https://oz.sputniknews.uz/20211116/ozbekistonlik-abiturientlar-kuzgtuga-oqishga-taklif-qilinmoqda-21370919.html
O‘zbekistonlik abituriyentlar KuzGTUga o‘qishga taklif qilinmoqda
O‘zbekistonlik abituriyentlar KuzGTUga o‘qishga taklif qilinmoqda
Sputnik O‘zbekiston
T.F. Gorbachov nomidagi Kuzbass davlat texnika universiteti (KuzGTU) – bakalavriat, spetsialitet va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘zbekistonlik talabalarni qabul qilishni davom ettirmoqda.
2021-11-16T13:09+0500
2021-11-16T13:09+0500
2023-04-05T18:34+0500
jamiyat
o‘zbekiston
oliygoh
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/01/14889006_0:80:1280:800_1920x0_80_0_0_64d2c550cf13a64db85adb1b591815af.jpg
TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Rossiya oliy ta’limining konchilik yo‘nalishidagi yetakchi oliygohlaridan biri – T.F. Gorbachov nomidagi Kuzbass davlat texnika universiteti (KuzGTU) – bakalavriat, spetsialitet va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘zbekistonlik talabalarni qabul qilishni davom ettirmoqda. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.Kuzbass davlat texnika universiteti – yetakchi sanoat sektorlari uchun kadrlarni tayyorlaydigan sohaviy universitet: ko‘mir, kimyo va qurilish sohasi, iqtisodiyot, mashinasozlik va energetika.2022 yilda xorijlik abituriyentlar hujjatlarini ham oliygohga kelib shaxsan, ham maxsus Internet platforma yordamida onlayn topshirishlari mumkin, deya ma’lum qildi KuzGTU xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Inna Pevneva.Uning so‘zlariga ko‘ra, portalda ro‘yxatdan o‘tgandan va hujjatlar to‘plamini yuklagandan keyin abituriyentning shaxsiy kabinetida imtihonlar jadvali paydo bo‘ladi.“Oflayn va masofaviy sinovlar bir vaqtning o‘zida bo‘lib o‘tadi. Aksariyat imtihonlar yozma. Jarayonda talabgorning shaxsi identifikatsiya qilinadi, abituriyent soz bo‘lgan kamera va mikrofonga ega bo‘lishi kerak”, - deya ta’kidladi Pevneva.O‘zbekiston fuqarolari o‘zlarining vatandosh maqomini tasdiqlab, tanlovda budjet o‘rni uchun qatnashishlari mumkin. Qolaversa, chet ellik abituriyentlar o‘zlari qiziqqan har qanday yo‘nalishga kontrakt asosida o‘qishga kirishlari mumkin.Shuningdek, KuzGTU xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari hozirda koronavirus tarqalishi xavfi sabab Rossiyaga kelayotgan xorijlik talabalar PZR testining manfiy natijasi yoki emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lishlari shartligini ta’kidladi.Hozir KuzGTUda dunyoning 11 mamlakatidan bo‘lgan 11 mingdan ziyod kishi, jumladan, 145 nafar o‘zbekistonlik talaba tahsil oladi. Oliygohda 538 nafar yuqori malakali o‘qituvchilar dars berishadi, ulardan 291 nafari fan nomzodlari, 77 nafari esa fan doktorlari.Universitet xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik talabalar orasidagi eng ommabop yo‘nalish – bu “Konchilik ishi”.“Maktabni tamomlaganimdan keyin men O‘zbekistonda kollejga o‘qishga kirdim va oliy ma’lumotni xorijda olaman deb qat’iy qaror qildim. Mening KuzGTUda o‘qiyotgan tanishlarim menga bu oliygohni tavsiya qilishdi. Men ikki yil astoydil o‘qishga kirishga hozirlandim. Imtihonlarni – matematika, rus tili va fizika fanlaridan - Kemerovodagi universitetning o‘zida topshirdim va budjetga o‘qishga kirdim, - deydi KuzGTUning “Mashinalar va kimyo ishlab chiqarish qurilmalari” ta’lim dasturining uchinchi bosqich talabasi Mirxalil Sagatov (Angren sh.).Uning aytishicha, o‘qishdan maqsadi – yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishish: kimyo texnologiyalariga katta hissa qo‘shish, yangi asbob yaratish, va albatta, mavjudlarini yaxshilash.Oliygoh talabalarni ilmda va tadqiqotlarda faol qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, 2020-yilda uning tarkibida Sagatov qatnashgan jamoa KuzGTU institutlari orasida matematika bo‘yicha muhandislik topshiriqlarini hal etishda ikkinchi o‘rinni egalladi.Bundan tashqari, u oligohning o‘qishdan tashqari hayotida ishtirok etib keladi. Joriy yilda uni “Orion” millatlararo