Yevropa chegaralariga “migrantlar hujumi”ning asl sababi

© DANIEL MIHAILESCU / AFPMigranti prorivayutsya skvoz zakrajdenie na granitse Gretsii i Makedonii
Migranti prorivayutsya skvoz zakrajdenie na granitse Gretsii i Makedonii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2021
Obuna bo‘lish
Yevropa Ikkinchi Jahon urushi yillarida yahudiylarga nisbatan beshafqat migratsion siyosati evaziga kiritgan rahmdillik siyosatidan bugun mutlaq boshqa xalqlar foydalanmoqda.
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. 2015 yilda ham bugun ham Osiyo va Afrikadan millatlarning Yevropaga ko‘chish to‘lqini boshlanganda YeI siyosatchilari murakkab vaziyatda qolishdi.
Bir tomondan YeI davlatlari o‘z fuqarolari manfaatlarini himoya qilishi, davlat chegaralarini qo‘riqlashi kerak. Hozirgi kunda YeI chegaralari to‘liq yopilgan deb aytib bo‘lmaydi, lekin migrantlarni kiritish yoki kiritmaslik haqidagi qarorni har bir hukumatning o‘zi qabul qilishi kerak. Migrantlarga qarshi tura olmagan davlatning hukumatni boshqarish qobiliyati ham shuba ostiga tushadi. Demak yuqoridagi vaziyatda har bir davlat o‘z chegarasini kerak bo‘lsa kuch yordamida himoya qilishi kerak.
Boshqa tomondan esa, YeI inson huquqlarini o‘z siyosatining boshqa davlatlardan ajratib turuvchi “alfa va omegasi” deb atadi. Xususan, Yevropa quvg‘inlar va kambag‘allar uchun boshpana deb e’lon qilingan. Ana shunday tamoyil e’lon qilingan ekan kelgan har qanday mehmonni qabul qilish – Yevropa davlatlarining majburiyati. Ular “mehmonlarni” nafaqat kiritish balkim ularni boqishi ham kerak. “Biz buni uddalaymiz” degan edi Angela Merkel 2015-yilda.
Bugun Belarus hududi orqali Polsha yoki Litva hududiga kirishga urinayotgan ushbu mehmonlarning “birovning uyiga bir umrga kirib olish” istaklarini Yevropa davlatlari tushunishni istamayapti. Xo‘sh endi nima qilish kerak? YeI qabul qilmas ekan, nega boshidan katta va’dalar berdi, qandaydir alfa va omegalar haqida gapirdi?
Voqealarning bunday tus olishiga albatta Lukashenkoni ham ayblash mumkin, chunki bugungi hodisalarda uning ham hissasi bor. Lekin Belarus prezidenti bo‘lmaganda ham migrantlar Yevropaga kirib borishning boshqa yo‘llarini topar edi. Bu teshikdan bo‘lmasa u teshikdan.
Yevropaning qochqinlarga bunday “mehribonligi” bejiz paydo bo‘lmagan. Buning uchun tarixning Yevropa va boshqa ayrim davlatlari uchun sharmandali bo‘lgan davrini varaqlashga to‘g‘ri keladi - xususan, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrni.
O‘sha davrlarda yashagan va uni o‘z asarlarida batafsil tasvirlagan yozuvchi Lion Feyxtvanger o‘zining “Quvilish” asarida shunday yozgan edi: “Urush va undan keyingi yigirma yilda bir qator mamlakatlarda davlat to‘ntarilishi sodir bo‘ldi. Ular ko‘plab kishilarni o‘z vatanini tashlab begona yurtlarga qochishga majbur qilishdi. Shu tariqa ko‘p millatli emigratsiya paydo bo‘ldi. Ushbu qovog‘i soliq mehmonlar mamlkatga kelmasin, ularni hech kim qabul qilishni istamas edi. Barcha yerlar va ishlar boshqa millatlar orasida taqsimlangan edi. Qobiliyatli kelgindilarga muhtoj mamlakat qolmagan edi. Ish va non qidirayotgan begonalar qayerga bormasin ularga xo‘mrayib qarashar edi. Ularga ishlash tugul nafas olishga zo‘rg‘a ruxsat berishar edi. Quvg‘inlarga o‘zlarining quvg‘inligini tasdiqlovchi hujjat olish ham amri mahol edi. Ko‘plab davtlatlar uchun ushbu holat begonalarni quvib chiqarishga asos bo‘lardi. Ba’zida, kerakli hujjatlari bo‘lmagan shaxslarni politsiyachilar tunda mashinada chegaraning u tomoniga o‘tkazib tashlar, kelgusi tunda esa qo‘shni davlat politsiyasi ularni orqaga olib kelib tashlar edi”. Muallifning so‘nggi qatordagi gaplari go‘yoki bugun yangiliklarda aytilayotgan gaplarga o‘xshab ketadi.
Emigrantlar kambag‘alligi – bu hali ularning boshiga tushgan zahmatlarning hammasi emasdi. Begona yurtda hayotnni saqlab qolishning o‘zi qiyin ish edi. O‘zlarini demokratik deb e’lon qilgan davlatlar qochqinlar taqdiriga mutlaq befarq edi, hattoki gap bir burda non emas inson hayotini qutqarish haqida ketganda ham.
