"Amirsoy" yaqinida 700 tup daraxt kesib tashlandi - Rasul Kusherbayev

© Rasul KusherbayevVirubka derevyev v kurortnoy zone "Amirsay" pod Tashkentom
Virubka derevyev v kurortnoy zone Amirsay pod Tashkentom  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Obuna bo‘lish
Prezident tomonidan kiritilgan moratoriyga qaramasdan "Amirsoy" dam olish maskani yaqinida 700 tup ko‘p yillik daraxtlar kesib tashlandi.
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Amirsoy" kurort zonasi ma’muriyatining yaqinda naqd 700 tup qimmatbaxo daraxtlar kesib tashlandi, deb xabar qilmoqda o‘z telegram kanalida O‘zLiDeP deputati Rasul Kusherbayev.
"Ayni damda ushbu holat bo‘yicha Ekologiya qo‘mitasi tomonidan materiallar prokuraturaga taqdim etilgan. Bu ish imi-jimida yopilib ketmasligi kerak. Gap ortga qaytarib bo‘lmaydigan 700 tup daraxt va salkam 400 million so‘mlik tabiatga yetkazilgan zarar haqida ketmoqda", - deydi deputat.
Ba’zan "tushunmay daraxt kesib qo‘yibdi", degan bahonalarni eshitib qolamiz, lekin hamma narsadan xabari bor, nufuzli tashkilotdagilarning ham qonunlarga tupurib qo‘yganini qanday tushunish mumkin?!, - deb kuyunadi deputat.
Shuncha gapdan keyin ham har xil baxonalar bilan daraxtkesarlik davom etmoqda. Buncha katta "dux" qayerdan paydo bo‘ldi, - deb yozadi deputat.
Axir, daraxlar soyasi va ko‘rki bo‘lmasa ushbu tog‘ maskaniga ayrim dam oluvchilar bormay qo‘yishi ham mumkin-ku? Nahotki ma’sullar shuni tushunishmaydi?
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident farmoni bilan o‘rmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho daraxtlar va butalarni kesishga 2024-yilga qadar moratoriy o‘rnatilgan. Lekin shunga qaramasda goh u viloyatda goh poytaxt Toshkentda ko‘p yillik daraxtlarni turli bahonalarda kesib tashlash holatlari uchramoqda.
Yangiliklar lentasi
0