O‘zbekistonda chekish mumkin bo‘lmagan jamoat joylarining aniq ro‘yxati tuziladi

© Sputnik / Konstantin ChalabovKurenie
Kurenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
Obuna bo‘lish
Alkogol va tamaki mahsulotlari, tamaki va nikotin iste’mol qilish uchun moslamalarni realizatsiya qilishga doir cheklovlar kengaytirilmoqda.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida deputatlar “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qildi.
Qonun loyihasi bilan alkogol va tamaki mahsulotlari, tamaki va nikotin iste’mol qilish uchun moslamalarni realizatsiya qilishga doir cheklovlar kengaytirilmoqda.
Proizvodstvo sigaret - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2020
Qator tamaki mahsulotlariga aksiz solig‘i kiritiladi
Loyihada alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan jamoat joylarining aniq ro‘yxati ko‘rsatilib, chekish uchun ajratilgan maxsus joylarga minimal talablar belgilanmoqda. Uning ijrosini ta’minlash uchun mas’ul shaxslar majburiyatlari aniqlanmoqda.
Shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining majburiyatlari belgilanmoqda. Tamaki mahsulotining iste’mol qutisiga tibbiy ogohlantirishlarni joylashtirish uchun ajratilgan maydon yuzasi 40 foizdan 65 foizga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0