Migranti ustroili davku vo vremya razdachi yedi na granitse Belarusi i Polshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2021
Belarus-Polsha chegarasi: migrantlar lagerida ur-yiqit boshlanib ketdi - video
Bu borada 1939-yilning 13-may kuni Gamburgdan Kubaga yo‘lga chiqqan "Sent-Luis" kemasi hikoyasi tarix kitoblariga kirtilishga arziydi. “Mahkumlar kemasi” deb nom olgan ushbu kemada 900 nafar nemis yahudiylari bor edi. Ularning barchasida Kuba vizasi bo‘lsa-da, kema Gavanaga yetib borganiga qadar u vizalar bekor qilingan edi. Yo‘lovchilar yordam so‘rab AQSh va Kanadaga murojaat qilishadi va rad javobi olishadi. Ular mamlakatda migrantlar uchun bo‘sh joy qolmadi, aholining o‘zi kambag‘al deb rad javobi berishadi. 27-may kuni Gavanaga yetib kelgan Sent-Luis orqaga tomon yo‘l olishga majbur bo‘ladi. Eng so‘nggi damda Joint - yahudiylarlarning Amerikadagi tashkiloti ularni bir amallab turli davlatlarda joylashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Britaniya – 287 kishini, Fransiya – 224 kishini, Belgi 214 kishini va Gollandiya 181 kishini qabul qilishga rozi bo‘ladi.
Bir faqat bir hikoya xolos. Aksariyat hollarda migrantlarni hech kim qabul qilishga rozi bo‘lmasdi. Ularning o‘z taqdiri o‘zlariga qo‘yib berilardi. Shveysariya hukumatining o‘sha vaqtlarda mashhur bo‘lgan iborasi "Das Boot ist voll" — ya’ni "qayiq to‘lgan".
Xuddi shunday amaliyotni boshqa davlatlar ham tez-tez qo‘llar edi. 1938-yilda Fransiyaning Evian shahrida bo‘lib o‘tgan anjumanda Uchinchi reyxning yahudiy qochqinlari masalasi ham ko‘tarilgan edi. O‘shanda barcha ishtirokchilar “Rahmimiz kelayapti, lekin ...”.
Albatta ushbu davlatlar nafaqat yahudiy qochqinlar, balkim har qanday millatga mansub qochqinlarni qabul qilishni istamas edi.
Hayratlanarli shundaki, demokratik hisoblanmagan Ispaniya, Portugaliya va Eron yahudiylar qayg‘usiga ko‘proq g‘amxo‘rlik qilishdi. Ushbu qolgan davlatlarni birovning g‘amiga befarq bo‘lmaslikka chaqirishdi, lekin natija bo‘lmadi.
Undan keyin esa odatiy nohaqlik yuz berdi – noayblar jazolandi, ishtirok etmaganlar – mukofotlandi.
1919-1945 yillar yakunida esa – urush yillarida migrantlar uchun “do‘zax”ga aylangan Yevropa migrantparvar hududga aylandi. Uchinchi davlatlardan kelgan iqtisodiy migrantlarga hamma narsa – imtiyozlar, yordam puli va boshqa “mukofotlar” berildi. Ularga o‘z mamlakatlarida hech narsa xavf solmasa-da hayot uchun kerakli qulayliklar olish niyatida Yevropaga oqib kela boshladi.
Bejensi na belorussko-polskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2021
Migrantlar inqirozi: Belarus-Polsha chegarasida nimalar ro‘y bermoqda
Buni odamzot uchun odatiy hol desa bo‘ladi. Rus yozuvchisi va shoiri Aleksandr Blok 1918-yilda yozgan “Intelligensiya va revolyutsiya” asarida shunday degan edi: “Nima sababdan odamlar zodgonlarning chiroyli bog‘lariga kirib hojat chiqarmoqda? Chunki u yerda ayollarni tahqirlab, nomusiga tegishgan. Yoki nima sababdan yuz yillik ulkan chinorli bog‘larni kesib tashlamoqda? – Chunki yuz yillar davomida ularning keng shoxlari ostida zodagonlar kambag‘allarni yerga urib, o‘z boyligini namoyish qilgan, axmoqlarga esa aql o‘rgatgan”.
O‘sha vaqtlarda bunday voqealar darhaqiqat bo‘lganmi yoki yo‘qmi – bu alohida masala. Balkim bo‘lgan hamdir, lekin oxir oqibat o‘sha qayg‘ular uchun mukofotni hech qanday zarar ko‘rmagan Poligraf Poligrafovich Sharikovga tegdi (It yurak asari qahramoni).
Zahmatni birov chekadi, mukofotni boshqa oladi. Bu insoniyat uchun odatiy qoida shekilli. Yevropaliklarning huquqiy insonparvarligi ham shunga o‘xshaydi. Ular bag‘oyat insoniy, haddan ortiq.
Yangiliklar lentasi
0