do‘stlik klubining raisi etib saylashdi. Shuningdek, Sagatov “Plamya” talabalik markazida volontorlik bilan shug‘ullanadi, universtitetning “Tuda-suda” KVN jamoasi a’zosi hamdir.Qolaversa, universitetda talabalar teatri, xoreografiya studiyasi, talabalar otradlari, sport seksiyalari va boshqalar bor. KuzGTUning Sheregesh tog‘-chang‘i kurortida o‘zining bazasi bor. U yerda talabalar chang‘i va snoubordda uchishlari mumkin.OTMning strategik hamkorlari orasida AO "SUEK-Kuzbass", AO "SGK", XK "SDS", PAO "Koks", filial PAO "MRSK Sibiri – Kuzbassenergo – RES", PAO "Sberbank Rossii", PAO "KAMAZ", YevroXim, "BELAZ", Libherr, Becker, FANUK va boshqalar bor.Shuningdek, hozir universitet Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent iqtisodiyot universiteti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Turin politexnika universiteti, Navoiy davlat konchilik universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlik qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20211029/rossiyada-bepul-oqing-ozbekistonlik-abiturientlar-uchun-qabul-kampaniyasi-uzaytirildi-21146576.html
https://oz.sputniknews.uz/20210817/mehnat-bozori-rossiya-otmlari-filiallari-bitiruvchilari-talab-20108021.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/01/14889006_92:0:1229:853_1920x0_80_0_0_53f49934f79c38c97875a769063701c8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kuzgtu o‘zbekistonlik talabalar o‘qishga kirish
kuzgtu o‘zbekistonlik talabalar o‘qishga kirish
O‘zbekistonlik abituriyentlar KuzGTUga o‘qishga taklif qilinmoqda
13:09 16.11.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Rossiya oliygohiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni ham masofadan turib, ham shaxsan kelib topshirish mumkin.
TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Rossiya oliy ta’limining konchilik yo‘nalishidagi yetakchi oliygohlaridan biri – T.F. Gorbachov nomidagi Kuzbass davlat texnika universiteti (KuzGTU) – bakalavriat, spetsialitet va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘zbekistonlik talabalarni qabul qilishni davom ettirmoqda. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.
Kuzbass davlat texnika universiteti – yetakchi sanoat sektorlari uchun kadrlarni tayyorlaydigan sohaviy universitet: ko‘mir, kimyo va qurilish sohasi, iqtisodiyot, mashinasozlik va energetika.
2022 yilda xorijlik abituriyentlar hujjatlarini ham oliygohga kelib shaxsan, ham maxsus Internet platforma yordamida onlayn topshirishlari mumkin, deya ma’lum qildi KuzGTU xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Inna Pevneva.
“Kemerovoga kelib, hujjatlarni oliygoh qabul komissiyasiga shaxsan topshirish mumkin, yoki "Postupi onlayn" superservisi yoki bizning shaxsiy portalimiz orqali (https://abit.kuzstu.ru/registration) hujjatlarni yuklash mumkin. Agar abituriyent birinchi variantni tanlasa, unda u imtihonlarni oliygohda topshiradi. Agar hujjatlar Internet orqali topshirilsa, imtihonlarni masofadan turib topshirish kerak bo‘ladi”, - deydi Pevneva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, portalda ro‘yxatdan o‘tgandan va hujjatlar to‘plamini yuklagandan keyin abituriyentning shaxsiy kabinetida imtihonlar jadvali paydo bo‘ladi.
“Oflayn va masofaviy sinovlar bir vaqtning o‘zida bo‘lib o‘tadi. Aksariyat imtihonlar yozma. Jarayonda talabgorning shaxsi identifikatsiya qilinadi, abituriyent soz bo‘lgan kamera va mikrofonga ega bo‘lishi kerak”, - deya ta’kidladi Pevneva.
O‘zbekiston fuqarolari o‘zlarining vatandosh maqomini tasdiqlab, tanlovda budjet o‘rni uchun qatnashishlari mumkin. Qolaversa, chet ellik abituriyentlar o‘zlari qiziqqan har qanday yo‘nalishga kontrakt asosida o‘qishga kirishlari mumkin.
Shuningdek, KuzGTU xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari hozirda koronavirus tarqalishi xavfi sabab Rossiyaga kelayotgan xorijlik talabalar PZR testining manfiy natijasi yoki emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lishlari shartligini ta’kidladi.
