Bo‘stonliqda 56 tup ko‘p yillik daraxtlar kesib tashlandi: prokuratura jinoyat ishini ochdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishTopor i benzopila
Topor i benzopila - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2021
Obuna bo‘lish
Bo‘stonliqda 56 tup ko‘p yillik daraxtlar kesib tashlandi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Oqtosh qishlog‘i hududida 53 tup ko‘p yillik daraxtlar noqonuniy kesilgani haqida xabar tarqaldi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Bo‘stonliq tumani inspeksiyasi xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari davomida hududda o‘sish holatida bo‘lgan jami 56 tup, shundan, 53 tup shumtol, 2 tup baqaterak, 1 tup qizil do‘lana daraxtlari noqonuniy ravishda kesilganligi aniqlangan.
Virubka derevyev v kurortnoy zone Amirsay pod Tashkentom  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
"Amirsoy" yaqinida 700 tup daraxt kesib tashlandi - Rasul Kusherbayev
Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan xolis guvohlar ishtirokida belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Noma’lum shaxclarning g‘ayriqonuniy hatti-harakatlari natijasida o‘simlik dunyosiga 288 mln 792 ming so‘m miqdorda zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar qonuniy baho berish uchun prokuratura organlariga taqdim etildi.
Bosh prokuror matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Oqtosh qishlog‘i hududida ko‘p yillik daraxtlar noqonuniy kesilgani va o‘simlik dunyosiga 288 mln so‘m zarar yetkazilgani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yangiliklar lentasi
0