“Yurak va miyasiz”: Lukashenko dunyoga Polshaning qora tomonini ko‘rsatdi

© REUTERS / BelTASotrudnik pravooxranitelnix organov Polshi primenyayet slezotochiviy gaz pri popitke migrantov peresech belorussko-polskuyu granitsu
Sotrudnik pravooxranitelnix organov Polshi primenyayet slezotochiviy gaz pri popitke migrantov peresech belorussko-polskuyu granitsu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2021
Obuna bo‘lish
“Sovuq havoda vodomotlardan foydalanish yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xatti-harakat”, - deya qat’iyan ma’lum qildi inson huquqlari bo‘yicha Yevropa kengashi komissari Nil Muyjniyeks.
To‘g‘ri, bu 2014-yil fevralida u Kiyev Maydaniga tashrif buyurib, o‘sha paytdagi ukrain hukumati tomonidan “haddan ziyod kuch qo‘llashni” qoralangan paytda aytilgandi.
Chamasi, biz endi Yevropa kengashidan ham, hozir mashhur Amnesty Internationalhuquqni himoya qiluvchi tashkilotning Yevropa ofisi direktori bo‘lgan sobiq komissar Muyjniyeksdan ham shunday qat’iy munosabatni kutishimiz lozim. Mazkur tashkilot ham jazirama ob-havoda kuch ishlatar xodimlar tomonidan suvli to‘plar qo‘llanilganini g‘azab bilan qoralangandi. Misol uchun, Gonkongda Xitoy huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar tomonidan noqonuniy namoyishlarini tarqatib yuborish paytida. O‘shanda Amnesty vodomotlarning norozilik namoyishchilari sog‘lig‘i uchun xavfli ekanini bildirgandi.
Obstanovka nakalyayetsya: bejensi pokinuli lager i napravilis k pogranperexodu Bruzgi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2021
Vaziyat jiddiy tus olmoqda: migrantlar Polshadan nimani talab qilishmoqda
Seshanba kuni esa Polsha-Belarus chegarasida bir darajaga yaqinlashayotgan havoda Polsha harbiylari migrantlarga qarshi bir necha marta vodomotlardan foydalandi. Biroq na Yevropa kengashi, na Amnesty International Kiyev yoki hukumati Gonkong hukumati xatti-harakatlariga zudlik bilan munosabat bildirganday ish tutmasdan hozircha jim. BMT esa ularda Polsha chegarasida vodomot qo‘llanilganini tasdiqlovchi faktlarga ega emasligini bildirdi. Bularning bari polyaklar tomonidan vodomot, hatto yorug‘lik va shovqin tarqatuvchi granatalar qo‘llangani aks etgan lavhalarga qaramasdan aytilgan. O‘sha kuni bu dunyoning yetakchi telekanallari yangiliklarida aylantirildi.
To‘g‘ri, bu lavhalar ba’zan noxolis talqin qilindi. Misol uchun, o‘zi Polshaning vodomoti va allaqanday zaharli moddalardan foydalanib uyushtirgan hujumiga uchragan CNN muxbiri Metyu Chens o‘z lavhasida Yaqin Sharqdan bo‘lgan migrantlar Polsha chegarachilariga nafaqat tosh, balki bomba ham uloqtirishganini aytishni uddaladi. Agar gap bombalar haqida borayotgan ekan, vodomotlar jalb qilingani unchalik haddan ziyod chora bo‘lib ko‘rinmaydi, shunday emasmi? Chens boshqa hech kim migrantlar qo‘lida bomba ko‘rmani CNN tomoshabinlarini ikkilantirmasligi kerak.
VVSning Moskvadagi muxbiri Stiv Rozenberg esa migrantlarda na granata, na bomba, na o‘q-dori borligini ko‘rdi. Biroq u polyaklar tomonidan tushkunlikka tushgan qochoqlarga qarshi maxsus vositalar qo‘llanishini izohlay turib, bu harakatlarning oddiy tushuntirishini topdi: Minsk aybdor. Polyaklar muzlab qolgan migrantlarni haydab solayotgan muz suvi oqimi fonida turib, Rozenberg tomoshabinlarga u yerda nimalar ro‘y berayotganini oddiy qilib tushuntirdi: “Bu Aleksandr Lukashenko dunyoga ko‘rsatmoqchi bo‘lgan manzara. Belorussiya Yevropani loqayd va qattiqqo‘l, hatto shavqatsiz qilib ko‘rsatmoqchi”.