“Rospotrebnadzor tavsiyalariga ko‘ra, Rossiyaga kelayotganlar PZR usuli bilan ikki marta koronavirusga test topshirishlari shart – kelishidan oldin uch kundan ko‘p bo‘lmagan muddat va kelgandan so‘ng 72 soat ichida. Agar natijasi manfiy bo‘lsa, ular o‘qishni odatdagi rejimda boshlashlari mumkin. Hozir chet ellik talabalar Rossiyada emlanishlari mumkin, OTM bu imkoniyatni bepul taqdim etadi”, - deya tushuntirdi Pevneva.
Hozir KuzGTUda dunyoning 11 mamlakatidan bo‘lgan 11 mingdan ziyod kishi, jumladan, 145 nafar o‘zbekistonlik talaba tahsil oladi. Oliygohda 538 nafar yuqori malakali o‘qituvchilar dars berishadi, ulardan 291 nafari fan nomzodlari, 77 nafari esa fan doktorlari.
“Universitetning zamonaviy tuzilmasi – bu yettita ilmiy-ta’lim institutlari: konchilik, energetika, kimyo va neftgaz texnologiyalari, qurilish, axborot texnologiyalari va mashinasozlik, iqtisodiyot va boshqaruv, professional ta’lim. KuzGTU oliy, o‘rta, qo‘shimcha professsional ta’lim, aspirantura va doktoranturaning 246 ta mutaxassislik va yo‘nalishlari bo‘yicha dasturlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, OTM tuzilmasiga 24 ta ilmiy laboratoriyalar kiradi, 14 ta ilmiy va ekspert markazlari, 9 ta ilmiy maktablar faoliyat yuritadi”, - deyilgan xabarda.
Universitet xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik talabalar orasidagi eng ommabop yo‘nalish – bu “Konchilik ishi”.
“Maktabni tamomlaganimdan keyin men O‘zbekistonda kollejga o‘qishga kirdim va oliy ma’lumotni xorijda olaman deb qat’iy qaror qildim. Mening KuzGTUda o‘qiyotgan tanishlarim menga bu oliygohni tavsiya qilishdi. Men ikki yil astoydil o‘qishga kirishga hozirlandim. Imtihonlarni – matematika, rus tili va fizika fanlaridan - Kemerovodagi universitetning o‘zida topshirdim va budjetga o‘qishga kirdim, - deydi KuzGTUning “Mashinalar va kimyo ishlab chiqarish qurilmalari” ta’lim dasturining uchinchi bosqich talabasi Mirxalil Sagatov (Angren sh.).
Uning aytishicha, o‘qishdan maqsadi – yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishish: kimyo texnologiyalariga katta hissa qo‘shish, yangi asbob yaratish, va albatta, mavjudlarini yaxshilash.
Oliygoh talabalarni ilmda va tadqiqotlarda faol qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, 2020-yilda uning tarkibida Sagatov qatnashgan jamoa KuzGTU institutlari orasida matematika bo‘yicha muhandislik topshiriqlarini hal etishda ikkinchi o‘rinni egalladi.
Bundan tashqari, u oligohning o‘qishdan tashqari hayotida ishtirok etib keladi. Joriy yilda uni “Orion” millatlararo do‘stlik klubining raisi etib saylashdi. Shuningdek, Sagatov “Plamya” talabalik markazida volontorlik bilan shug‘ullanadi, universtitetning “Tuda-suda” KVN jamoasi a’zosi hamdir.
Qolaversa, universitetda talabalar teatri, xoreografiya studiyasi, talabalar otradlari, sport seksiyalari va boshqalar bor. KuzGTUning Sheregesh tog‘-chang‘i kurortida o‘zining bazasi bor. U yerda talabalar chang‘i va snoubordda uchishlari mumkin.
“Talabalar va bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti va ishi uchun oliygohning “Oriyentir” markazi javob beradi. Muhandislik ta’limini olgan 90 foizga yaqin bitiruvchilarimiz ishga joylashishgan; Rossiyaning eng yirik ko‘mir kompaniyalariga kelayotgan mutaxassislarning 38 foizi KuzGTU bitiruvchilaridir”, - deya ma’lum qildi universitet matbuot xizmati.
OTMning strategik hamkorlari orasida AO "SUEK-Kuzbass", AO "SGK", XK "SDS", PAO "Koks", filial PAO "MRSK Sibiri – Kuzbassenergo – RES", PAO "Sberbank Rossii", PAO "KAMAZ", YevroXim, "BELAZ", Libherr, Becker, FANUK va boshqalar bor.
Shuningdek, hozir universitet Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent iqtisodiyot universiteti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Turin politexnika universiteti, Navoiy davlat konchilik universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlik qiladi.