Alisher Navoiy haqida hujjatli film suratga olindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAlisher Navoi vozvishayetsya nad aleyey
Alisher Navoi vozvishayetsya nad aleyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Obuna bo‘lish
Kinematografiya agentligining buyurtmasiga binoan “Alisher Navoiy” nomli hujjatli film ishlandi.
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “Xalq yuragi” turkumiga kiruvchi “Alisher Navoiy” nomli hujjatli tarixiy film suratga olindi.
Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kartina o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy shaxsiga bo‘lgan qarashlarning yangicha talqini asosida ishlangan. Unda tarixiy-badiiy rekonstruksiyalar, kompyuter grafikasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti vakillari – navoiyshunos olimlarning intervyularidan foydalanilgan.
Pamatnik Amiru Temuru v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2021
Turkiya kinokompaniyasi bilan hamkorlikda Amir Temur haqida serial suratga olinadi
Ssenariy muallifi Furqat Usmonov, sahnalashtiruvi rejissor Shohrux Rasulov. Rollarni Muhammad Rafiqov, Elmurod Shodiyev, G‘ayrat Boymirzayev, Anvar Azimov, Asal Abdullayeva, Ali Choriyev ijro etishgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, shu kunga qadar “Xalq yuragi” turkumidan “Ogahiy”, “Zahiriddin Muhammad Bobur”, “Zulfiya”, “Muhammad Yusuf”, “Berdaq” kabi jami 24 ta film ishlandi. Ular bugungi kunda davlat va nodavlat telekanallari orqali namoyish etilmoqda.
“Alisher Navoiy” film “Spektre” studiyasi tomonidan ishlangan. Mazkur kartina ham Mustaqillik bayrami arafasida tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0