Bolalarga o‘qishni o‘rgatish: o‘zbek tili o‘qituvchisi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

Uchitelnitsa uzbekskogo yazika Nigora Xolmuxamedova, pobeditelnitsa mejdunarodnogo konkursa pedagogov
Uchitelnitsa uzbekskogo yazika Nigora Xolmuxamedova, pobeditelnitsa mejdunarodnogo konkursa pedagogov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2021
Obuna bo‘lish
Nigora Xolmuhamedova - o‘zbek tili o‘qituvchisi. U tanlov darsi uchun tanlagan mavzu yanada qiziqaroq ko‘rinadi. Nigora Dostoyevskiy ijodiga murojaat qildi.
11 noyabr kuni buyuk rus yozuvchisi Fodor Mixaylovich Dostoyevskiy tavalludining 200-yilligi nishonlanadi.
Shu kuni Sputnik O‘zbekiston muxbiri o‘zbek tili o‘qituvchisi Nigora Xolmuhamedova haqida so‘zlab beradi. Aynan Dostoyevskiy unga 273 nafar o‘qituvchini ortda qoldirib, o‘qituvchilik mahorati bo‘yicha xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lishga yordam berdi.
Shoir, tarixchi, Dostoyevskiy jamg‘armasi prezidenti Igor Volgin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2016
Professor Igor Volgin: XXI asr ham Dostoyevskiy asri bo‘ladi

O‘zbek tilidan dars berib, rus tilini unutmaydi

Nigora Xolmuhamedova Toshkent shahridagi “Sexrie” o‘rta maktabida o‘zbek tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. Mana 25-yildan buyon o‘quvchilarga o‘zbek grammatikasini o‘rgatib keladi.
Xolmuhamedova rus tili va adabiyotidan dars bermaydi. Lekinbaribir, “Russkiy mir” jamg‘armasi va Belarus ta’lim vazirligi ko‘magida “Xalqaro pedagogika klubi” “Billur siyohdon” (Xrustalnaya chernilnitsa)tanlovini e’lon qilganida, Nigoraning hamkasblari uning tanlovda ishtirok etishi uchun ovoz berishdi.
“Tanlov maqsadi - o‘qituvchilarni innovatsion ta’lim amaliyotlari bilan yaqindan tanishtirish, – deydi Nigora Xolmuhamedova. “Billur siyohdon” esa, albatta, rus tili va adabiyotini o‘rganishni rivojlantirish, rus xalqining madaniy va tarixiy merosini saqlashga qaratilgan.
Torjestva v chest dnya rojdeniya Aleksandra Pushkina v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Toshkentda Pushkin tavalludining 222-yilligi qanday nishonlandi
Har yili o‘tkaziladigan tanlov eng mashhur rus yozuvchi va shoirlaridan biriga bag‘ishlanadi. Bu yil Fodor Dostoyevskiy 200 yoshga to‘lgan bo‘lar edi, shuning uchun uning sharafiga "Billur siyohdon" tanlovi o‘tkazildi.
Odatda bu tanlov butun dunyodan rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Biroq o‘zbek tilidan dars beruvchi Nigora Xolmuhamedovaning nomzodi tanlov tashkilotchilari qo‘llab-quvvatladi. Gap shundaki, Nigora rus klassiklari ijodiga juda yaqin ekanligi ma’lum bo‘ldi.
“Men o‘zbek maktabini tamomlaganman, lekin rus tili va adabiyotini chuqur o‘rganishga qaratilgan edi”, - deb tushuntiradi u. – Rus tilidagi maktablarning darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalangan holda o‘qiganmiz. Adabiyotga alohida e’tibor berilgan".

Alohida mas’uliyat

Bu yilgi tanlovda Nigora Xolmuhamedovadan tashqari butun dunyodan – Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Italiya, Moldova, Slovakiya, Armaniston, Vengriya, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan yana 273 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi. Biroq ikkinchi bosqichga atigi 12 nafar o‘qituvchi, ular orasida - Nigora yo‘l oldi.
Finalchilar tanlov darsini o‘tkazishlari kerak edi. “Bu 30 daqiqa davom etadigan ochiq dars. Darsda xalqaro ishtirokchilardan iborat hakamlar hay’ati ishtirok etadi. Ular o‘qituvchilarni o‘quvchilar bilan muloqoti, bolalarning jarayonga jalb etishi, pedagogik mahorat va texnologiyalar kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholaydilar”, – deydi Nigora Xolmuhamedova.
Prazdnovanie 220 letiya Pushkina v Namangane  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2019
Bugun Pushkin tavalludining 220-yilligi nishonlanmoqda
Musobaqa darsiga tayyorgarlik Xolmuhamedova uchun ayniqsa muhim edi, chunki “Sexrie” maktabi “Billur siyohdon”dagi g‘alabalari bilan mashhur.
“Bizda billur siyohdon kumushni qo‘lga kiritganlar bor. Bu rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi Marina Vladimirovna Chirkova, – deydi Nigora Xolmuhamedova. – Bir necha yil avval geografiya fani o‘qituvchisi Sayyora Mirsaidova ham tanlov laureati bo‘lgan edi.

Dostoyevskiy va Navoiy o‘rtasida qanday umumiylik bor?

