Britaniyalik olimlar uzoq umr ko‘rish sirini ochib berishdi

© Sputnik / Artur Lebedev / Mediabankka o‘tishZabeg po chaynim plantatsiyam v Sochi
Zabeg po chaynim plantatsiyam v Sochi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jismoniy faollik cheklanishi oqibatida tana funksiyalari buzilgani sababli dunyoda har yili 3 milliondan oshiq odam vafot etadi.

TOShKENT, 19-iyun - Sputnik. Kembridj va Edinburg universiteti olimlari haftada kamida 150 daqiqa jismoniy faollik erta o‘lim xavfini 15 foizga kamaytirishini aniqladilar. Tadqiqot Lancet Global Health jurnalida chop etilgan.

Mutaxassislar dunyoning 168 mamlakatida yashovchilari ishtirokida, BSST jismoniy mashqlar bo‘yicha tavsiyalariga rioya etgan holda, haftasiga o‘rtacha 150 daqiqani ayerob mashqlariga - o‘rtacha intensivlik mashg‘ulotlariga bag‘ishladilar, bunda mushaklar quvvatni kisloroddan oladi.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, jismoniy mashqlar tufayli erta o‘limlar soni 15% ga kamayadi. Bu yiliga to‘rt million saqlanib qolingan hayotni anglatadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, jismoniy faollik cheklanishi oqibatida tananing funksiyalari buzilgani sababli dunyoda har yili uch milliondan oshiq odam vafot etadi.

Avvalroq, Sputnik radiosi efirida mutaxassis uzoq vaqt o‘z-o‘zini yakkalashdan keyin jismoniy quvvatni qanday tiklashni boshlash haqida aytib berdi.

Yangiliklar lentasi
0