Migranti prorivayutsya skvoz zakrajdenie na granitse Gretsii i Makedonii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2021
Yevropa chegaralariga “migrantlar hujumi”ning asl sababi
Adolat haqqi uchun shuni aytish kerakki, hatto Polsha unchalik keng ko‘lamli bo‘lmagan inqiroz sharoitida – har holda Yevropadagi boshqa inqirozlar fonida – o‘z harbiylarining noadekvat xatti-harakatlarini qoralayotgan sog‘lom fikrlovchilar bor. Masalan, chegarachilar tikanli simdan yig‘layotgan bolalarni onalari bilan uloqtirib tashlayotgani aks etgan lavhalar taniqli Polsha aktrisasi va qo‘shiqchisi Barbaru Kurdey-Shatanni darg‘azab qildi. U orqa-oldiga qaramay o‘z vatandoshlari xatti-harakatlarnini shunday ta’rifladi: “Bu yuraksiz, miyasiz, hech nimasi bo‘lmagan mashinalar. Ko‘r-ko‘rona buyruqlarni bajaradigan mashinalar... Qotillar!”
Shundan so‘ng eng mashhur Polsha aktrisalaridan biri ta’qib qilindi. Prokuratura va Antipolonizm monitoring markazi uning ortidan tushdi. Adliya vaziri Zbignev Zebro esa janjalga munosabat bildirib, mamlakat Jinoyat kodeksiga tuzatish kiritishni tayyorlashini ma’lum qildi. U bilan “josuslik va Polsha davlati yoki mamlakat imidjiga qarshi xatti-harakatlar uchun” javobgarlik kuchaytiriladi.
Vazir harbiylarning bolalarga qarshi vahshiyona harakatlaridan aktrisaning jahli chiqishi xatti-harakatlardan ko‘ra ko‘proq mamlakat imidjini buzadi deb hisoblaydi. Muzlagan odamlarga qarshi suv to‘plari boshqa narsalar mamlakat imidjini yomonroq buzishi dargumon. Shu bilan birga aktrisaga yog‘dirilgan tahdidlar o‘z samarasini berdi – u o‘zining chegarachilar haqidagi so‘zlari uchun uzr so‘rashiga to‘g‘ri keldi.
Kurdey-Shatan yozdi: “Men ikki bolaning onasiman. Azoblarga, ayniqsa, bolalarning azoblanishiga qarab turolmayman. Men bunday dunyoni qabul qila olmayman va hech qachon qabul qilmayman. Tuyg‘ularimz bundan videoni ko‘rganda o‘zgarmaydi... Lekin men yarashmaydigan so‘z va haqoratlar uchun uzr so‘rayman”. Ammo aktrisaning uzrlari ta’qibni to‘xtatishi dargumon.
Ko‘rib turibsizki, Polshada o‘z hukumatini migrantlarga nisbatan shafqatsiz harakatlari uchun tanqid qilish og‘ir. Aytgancha, bu so‘z va “qochoqlar” so‘zidan Polsha hukumati OAV ishlatmaslikni ma’qul ko‘rmoqda. Chegaradagi voqealarni ta’riflashda ularning bari ahil bo‘lib “chet elliklar” degan so‘zni ishlatishmoqda. O‘z fuqarolarini ongini armiya, tank va vodomotlar ishga solinganlarga qarshi aldash osonroqda.
Video Sputnik. Lager migrantov na belorussko-polskoy granitse nochyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2021
Belarus-Polsha chegarasida migrantlar o‘rmonda tunamoqda - video
Aynan shuning uchun Polsha OAVda chegarada yuzaga kelgan muammolarning haqiqiy sabablarini tahlil qiluvchi materiallar deyarli yo‘q. Nemis siyosatchilari Polsha orqali Yevropaga odamlar kirishga urinishayotganini aytishni ep ko‘rishlari mumkin. Brandenburg zamini ichki ishlar vaziri Mikael Shtubgen aytdiki: “Bu gibrid urush”. Lekin qochoqlar – bu odamlar. <…> Biz o‘zimizning insonparvarlik vazifalarimizni bajarishimiz kerak”.