Dars rejasi ustida ishlaganda Nigora dars mavzusida Fodor Dostoyevskiy va Alisher Navoiy asarlarini birlashtirishga qaror qildi.
“Joriy yilning fevral oyida buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligini, noyabr oyida esa Fodor Dostoyevskiy tavalludining 200-yilligini nishonladik. Bunday taniqli madaniyat arboblarining bir yil ichida ikki yubiley nishonlanishi bejiz emas, deb o‘yladim”, — deydi Xolmuhamedova. – Natijada Dostoyevskiyga bag‘ishlangan darsni mavzuni Alisher Navoiy bilan uyg‘unlashtirib o‘taman, degan xulosaga keldim. Tashkilotchilarga ham bu fikr juda yoqdi”.
Ermitaj vozobnovil rabotu posle karantina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Ermitaj direktori Alisher Navoiy tavalludini muzeyda nishonlashni taklif qildi
Darsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Nigora Xolmuhamedova Dostoyevskiy va Navoiy ijodi va tarjimai holidagi boshqa o‘xshashliklarni aniqladi.
"Hatto sayoz tadqiqotlar ham bu o‘xshashliklarni ko‘rishga imkoniyat berada", deydi u. - Demak, masalan, Dostoyevskiyning beshligini “Jinoyat va jazo”, “Ahmoq”, “Jinlar”, “O‘smir”, “Aka-uka Karamazovlar” asarlarini hamma yaxshi biladi. Navoiyning ijodi esa “Xamsa” (Besh) mashhur bo‘lib, unga besh doston: “Hayrat ul-Abror” (Yaxshi kishilarining hayratlanishi), “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Sab’ai sayyor” (Yetti sayyora) va “Saddi Iskandariy” (Iskandar devori) kiradi.
Shuningdek, Dostoyevskiy va Navoiy taxalluslardan foydalangan, - deydi Nigora Xolmuhamedova. Rus klassigi Kozma Prutkovning do‘sti, Zuboskal, Solnomachi, Prujinin nomlari bilan asarlar yozgan. O‘zbek shoiri esa “Foniy” va “Navoiy” taxalluslari bilan ijod qilgan.
Alisher Navoi vozvishayetsya nad aleyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Alisher Navoiy haqida hujjatli film suratga olindi
“Dengiz kemalari, ko‘cha va xiyobonlar, metro bekatlari va hattoki sayyora kraterlariga buyuk Dostoyevskiy va Navoiy nomlari qo‘yilgan”, - deydi muallim. - 1979-yilda Merkuriy krateri Fodor Dostoyevskiy nomini oldi. 2009-yilda esa xuddi shu sayyoradagi pastliklardan biriga Navoiy sharafiga nom berildi”.

G‘alaba haqida eshitib, yig‘lab yubordi

Nigora Xolmuhamedova Minsk shahrida Belarus maktablaridan birining bitiruvchilari o‘rtasida ochiq dars o‘tkazdi.
“Bundan oldin, albatta, biz o‘quvchilarning hech birini tanimasdik. Shuning uchun muloqot o‘rnatish juda muhim edi va biz darhol bunga erishdik. Keyinchalik hakamlar hay’ati a’zolari ham buni qayd etishdi", - deb eslaydi pedagog.
Panno na stansii Alisher Navoi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2021
Toshkent metrosi durdonasi "Alisher Navoiy" bekati - video
Sinf bilan muloqot o‘rnatish uchun o‘qituvchi bolalarni qiziqtira olishi kerak, deb hisoblaydi Nigora Xolmuhamedova. Zamonaviy o‘smirlar, ayniqsa klassikani o‘qishni yoqtirmaydi, deb o‘ylaniladi, lekin ko‘p narsa o‘qituvchining mavzuni qanday taqdim etishiga bog‘liq, deydi u.
“Masalan, o‘quvchilarimiz (O‘zbekistonda – Sputnik) “Jinoyat va jazo”ni qiziqish bilan o‘qiydilar. Bu asar, albatta, oddiy emas, - deb tushuntiradi va qo‘shimcha qiladi u: bolalar qahramonlarning harakatlarini ham, matnning o‘zini ham tahlil qilishni boshlashlari muhimdir. - Masalan, Raskolnikovning "Men titrayotgan mahluqmi yoki mening huquqim bormi?" iborasini ko‘p uquvchilar "maxluq" so‘zini haqoratli deb hisoblashadi. Bunday holda, uning ma’nosini tushuntirish va fikrning to‘g‘ri yo‘nalishini berish juda muhimdir.
Nigora tanlovda g‘olib bo‘lishini kutmagandi. Uning o‘zi tan olishicha: g‘alaba haqida bilganda ko‘z yoshlarini ushlab turolmadi. Birinchi navbatdan, chunki u tushundiki: u nafaqat ona maktabini, balki butun mamlakat nomidan tanlovda ishtirok etdi.
Aytgancha, Nigora Xolmuhamedova O‘zbekiston nomidan “Billur siyohdon”da ishtirok etishda davom etadi, biroq boshqa rolda – g‘alaba unga tanlov hakamlar hay’ati a’zosi bo‘lish imkonini berdi.
Yangiliklar lentasi
0