https://oz.sputniknews.uz/20211112/piyoda-yurish-foydalari-21317543.html
Piyoda yurish foydalari
Piyoda yurish foydalari
Sputnik O‘zbekiston
Piyoda yurish — salomatlik uchun koni foyda bo‘lsa-da, aksariyat insonlar bu mashg‘ulot bilan shug‘ullanishga erinadilar.
2021-11-12T06:10+0500
2021-11-12T06:10+0500
2021-11-12T06:10+0500
jamiyat
salomatlik
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
sog‘lom turmush tarzi platformasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
Piyoda yurish — salomatlik uchun koni foyda bo‘lsa-da, aksariyat insonlar bu mashg‘ulot bilan shug‘ullanishga erinadilar. Buning o‘rniga avtomobil, lift va eskalator kabi tayyor “dastor”lardan foydalanishni afzal ko‘radi. Ilmiy tadqiqotlar aynan piyoda yurish umrni uzaytiruvchi mashg‘ulotekanini ko‘rsatgan.Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, 40-65 yoshli insonlarning kun davomida 3-4 soat piyoda yurishi yurak ishemik kasalligi rivojlanish xavfini 30-45 foizgacha kamaytirar ekan.E’tiborlisi, tadqiqotda ishtirok etgan piyoda yurish bilan shug‘ullanuvchi insonlarning yarmidan ko‘pi o‘zida hech qanday noxushlik sezmagan va doim faol holatda bo‘lgan. Passiv hayot kechiruvchi va kamharakat insonlarda esa yurak-qon tomir kasalliklari nisbatan ko‘p uchrashi aniqlangan.Ushbu tadqiqotlarda yurak-qon tomir kasalliklaridan jabrlanganlar istisno qilingan, biroq bunday xastalikka chalinganlar orasida ham kuzatuvlar o‘tkazilgan.Jumladan, olimlar 8 ming 946 nafar bemor bilan bog‘liq 48 ta ilmiy ishni ko‘rib chiqqach, haftasiga 3-marta 30 daqiqa davomida bajarilgan meyoriy jismoniy harakat (piyoda yurish yoki velotrenajorda shug‘ullanish) yurak-qon tomir kasalliklari natijasida kelib chiqadigan o‘lim xavfini 26 foizga, boshqa barcha xastaliklar oqibatidagi o‘lim holatlarini 20 foizga kamaytiradi, degan xulosaga kelgan.Qolaversa, organizmning umumiy chidamliligini va yurak-qon tomir, nafas a’zolari imkoniyatlarini oshirishda piyoda yurish sport zalidagi mashg‘ulotlardan anchagina samaralidir. Yurish vaqtida tana harakatlari va mushaklar qisqarishi barcha a’zo va to‘qimalarda, qorin bo‘shlig‘i, kichik chanoq a’zolarida qon aylanishini kuchaytiradi hamda qon tarkibida kislorod, ozuqa moddalari miqdorini oshiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20201202/Rabarlar-ishga-bir-marta-pida-kelib-ketadi---yangi-onun-15519001.html
https://oz.sputniknews.uz/20200619/Britaniyalik-olimlar-uzo-umr-krish-sirini-ochib-berishdi-14368416.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
piyoda yurish foydalari salomatlik
piyoda yurish foydalari salomatlik
Piyoda yurish foydalari
Piyoda yurishning salomatlik uchun qanday foydali tomonolari bor?
Piyoda yurish — salomatlik uchun koni foyda bo‘lsa-da, aksariyat insonlar bu mashg‘ulot bilan shug‘ullanishga erinadilar. Buning o‘rniga avtomobil, lift va eskalator kabi tayyor “dastor”lardan foydalanishni afzal ko‘radi. Ilmiy tadqiqotlar aynan piyoda yurish umrni uzaytiruvchi mashg‘ulotekanini ko‘rsatgan.
Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, 40-65 yoshli insonlarning kun davomida 3-4 soat piyoda yurishi yurak ishemik kasalligi rivojlanish xavfini 30-45 foizgacha kamaytirar ekan.
E’tiborlisi, tadqiqotda ishtirok etgan piyoda yurish bilan shug‘ullanuvchi insonlarning yarmidan ko‘pi o‘zida hech qanday noxushlik sezmagan va doim faol holatda bo‘lgan. Passiv hayot kechiruvchi va kamharakat insonlarda esa yurak-qon tomir kasalliklari nisbatan ko‘p uchrashi aniqlangan.
Ushbu tadqiqotlarda yurak-qon tomir kasalliklaridan jabrlanganlar istisno qilingan, biroq bunday xastalikka chalinganlar orasida ham kuzatuvlar o‘tkazilgan.
Jumladan, olimlar 8 ming 946 nafar bemor bilan bog‘liq 48 ta ilmiy ishni ko‘rib chiqqach, haftasiga 3-marta 30 daqiqa davomida bajarilgan meyoriy jismoniy harakat (piyoda yurish yoki velotrenajorda shug‘ullanish) yurak-qon tomir kasalliklari natijasida kelib chiqadigan o‘lim xavfini 26 foizga, boshqa barcha xastaliklar oqibatidagi o‘lim holatlarini 20 foizga kamaytiradi, degan xulosaga kelgan.
Muntazam piyoda yurish — qon bosimini meyorlashtiradi, kayfiyatni va organizmning umumiy holatini yaxshilaydi, qonda xolesterin miqdorini meyorlashtirib, ateroskleroz rivojlanish xavfining oldini oladi, —
deydi O‘zbekiston SSV huzuridagi Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova. — Shu bois doimiy piyoda yurish bilan mashg‘ul inson infarkt va insult kabi hayot uchun xavfli kasalliklardan uzoq bo‘ladi.
Qolaversa, organizmning umumiy chidamliligini va yurak-qon tomir, nafas a’zolari imkoniyatlarini oshirishda piyoda yurish sport zalidagi mashg‘ulotlardan anchagina samaralidir. Yurish vaqtida tana harakatlari va mushaklar qisqarishi barcha a’zo va to‘qimalarda, qorin bo‘shlig‘i, kichik chanoq a’zolarida qon aylanishini kuchaytiradi hamda qon tarkibida kislorod, ozuqa moddalari miqdorini oshiradi.