Qochoqlarni odamlar safidan chiqarish uchun G‘arb OAVlari hammasida Belarus, albatta, Rossiyani ayblashga urinishmoqda, lekin ko‘p bo‘lmagan kishi savol beradiki, ko‘z o‘ngimizda ro‘y berayotgan fojianing asl sababi nimada, minglab kishilar o‘z makonlarini tashlab, ular uchun mutlaqo begona bo‘lgan mamlakatga borishga urinishlarida kim aybdor. Shunga o‘xshash ayrim misollardan biri Niderlandiyaning NRC gazetasi bo‘ldi. Nashr hozir ko‘plab Minskka uchib ketish fikri-xayoli bilan band bo‘lgan Iroq Kurdistonidan bevosita reportajni joyladi.
Qochoqlarni uylariga qaytishga choralayotgan Yevropadagi, ayniqsa, Polshadagi kishilarning bu reportaj bilan tanishib chiqishlari shart. Ular ularning ko‘pining qaytadigan yeri yo‘qligini bilib olishadi. NRC o‘zi, xotini, onasi va bolalariga chipta olish uchun o‘z uyini sotgan 37 yoshli kurd bilan suhbatlashdi, lekin uning bunga baribir puli yetmayapti. E’tibor bering, uni bu umidsizlikka Lukashenko, Putin itarmagan, balki amerikaliklar tomonidan “ozod qilingan” Iroq va boz ustiga ular foydalangan sodiq kurdlar chorasizlikka tushib qolishgan. Bu CNN reportajlari, Polsha OAVlarida topishingiz amri mahol.
Vladimir Putin yaqinda bergan interyusida inqiroz uchun kim javobgar ekanini eslatgani tasodif emas: “Bu G‘arb mamlakatlarining o‘zi, Yevropa mamlakatlari tomonidan yaratilgan sabablar. Ular ham siyosiy, ham harbiy, ham iqtisoliy xususiyatga ega. Harbiy, chunki hamma qatnashgandi, aytaylik, Iroqdagi amaliyotlarda, hozir esa u yerda Iroqdan bo‘lgan juda ko‘p kurdlar bor; Afg‘onistonda ham 20-yil jang qilishdi, hozir yerda ham afg‘onlar borgan sari ko‘paymoqda”. Afg‘onistonda vaziyat yomonlashishi bilan u yerdan qochoqlar oqimi ulkan xususiyatga ega bo‘lishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.
Polyaklar allaqachon afg‘onlar ularga O‘rta Osiyodan uchib kelishayotganini aytishmoqda. Bu to‘dalarni ushlab qolishga Yevropaning vodomotlari yetadimi yoki u yerda kimdir muammolarga qarshi joyida kurashish kerakligini anglab yetadimi?
Bejensi na belorussko-polskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2021
Migrantlar inqirozi: Belarus-Polsha chegarasida nimalar ro‘y bermoqda
Har holda Rossiya Yevropani tushkunlikka tushgan odamlarga qarshi berahmlikdan bosh kechib, ikkinchi yo‘ldan borishga chaqirmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov polyaklarning xulq-atvorini nomaqbul deb atadi va ta’kidladiki: “Hisoblaymanki, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ham, vodomotlar ham, migrantlar boshi uzra Belarus davlati tomon uchayotgan o‘qlar ham – bu hammasi o‘z harakatlarini berkitishga bo‘lgan urinishni aks ettiradi. Ular xalqaro gumanitar huquq va dunyo hamjamiyatining boshqa kelishuvlarining barcha normalarini buzishayotganlarini tushuna olishmaydi. <…> Bu holatda Polsha o‘zboshimchalik qilyapti. Brusseldagi rahbariyat shunaqanchi oshkora, “ochiq-oydin” ikki tomonlama yo‘l tutaptiki, bu bilan o‘zini noqulay vaziyatga qo‘ymoqda.
Aynan shuning uchun ba’zan yevropalik komissarlarga hamda ko‘p sonli huquq himoyachilariga o‘zlarining sovuqda vodomotlarni qo‘llash joiz emasligi haqidagi gaplarini eslatib qo‘yish foydadan xoli emas. Qarabsanki, Yanukovichning “totalitar” va Varshavadagi “demokratik” vodomotlar o‘rtasidagi farqni tushuntirib berishadi.
Yangiliklar lentasi
0