya qiladi va faol ilgari suradi”, - dedi Mirziyoyev.
Yangiliklar lentasi
0