https://oz.sputniknews.uz/20211029/rossiyada-bepul-oqing-ozbekistonlik-abiturientlar-uchun-qabul-kampaniyasi-uzaytirildi-21146576.html
Rossiyada bepul o‘qing: o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun qabul kampaniyasi uzaytirildi
Rossiyada bepul o‘qing: o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun qabul kampaniyasi uzaytirildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada bepul o‘qish
2021-10-29T11:11+0500
2021-10-29T11:11+0500
2023-04-05T18:34+0500
rossiya
ta’lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/14/20561262_0:114:3239:1935_1920x0_80_0_0_17756d9f8a130c06bb32287d484e3cda.jpg
TOShKENT, 29 okt — Sputnik, Danara Kurmanova. "Rossotrudnichestvo" Federal agentligi MDH mamlakatlari abituriyentlari uchun qabul kampaniyasi muddatini uzaytirmoqda.Rossiya oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat, mutaxassisilik, magistratura, ordinatura va aspirantura dasturlari bo‘yicha bepul ta’lim olish uchun hujjatlarni 25-noyabrga qadar topshirish mumkin.Ilgariroq, agentlik chet el fuqarolari uchun tanlov 1-noyabrga qadar o‘tkazilishini xabar qilgandi. Ammo o‘qishga kirishni istovchilar uchun pandemiya davrida yuz kelayotgan muammolarni hisobga olgan holda, "Rossotrudnichestvo" qabul jarayonini qariyb bir oyga uzaytirishga qaror qildi.Bu haqda Sputnik agentligiga "Rossotrudnichestvo" rahbari o‘rinbosari Pavel Shevsov xabar bergan."Kvota olish uchun arizani onlayn tarzda education-in-russia.com sayti orqali topshirish mumkin. Bu, ayniqsa, hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida davlatlarda joriy etilgan ba’zi cheklovlar fonida juda qulay", - deya tushuntiradi Shevsov.2022/2023 o‘quv yillarida kvotalar hajmi 23 ming o‘rinni tashkil qilmoqda. Agentlik uchun MDH-davlatlari ustuvorlik kasb etadi. Ilgariroq, "Rossotrudnichestvo" rahbari Yevgeniy Primakov o‘tgan galgi qabul natijalari bo‘yicha bo‘yicha topshirilgan 80 mingta arizalarning 30%i aynan yaqin xorij davlatlaridan kelib tushganini qayd etgan edi.Yangi o‘quv yilida topshirilgan arizalar soni hozircha aniqmas, chunki qabul hamon davom etmoqda. Ammo "Rossotrudnichestvo" hozirdanoq Rossiyada o‘qishga arizalar soni bo‘yicha yetakchilik qilayotgan davlatlarni ajratib ko‘rsatishi mumkin."MDH davlatlari haqida gapirar ekanmiz, u holda arizalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda - Tojikiston, ikkinchi o‘rinda - Turkmaniston va uchinchi o‘rinda - Qozog‘iston kelmoqda. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni esa Belarus hamda O‘zbekiston egallagan", - deydi Shevsov.Qabul kampaniyasining oraliq baholashiga ko‘ra, eng talabgir yo‘nalishlar uchligidan - davolash ishi, iqtisodiyot va stomatologiya o‘rin olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210805/rossiyada-bepul-oqishni-istaysizmi-rossotrudnichestvo-qator-imtiyozlarni-elon-qildi-19956606.html
https://oz.sputniknews.uz/20210817/mehnat-bozori-rossiya-otmlari-filiallari-bitiruvchilari-talab-20108021.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/14/20561262_253:0:2984:2048_1920x0_80_0_0_6626752ab4c5bed6922389dd73d97e40.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiyada bepul o‘qish rossotrudnichestvo
rossiyada bepul o‘qish rossotrudnichestvo
Rossiyada bepul o‘qing: o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun qabul kampaniyasi uzaytirildi
11:11 29.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Rossiya oliygohlarida o‘qishni xohlovchilar saralashda ishtirok etish uchun arizani onlayn topshirishlari mumkin. Chet elliklar uchun ajratilgan kvota 23 ming o‘rinni tashkil qiladi
TOShKENT, 29 okt — Sputnik, Danara Kurmanova. "Rossotrudnichestvo" Federal agentligi MDH mamlakatlari abituriyentlari uchun qabul kampaniyasi muddatini uzaytirmoqda.
Rossiya oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat, mutaxassisilik, magistratura, ordinatura va aspirantura dasturlari bo‘yicha bepul ta’lim olish uchun hujjatlarni 25-noyabrga qadar topshirish mumkin.
Ilgariroq, agentlik chet el fuqarolari uchun tanlov 1-noyabrga qadar o‘tkazilishini xabar qilgandi. Ammo o‘qishga kirishni istovchilar uchun pandemiya davrida yuz kelayotgan muammolarni hisobga olgan holda, "Rossotrudnichestvo" qabul jarayonini qariyb bir oyga uzaytirishga qaror qildi.
Bu haqda Sputnik agentligiga "Rossotrudnichestvo" rahbari o‘rinbosari Pavel Shevsov xabar bergan.
"Kvota olish uchun arizani onlayn tarzda education-in-russia.com sayti orqali topshirish mumkin. Bu, ayniqsa, hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida davlatlarda joriy etilgan ba’zi cheklovlar fonida juda qulay", - deya tushuntiradi Shevsov.
2022/2023 o‘quv yillarida kvotalar hajmi 23 ming o‘rinni tashkil qilmoqda. Agentlik uchun MDH-davlatlari ustuvorlik kasb etadi. Ilgariroq, "Rossotrudnichestvo" rahbari Yevgeniy Primakov o‘tgan galgi qabul natijalari bo‘yicha bo‘yicha topshirilgan 80 mingta arizalarning 30%i aynan yaqin xorij davlatlaridan kelib tushganini qayd etgan edi.
Yangi o‘quv yilida topshirilgan arizalar soni hozircha aniqmas, chunki qabul hamon davom etmoqda. Ammo "Rossotrudnichestvo" hozirdanoq Rossiyada o‘qishga arizalar soni bo‘yicha yetakchilik qilayotgan davlatlarni ajratib ko‘rsatishi mumkin.
"MDH davlatlari haqida gapirar ekanmiz, u holda arizalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda - Tojikiston, ikkinchi o‘rinda - Turkmaniston va uchinchi o‘rinda - Qozog‘iston kelmoqda. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni esa Belarus hamda O‘zbekiston egallagan", - deydi Shevsov.
Qabul kampaniyasining oraliq baholashiga ko‘ra, eng talabgir yo‘nalishlar uchligidan - davolash ishi, iqtisodiyot va stomatologiya o‘rin olgan.